«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




Download 434,34 Kb.
bet18/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
1. Yer tagida xo‘l gavron.

2. Yer tagida yog‘li qamchi.

3. Ko‘prik ostida yog‘li hasip.

4. Uzun ichak, uchi tugunchak.

Bu topishmoqlarning hammasida topilishi lozim bo‘lgan

narsa ilondir. Matnlarni diqqat bilan o‘qisak, ularning

mohiyati jihatidan bir-biriga juda o‘xshash ekani aniq

sezilib turibdi. Shuningdek, bitta topishmoq matniga bir

nechta narsa javob bo‘lib kelishi ham mumkin. Masalan:

≪Uzun terak ichi kovak≫ topishmog‘ining javobi aslida

qamish hisoblanadi, ammo bu topishmoqqa ba’zan kuva,

ba’zan miltiq, ba’zan mo‘ri javob sifatida qabul qilinaveradi:

qamishning ichi kovakligi kuvaga, miltiqqa, mo‘riga

o‘xshaydi. Lekin bari bir ≪Uzun terak, ichi kovak≫ning

haqiqiy javobi qamishligicha qoladi. Chunki kuva, miltiq,

mo‘rining ichi kovak bo‘lgani bilan matndagi ≪Uzun terak≫

so‘zlariga u qadar mos kelmaydi.

Topishmoq aytish musobaqasida yashiringan narsani

aniqlash uchun bir necha savollar berish an’anasi ham

bo‘lgan. Javob axtaryotgan taraf aytuvchidan ≪joni bormi,

yo‘qmi?≫ ≪yeyiladimi?≫, ≪o‘sadimi, usta yasaydimi?≫ kabi

savollar berib narsa nomini topishga uringan. Z. Husainova

Namangan viloyatida yashovchi Muborak Ubaydulla

qizidan yozib olgan bir matnda topishmoq topa olmagan

odam qanday so‘zlar bilan uyaltirilganini qayd etadi:

Mag‘lub taraf shahar bergan. G‘olib taraf shaharni olgan va

o‘z javobini berishda shunday degan: ≪shahar, unda boru

munda kel, kelib mening qoshimga yiqil, ikkalamiz ketaylik.

Sen ham ketaberib, tap etib bir xaloga tushding. Men ham

44

ketaberib, jarang etib bir tillaxonaga tushdim. Bir devona:



≪Hey, do‘st≫, — deb keldi. Men bir olovkurak tilla chiqarib

berdim, meni chol ko‘chada alqab-alqab ketdi. Sen bordingu,

bir olovkurak go‘ng chiqarib berding, seni chol

qarg‘ab-qarg‘ab ketdi. Men ham bir otga mindim, sen bir

yag‘ir eshakka minding. Kunjaradan non qilib eshak ning

yag‘iriga kunjarani tegizib, yalab-yalab ketding. Men bordim

shinni bilan murabboga nonni tegizib, yalab-yalab ketdim.

Hay topmasang men topay, og‘zingga katta bir tappini

yopay. Uning o‘zi....≫1

Birovni kamsituvchi o‘ziga xos yuqoridagi nutq bilan

tanishgan odam topishmoqni topa olmagan kishiga qanchalar

qattiq dashnom berilganiga amin bo‘ladi. Undagi

ot—eshak; yag‘ir—shinni so‘zlari tazod (qarshilantirish)

tasvir vositasi sifatida keltirilgan. Topishmoq aytuvchi

o‘zining mavqei uni topa olmagan odamdan qanchalar

baland ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi. Uning ustiga bu

gaplar bir uy odam o‘rtasida aytilishini hisobga olsak, vazi -

yat yana murakkablashadi. Shuning uchun topishmoqlar -

ning javobini topish insonning g‘ururi, oriyati bilan bog‘liq

bo‘lgan. Binobarin, g‘alaba muvaffaqiyat, mag‘lubiyat esa

katta tashvish hisoblangan.

Bu esa musobaqa ishtirokchilarini ko‘p ma’lumotlarni

yodda saqlashga, har bir so‘zga e’tibor berishga, ayni paytda

qiziq-qiziq savollar o‘ylab topishga o‘rgatgan.

Topishmoq aytishda shahar berish an’anasi bo‘lgan.

