• TOPISHMOQLAR
  • «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




    Download 434,34 Kb.
    bet17/73
    Sana18.06.2021
    Hajmi434,34 Kb.
    #15104
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
    Savol va topshiriqlar:

    1. Xalq maqollarining o‘ziga xos janr xususiyatlari haqida

    so‘zlang.



    2. Maqollarning o‘z va ko‘chma ma’nolari deganda nimani

    tushunasiz?



    3. Maqollar va matallar o‘rtasidagi farq haqida so‘zlang.

    4. Yozma badiiy adabiyotda adiblar xalq maqollaridan qanday

    vaziyatlarda foydalanadilar?



    5. Keksa buvilar va bobolardan xalq maqollarining namunalarini

    yozib oling.



    6. ≪Xalq maqollarini bilaman≫ mavzuida ijodiy musobaqa

    o‘tkazing.

    41

    Adabiyotlar:

    1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek

    xalq og‘zaki poetik ijodi. T., ≪O‘qituvchi≫, 1990. 91—99-betlar.

    2. Sarimsoqov B. Maqollar. O‘zbek folklorining ocherklari, 1-

    jild, T., 1988. 95—98-betlar.

    3. O‘zbek xalq maqollari. Ikki jildlik. T., 1988, 1989.



    TOPISHMOQLAR

    Xalq hamisha yoshlarning ziyrak, yaxshi xotirali,

    fikrlovchi inson bo‘lishini istagan. Agar xalq dostonlari,

    ertaklarini o‘qisangiz, asar qahramonlari turli sinovlardan

    o‘tishiga guvoh bo‘lasiz. Bu sinovlarning bir turi jismoniy

    kuch talab qilsa, ikkinchi xili aql, idrok bilan hal etiladi.

    Jumladan, shunday ertaklar bor-ki, ularda ma’shuqa qizlar

    turmushga chiqadigan yigitlari oldiga shaxmat o‘ynash,

    jumboqli savollarga javob berish shartini qo‘yadilar. Ular

    orasida dunyoda eng og‘ir narsa nima? Kim ertalab to‘rt

    oyoqlab, kunduzi ikki, kechqurun uch oyoqda yuradi?

    Dunyoda to‘rtta narsa yo‘q, ularni ayting. Nima uchun

    daraxt soyasida soyabon tutish kerak, kabi jumboqlar bor.

    Og‘ir narsa filga yoki kitga o‘xshaydi. Ammo savolning

    javobi — ot. Chunki faqat ot yugurganda, yer larzaga keladi.

    Yoki odam go‘dakligida to‘rt oyoqlab, yoshligida ikki

    oyoqlab, qariganda uch oyoqlab, ya’ni hassa bilan yuradi.

    Dunyoda to‘rtta narsa yo‘q: osmonning ustuni, hovuzning

    qopqog‘i, oshpichoqning qini, ko‘rpaning yengi. Shu -

    ningdek, daraxt soyasida dam olayotgan odam qushlarning

    chiqindisidan asranish uchun soyabon tutadi kabi javoblarni

    berish kutiladi. Aslini olganda, bu sinovlarning hammasi

    o‘ziga xos topishmoqlardan iboratdir.

    Xalqimiz og‘zaki ijodining kichik janrlaridan biri to -

    pishmoqlardir. Bu janr ko‘proq bolalarni kuzatuvchanlikka,

    hayotni mukammalroq bilishga, sinchkovlikka o‘rgatadi.

    Ammo topishmoqlar folklorda faqat yosh bolalargagina

    taalluqli deb hisoblash to‘g‘ri emas, chunki topishmoq

    aytish va topish musoba qalarida kattalar ham qiziqish bilan

    ishtirok etaveradilar. Hatto olima Z. Husainovaning ma’lumot

    beri shicha, uzun qish kechalarida urchuq yigirgan va

    olacha to‘qigan xotinlar, Samarqand atrofida boshqa

    qishloqlardan to‘yga kelib xonadonlarga bo‘lingan meh -

    42

    monlar o‘zaro chaldirmoq (tez aytish), jumboq, ya’ni to -



    pishmoq aytishishgan. O‘tgan zamonlarda topishmoqlarni

    qish faslida uzoq kechalarni zerikmay o‘tkazish uchun aytganlar.

