Xalq maqollarining o‘z va ko‘chma ma’nolari bor




Download 434,34 Kb.
bet15/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Xalq maqollarining o‘z va ko‘chma ma’nolari bor.

Turmushda ro‘y bergan voqea-hodisa natijasida paydo

bo‘lgan vaziyatdan kelib chiqqan holda millatimiz vakili

biron maqolni o‘z fikrini tasdiqlash maqsadida keltirishi

35

mumkin. Ammo mazkur maqolning o‘z yoki ko‘chma



ma’noda qo‘llanganligini ro‘y berilayotgan voqeani aniq

ko‘z oldimizga keltirish orqali aniqlaymiz. Masalan, agar

Farg‘ona vodiysidagi dehqon qaysi bir sabab bilan kuzda

yer haydamagan bo‘lsa-yu, bahorda qayta-qayta ekin maydonini

haydagani bilan yaxshi hosil olmasa, yuqorida aytilgan

maqol o‘z ma’nosida qo‘llangan bo‘ladi. Ammo biron

shaxs tomonidan biron tadbirning amalga oshirilishi

kechiktirilsa va keyingi harakatlar natija bermasa ham ≪Yer

haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda≫ maqoli

misol sifatida qo‘llanilishi mumkin. Endi bu namuna

ko‘chma ma’noni anglatadi. Shu bilan birga aytish

mumkinki, maqollar mazmuniga ko‘ra ko‘ch ma ma’noda

ko‘proq qo‘llaniladi. ≪Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi

qimirlamas≫, ≪Chumchuq dan qo‘rq qan tariq ekmas≫,

≪Burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirma≫, ≪Chumchuq

so‘ysa ham, qassob so‘ysin≫ kabi hikmatli so‘zlar ko‘pincha

ko‘chma ma’nolarda ishlatiladi.

Turli xalqlar og‘zaki ijodidagi maqollarni o‘rganish bu

janr namunalari mazmunan deyarli hamma xalqlarda bir xil

takrorlanishini ko‘rsatmoqda. Ammo bunday yaqinlikni bir

xalq ikkinchi xalqdan maqolni o‘zlashtirganligi bilan

izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni

oddiy turmush tarzining o‘xshashligi, insonlar hayotidagi

munosabatlarning yaqinligi va, umuman, hayotning ko‘p

holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan izohlagan

ma’qulroq. Masalan: ≪Ilon chaqqan, arqondan qo‘rqar≫

(ingliz), ≪Kuygan mushuk sovuq suvdan qo‘rqar≫ (fransuz),

≪Jo‘jani tuxum ochilgandan so‘ng sana≫ (ingliz), ≪Bigizni

qopda yashirib bo‘lmas≫ (rus) maqollari, ≪Qo‘rqqanga

arqon ilon ko‘rinar≫, ≪Sutdan kuygan qatiqni puflab ichibdi

≫, ≪Jo‘jani kuzda sanaymiz≫, ≪Oyni etak bilan yopib

bo‘lmas≫ kabi o‘zbek maqollari bilan o‘xshash ma’noni

bildiradi.

Matallar ham shakl va mazmun jihatdan maqollarga juda

o‘xshash janr hisoblanadi. Ularning matni, hajmi, badiiyligi

jihatdan maqollarga yaqinligini juda ko‘p olimlar tasdiqlaganlar.

Hatto, ko‘pincha matal atamasi maqol bilan almashgan

holda qo‘llanilishi ham ko‘zga tashlanadi. Matallar

so‘zlovchi nutqining ta’sirchanligini oshiradi, shaklan

go‘zallashtiradi. Ammo maqol bilan matalni janr jihatdan

o‘ziga xos xususiyatlari borki, ularni hamisha bir-biridan

36

farq lagan holda tasavvur qilish mumkin. Gap shundaki,



maqollarda hayotda ro‘y bergan bir voqeaga umumlashtirilgan

holda hukm chiqariladi. Bu hukm tasdiq yoki inkor

ma’nosini bildiradi. Ayni paytda, xalq maqollari mazmunan

tugal fikrga ega bo‘ladi va ular alohida qo‘llanilsa ham

ma’no anglataveradi. Matallar esa so‘zlovchi nutqi tarkibi -

ning biron muhim qismi sifatida ishlatiladi. Matallarni alohida

qo‘llash mumkin bo‘lmaydi, chunki ular mazmunan

tugal fikr anglatmaydi. Masalan: ≪Falonchi ilon inidan

chiqadigan qilib gapirdi≫ jumlasini olaylik. Agar ≪ilon inidan

chiqadigan≫ matali bu jumladan olib tashlansa, uning

o‘rniga yaxshi so‘zini qo‘yish mumkin. Natijada, ≪Falonchi

ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi≫ jumlasi ≪falonchi yaxshi

gapirdi≫ga teng bo‘ladi. Ammo ≪ilon inidan chiqadigan≫ so‘z

birikmasi alohida qo‘llanganda mustaqil ma’no anglatmaydi.

Shu bilan birga ≪yaxshi so‘z bilan ilon inidan, yomon

so‘z bilan qilich qinidan chiqar≫ maqolini ham esga olish

mumkin. Mazkur misoldagi ≪ilon inidan≫ so‘zlariga diqqat

qilaylik, chunki bu so‘zlar mustaqil qo‘llanganda bo‘lak fikr

anglatuvchi maqolning tarkibiy qismidir. Ma’lum bo‘ladiki,

maqol va matal aslini olganda xalq hayotida tutgan o‘rni,

maishiy vaziyatlarni ifodalash darajasi bilan bir-biriga yaqin

turar ekan. Faqat ularning biri tarixan maqol bo‘lib shakllanishga

ulgurgan, ikkinchisi esa matal sifatida yashayvergan.

Demak, maqol va matallar bir-biriga shakl va mazmun

jihatdan yaqin turadi, ammo maqollar nisbatan mustaqil

janr bo‘lsa, matalda bu mustaqillik ko‘zga tashlanmaydi.




Download 434,34 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq maqollarining o‘z va ko‘chma ma’nolari bor

Download 434,34 Kb.