Javob topa olmagan taraf shahar berib, o‘zining mag‘lub

ekanini tan olgan. Shahar so‘zi arab tilidan olingan.

Z.Husayinovaning yozishicha, bu so‘z e’lon qilish,

mashhur qilish, ma’lum qilish ma’nolarini anglatgan.

Demak, shahar berish so‘zining asl ma’nosi topishmoq

javobini topa olmagan odamni elga ma’lum qilish bilan

izohlanadi.

Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir jumboqli

va ko‘p jumboqli bo‘lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan

sabzi, ilon javob hisoblangan topishmoqlar bir jum -

boqli. Ularda faqat bitta narsaning belgilari haqida ma’lumot

beriladi. Shunday topishmoq namunalari ham borki,

matnda bir nechta narsa topish talab qilinadi. Masalan:

45

1 Husainova Z. O‘zbek topishmoqlari. T., ≪Fan≫, 1966. 17-bet.



— Tog‘da tlaymonni ko‘rdim,

— Suvda sulaymonni ko‘rdim,

— Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,

— Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.

Bu topishmoqning javobi — bo‘ri, baliq, sumalak, toshbaqa.

Yoki yuqoridagi sahifada keltirilgan dunyoda to‘rtta

narsa yo‘qligi haqidagi topishmoq ham ko‘p jumboqli

hisoblanadi.

Topishmoqlar haqida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan

Z. Husainova ba’zi topishmoqlarda istiora san’ati qo‘llanmasligini,

faqat arifmetik hisoblash orqali javob topilishini

aytib o‘tadi. Masalan:

≪Bir to‘da g‘oz uchib borar ekan. Bir g‘oz ro‘para kelib:

≪Ey yuz g‘oz, sog‘-salomat bormisir≫ — debdi. Unda ulardan

biri aytibdi: ≪Biz yuz g‘oz emasmiz, yana biz miqdori

g‘oz bo‘lsa va yana bizning yarmimiz miqdori va

yarmimizning yarmi bo‘lsa, u vaqtda sen qo‘shilsang yuz

g‘oz bo‘lamiz≫, — debdi. Havodagi g‘oz qancha ekan?

Javobi 36 (36+36+18+9+1)=1001

O‘zbek topishmoqlarining bugungi kunda bizgacha yetib

kelgan matnlarini o‘rganish yaratilish davri jihatdan ikki xil

namunalar borligini tasdiqlaydi. Ko‘pchilik asarlar

an’anaviy topishmoqlardan iborat.

Ularning tili ham, yashiringan narsa ham aksari maishiy

hayotda uchraydigan predmetlardan iborat bo‘ladi.

Jumladan, mo‘ri, qozon, o‘choq, baqa, qushlar va hokazolar

ana shunday namunalar qatoriga kiradi. Masalan:

≪Yamog‘i bor, yirtig‘i yo‘q,

Qaychilamay qiygan

Ignalamay tikkan≫ (ola sigir terisi).

XX asrda fan-texnika taraqqiyoti bilan yangi topish -

moq lar ham yaratildi. Ularda kitob, radio, telefon, samo -

lyot kabi narsalarni topish talab qilinadi. Masalan:

≪O‘zi oddiy bir karnay,

Tili yo‘q, so‘zlar hay-hay,

Dunyoning to‘rt burchidan,

Xabar beradi tinmay≫ (radio).

46

1 Husainova Z. O‘zbek topishmoqlari. T., ≪Fan≫, 1966. 29-bet.



Bunday topishmoqlarda fan-texnika yangiligi aks etgani

sababli ular maktab o‘quvchilari uchun ham tavsiya etildi.

Natijada, yangi topishmoqlarni omma lash tirish ishlarida

ham ma’lum ijobiy siljishlar amalga oshirildi. Yana

topishmoq larning yaratilishida an’ana viy namunalarning

aha miyati katta. Ko‘pincha ularning matniga bir oz o‘zga -

rish kiritish bilan yangi topishmoq vujudga kelgan. Xalq to -

pishmoqlari badiiy jihatdan ham yuksak so‘z san’ati namunasi

hisoblanadi. Ular badiiy tasvir vositalarining qo‘llanishi

jihatidan boy va rang-baranglikka ega. Avvalo aytish kerakki,

shakl jihatdan topishmoqlar maqollar kabi ixchamdir.