    Topishmoq aytgan odam ning topishmog‘iga javob

    to pilsa, u musobaqada yutqazgan, topilmasa g‘olib chiqqan

    hisoblangan. Har ikki holatda ham mag‘lub bo‘lgan taraf yo

    g‘azal aytgan, yoki biron hayvonga taqlid qilib ovoz chiqargan,

    yo qo‘shiq kuylagan, yoki biron jismoniy ish qilgan:

    suv olib kelgan, qor kuragan, eshik supurgan va hokazo.

    Ma’lumki, badiiy tasvir vositalari qatorida istiora san’ati

    ham muhim o‘rin egallaydi. Istiora so‘zi ≪ko‘chim≫

    ma’nosini beradi. Agar biz do‘stga nisbatan: ≪Mening

    arslondek do‘stim bor≫, — desak, o‘xshatish san’atini

    qo‘llagan bo‘lamiz. Ammo ≪dek≫ qo‘shimchasini va

    ≪do‘stim≫ so‘zini qoldirib, ≪arslonim bor≫ — desak, istiora

    san’ati yaratiladi. Topishmoqlarda ana shu san’at yetakchilik

    qiladi. Chunki biron narsa ikkinchi bir narsaga istiora

    san’ati vositasida o‘xshatiladi va eng muhim xususiyatlari

    haqida ma’lumot beriladi.



    Masalan: ≪Yer tagida oltin (tilla) qoziq≫ topishmog‘ini

    olaylik. Bu topishmoq matnida yashiringan narsaning uchta

    muhim belgisi qayd etilgan:

    1. Yer ostida ekani.

    2. Oltinning rangida, ya’ni sariq ekani.

    3. Qoziqqa o‘xshashligi.

    Bu belgilar orqali biz topishmoqning javobi sabzi ekanini

    topamiz. Matndagi ≪qoziq≫ so‘zi esa istiora san’atiga

    misol bo‘lib kelgan.

    Topishmoqlar shakl jihatidan nasriy va she’riy bo‘ladi:

    1. Tomdan tuxum irg‘itdim. (do‘l) — nasriy topishmoq.

    2. U yoqqa o‘tdim, bildingmi?

    Bu yoqqa o‘tdim, bildingmi?

    Oq quvrayning1 boshini,

    Chertib o‘tdim, bildingmi? (shamol) — she’riy topishmoq.

    Topishmoqlar xalq orasida jumboq, topmacha, top-top,

    cho‘pchak, matal, masala, ushuk atamalari bilan atab kelinadi.

    Ilmiy asarlarda ≪topishmoq≫ termini ≪top≫ buyruq

    fe’liga ≪ish≫ harakat nomini hosil qiluvchi shakl va ≪moq≫

    43

    1 Oq quvray — cho‘l-dashtlarda o‘sadigan, mayda tikanli, bir yillik



    yovvoyi o‘t.

    qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘lgan, deb ko‘rsatiladi.

    Natijada ≪to pishmoq≫ so‘zi xalq og‘zaki ijodidagi

    alohida janr nomini bildirgan. Keyingi paytlarda shevalardagi

    yuqorida ko‘rsatilgan atamalar deyarli yo‘qolgan.

    Asosan ≪topishmoq≫ nomi saqlanib qolgan. Xalqimiz orasida

    ≪Kichkina dekcha, ichi to‘la mixcha≫ (anor), ≪Qoziq

    ustida qor turmas≫ (tuxum), ≪Otdan baland, itdan past≫

    (egar) kabi mashhur topishmoqlar bor. Ammo ≪Qoragina

    popish, devolga yopish≫ (kaltakesak), ≪Qizil yulg‘unning

    tagida Qizlargul opam yotibdi≫ (qirg‘ovul) kabi u qadar

    keng ommalashmagan va topish anchayin mushkul bo‘lgan

    topishmoqlar ham bor. Ba’zan bitta narsaga atab bir necha

    topishmoqlar yaratilgan:




    Download 434,34 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




    Download 434,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 434,34 Kb.