|
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕBog'liq sharq-mutafakkirlarining-pedagogik-qarashlari-orqali-bo-lajak-pedagoglarda-tayanch-manaviy-kompetensiyalarni-rivojlantirishЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)
Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya»,
«Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlar-
dan qolgan yodgorliklar», «Saydana» asarlar-
ida insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb
qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi bar-
cha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi
ikki turga bo’ladi. Beruniy ta’limotiga ko’ra inson
kamolotida uch narsa muhim rol o’ynaydi: 1. Irsi-
yat. 2. Muhit. 3. Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilim-
larni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari
hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga
bilim berishda:
● o’quvchini zeriktirmaslik;
● bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil
fanni o’rgatavermaslik;
● uzviylik, izchillik;
● yangi mavzularni qiziqarli, asosan,
ko’rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor
berish kerakligini uqtiradi.
U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsiz-
likda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda
intilish va qiziqish, muhitni alohida ta`kidlaydi.
Beruniyning fikricha, axloqiylik insonning eng
asosiy sifati bo`lishi kerak. Bu xislat birdaniga
tarkib topmaydi. U kishilarning o`zaro muloqoti,
ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti jarayonida
tarkib topadi.
Abu Rayhon Beruniy ham axloqiy tarbiyaga
quyidagicha ta`rif beradi. Axloqliylik yaxshi-
lik bilan yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida
namoyon bo`ladi va tarkib topadi deydi, u. Yax-
shilik va yomonlik insonning xulq atvorini belgi-
laydigan mezon sifatida qo`llaniladi.
U yaxshi xislatlarga to`g`rilik, odillik, o`zini
vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadam-
lik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbar-
likda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.
Yomon illatlarga esa hasadgo`ylik, bax-
illik, nosog`lim raqobat, o`z manfaatini
ko`zlash,mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma`nosida
ishlatib, “Yodgorliklarda” “Faxrlanish- haqiqatda
yaxshi xulqlar va oliy fe`llarda oldin ketish, ilmu
hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud
nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shu sifatlar
topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular
еtishmasa, hukm uning zarariga bo`ladi”
1
.
1
Abu Rayxon Beruniy.Tanl. asarlar. 1 t. - Toshkent, 1968,
151-bet.
Demak, Beruniy insonning ma`naviy qiyo-
fasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va
yomonlik kabi ikki turga bo`ladi. Bu insoniyat
yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida “qizil ip”
bo`lib o`tganidek, shu an`anaga muvofiq Beruni-
yda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamol-
likning muhim tomonlaridir.
Beruniy saxovat (O`zaro yordam, bir-biriga
foyda keltirish uchun hamkorlik), muruv-
vat (odamlarga xayrixoh bo`lish, halollik va
haqgo`ylik, o`z mehnati bilan kun ko`rish v.b.)ni
insonning axloqiy kamolotini ko`rsatuvchi xislat-
lar deb biladi.
Insonning axloqiy kamolga еtishi muammosi
butun ta`lim-tarbiya tizimida markaziy masala
bo`lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka еtishga
to`sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg`onchilik, muno-
fiqlik, manmanlik takabburlik kabi nuqsonlarni
qoralaydi, boylikka ruju qo`yish va ta`magirlik,
g`azab va johillik inson uchun eng ashaddiy deb
qaraydi.
Zero, uning o`zi ham haqiqiy komil insonga
xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy
faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak
avlodlarga katta ma`naviy meros qoldirdi.
|
| |