• ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
  • Sharq mutafakkirla rining pedagogik




    Download 165,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/9
    Sana28.01.2024
    Hajmi165,54 Kb.
    #147586
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    sharq-mutafakkirlarining-pedagogik-qarashlari-orqali-bo-lajak-pedagoglarda-tayanch-manaviy-kompetensiyalarni-rivojlantirish

    Abu Ali ibn Sino «Tadbir al-Manozil», «Tib 
    qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haq-
    ida risola», «Al-qonun», «Ishq haqida risola», 
    «Xay ibn-Yaqzon», «Donishnoma»
    2
    va boshqa 
    asarlarida ma`naviy axloqiy fazilatlarni rivo-
    jlantirishni yoshlikdan amalga oshirib borishni 
    uqtirib o`tadilar. Ibn Sinoning fikricha insonlar 
    xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: 
    aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’hton, iroda-
    sizlik kabilardir. U bilim olishda bolalarni jamoa 
    bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatadi 
    va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini 
    ta’kidlaydi:
    1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga 
    band qilib ko’ymaslik; 
    2) ta’limda yengildan qiyinga ori shorkali 
    bilim berish; 
    3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga 
    mos bo’lishi; 
    4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda 
    o’qitishga e’tibor berish;
    2
    K.Hoshimov, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov 
    “Pedagogika tarixi” O`quv qo`llanma - Toshkent. 
    “O`qituvchi” 1996, 89 b. 
    33
    ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ


    ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)
    5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi 
    va qobiliyatini hisobga olish;
    6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib 
    olib borish.
    Ibn Sino yuksak axloqiy sifatlarni shakllan-
    ishida ilmli do`st ham munim rol uynaydi deb 
    biladi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:
    ● har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z 
    do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan 
    do`stlik;
    ● manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin 
    do`stlik;
    ● o`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini 
    qondirishga qaratilgan do`stlik. Ibn Sino birin-
    chi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb 
    e`tirof etadi
    1
    . 
    Mutafakkirlarning buyuk xizmatlaridan biri 
    shundaki ular insonning mehnati, qobiliyati, aql-
    zakovatini ulug`laydi, undagi qudratga ishonadi, 
    inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini 
    tinmay targ`ib qiladi.
    Yuqorida mutafakkirlarning pedagogik asar-
    larini o`rganish orqali shunday xulosaga kelish 
    mumkinki inson kamolotida ta`lim-tarbiyaning 
    ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy 
    fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil riso-
    lalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy 
    jihatdan ifodalangan, ilm-fan sohasida tarbiyani 
    targ`ib qiluvchi fanlari orqali ham tadqiq etish, 
    o`rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.

    Download 165,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 165,54 Kb.
    Pdf ko'rish