Ayrim olimlar ta’kidlashicha, topishmoq va maqollarning

yaratilishi davr jihatidan bir-biridan u qadar farq qilmaydi.

Shuning uchun ham asrlar davomida matn qayta-qayta ishlanganda

topishmoqlarning badiiyati mukammal darajaga

yetgan. To pishmoq janrining asosiy tasvir vositasi metafora,

ya’ni istiora ekani aytildi. Demak, askiya janrini iyhom

san’atisiz, topishmoqlarni istiorasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Bu janrda xalq og‘zaki ijodidagi boshqa turlarda uchramaydigan

tasvir vositasi bor. Hatto mazkur san’atning aniq

nomi ham folklorshunoslikda qayd etilgan. Faqat ayrim

belgilari bilan uni talmeh san’atiga yaqin deyish mumkin.

Ma’lumki, talmih—nazar solmoq ma’nosini anglatadi.

Unda xalq tarixidagi mashhur ismlar, joylar yoki vohalar

eslab o‘tiladi.

Masalan:

Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylosi

Nasib etmish menga gulshan aro gullarning Ra’nosi.

Abdulla Qodiriyning ≪Mehrobdan chayon≫ romanidan

olingan Anvarning she’rida Farhod, Shirin, Majnun, Laylo

talmeh san’atiga misol bo‘ladi. Topishmoqlarda ham turli

munosabatlar bilan turli ismlar uchraydi. Ularning tarixan

mashhurligi qayd etilmagan. Ammo matnlarda bu ismlar,

albatta, qandaydir ma’no kasb etadi va shartli ravishda

talmih san’atiga yaqin turadi.



Masalan:

≪Soriboy akam ichkari,

≪Soqollari tashqari≫. (sabzi, makkajo‘xori).

Topishmoqdagi ≪Soriboy akam≫ bir tomondan sariq

so‘zini eslatadi va sabzi, makkajo‘xorini topish uchun belgi

vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ≪Tokchama-tokcha, Samat -

47

jon boyvachcha≫ (sichqon), ≪Osmoni resmon, Mulla



Abdurahmon — beustixon≫ (bit) kabi matnlarda ham ismlar

uchraydi. Taxmin qilib aytish mumkinki, shunday

namunalar qayd etilgan hududlarda ismlar topishmoq

aytuv chilar o‘rtasida mashhur bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Xalq topishmoqlarida tazod (qarshilantirish) san’ati

namunalari ham uchraydi:

≪Osh ichida tosh,

Tosh ichida osh≫. (sumalak, toshbaqa).

Bu matnda hatto qofiya san’atining murakkab ko‘rinishi

tarse’ (misralardagi hamma so‘zlarning qofiyalanishi) ham

o‘rin olgan.

Topishmoqlarning matnida asosiy e’tibor, maqsad mazmunga

qaratiladi. Ammo she’riy topishmoqlarda qofiyadosh

so‘zlarning tanlanishiga alohida e’tibor berilgan:

≪Olti tegirmon toshi,

Oltin egarning qoshi,

Uni topgan kishining,

Yuz yigirmada yoshi≫ (tish).

E’tibor bersak, ≪tosh≫, ≪qosh≫, ≪yosh≫ faqat bir tovush

bilangina farqlanuvchi shakldosh so‘zlardan iboratdir.

Topishmoqlardagi bunday fazilat ularning so‘z san’ati ta -

lablariga to‘liq javob bera olishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining

kichik janrlaridan biri bo‘lib, mohiyat jihatidan millat vakillarining

ziyrak, sinchkov, kuzatuvchan bo‘lishlari uchun

xizmat qilar ekan.

Topishmoqlar xalq hayotida ma’lum e’tiborga ega

bo‘lgan narsa-predmetlar nomini topishga bag‘ishlanadi va

ahamiyatli hisoblanadi.

Badiiy jihatdan mukammallik halq topishmoqlarining

fazilatlaridandir.

Bugungi kun topishmoqlarida fan-texnika yangiliklari

ham munosib o‘ringa ega.


Download 434,34 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Download 434,34 Kb.