• ENG QADIMGI XALQ OG‘ZAKI IJODI
  • «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




    Download 434,34 Kb.
    bet11/73
    Sana18.06.2021
    Hajmi434,34 Kb.
    #15104
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
    Savol va topshiriqlar:

    1. Xalqimiz og‘zaki ijodining qanday xususiyatlari bor?

    2. An’anaviylik xalq og‘zaki ijodi asarlarini ijro etishda va

    matnda qay yo‘sinda namoyon bo‘ladi?



    3. Og‘zakilik haqida so‘zlang.

    4. Xalq og‘zaki ijodidagi jamoalik tushunchasiga izoh bering.

    Adabiyotlar:

    1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek

    xalq og‘zaki poetik ijodi. T., ≪O‘qituvchi≫, 1990, 4—14-betlar.

    19

    ENG QADIMGI XALQ OG‘ZAKI IJODI



    NAMUNALARI, MIFLAR

    Faraz qilaylik, siz yaqin kishingiz bilan biron joyda

    uchrashishga kelishgansiz. Ammo kutgan odamingiz vaqtida

    oldingizga kelmadi. Shundan keyin xayolingizni har xil

    shubhalar egallaydi. Avvalo, tez orada kelib qolar, deysiz.

    Bir oz o‘tgach, kelishilgan joyda anglashil movchilik

    bo‘ldimikan, deb o‘ylaysiz. Vaqt yana o‘tavergach,

    taxminiy sabablar soni ham ko‘payaveradi. Oxiri fikringizdan

    ko‘ngilsiz voqealar tizimi o‘ta boshlaydi. Xullas,

    uchrashuvga yetib kelmagan kimsaning kechga qolish

    sababini bilmaguningizgacha tinchimaysiz.

    Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga

    dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar ham ana shunday

    tinchlik bermagan. Masalan, o‘ta qattiq yer silkinishi sodir

    bo‘lsa, yer o‘rtasida magma deb atalmish cho‘g‘ borligini,

    uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo‘lishini

    ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho‘kiz

    shoxida ko‘tarib turgan bo‘lsa kerak, ho‘kiz charchaganida

    shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimirlaydi,

    deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto

    yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi. Bunday

    faraziy mulohazalar shunday ko‘p bo‘lgan-ki, o‘tmishdagi

    odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo

    fikr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi

    dunyo kishisida ham ajdodlar dunyo qarashiga yaqin holda

    saqlanib qolgan, deyish mumkin.

    Inson hamisha har bir hodisadan o‘ziga manfaatli jihatlarini

    topishga urinadi. Xayolan bu manfaatlarni asoslashga

    sabablar axtaradi. Zamonlar o‘tgani sari turmush tajribasi

    mazkur hodisalarni turlarga bo‘lish, ulardan foydali va

    zararlilarni ajratish imkonini beradi. Oqibatda xalq

    tasavvurida bunday bo‘lsa yaxshi, bunday bo‘lsa, yomon

    degan tushunchalar paydo bo‘ladi.

    Masalan, safarga chiqqan odam yo‘lda oq tuyasi bor karvonni

    uchratsa, uning maqsadi amalga oshgan bo‘lishi

    mumkin. Yo‘lovchi uzoqdan bo‘rini ko‘rib qolsa, uning

    hayo tida ijobiy o‘zgarish ro‘y bergandir. Tulkini uchratsa,

    aksincha bo‘lgandir. Tushida bas hang kiyinib, egarlangan oq

    otda chavandozlik qilgan yigitning ishlari yurishib ketgandir.

    Xonadoniga qal dirg‘och in qo‘ygan oila tez orada oyoqqa

    20

    turib, mushkullari osonlashgandir. Aksincha, biron sabab



    bilan qaldirg‘och inini buzgan xonadon tushkunlikka uchragandir.

    Ukki sayragan hovli xonavayron bo‘lgan dir. Bu mi -

    sollarning har biri o‘nlab, yuzlab marta tajribada sinalgan.

    Ularning izohini har kim har xil sharhlagan. Ayrimlari o‘sha

    kutilgan natijani bermagan hamdir. Lekin xalq ongida yillar

    o‘tgani sari o‘ziga xos hukmlar paydo bo‘lib borgan. Bu

    hukmlar son jihatidan ko‘payib urf-odatlarga, rasm-rusumlarga

    asos: suvga tupurma, qaldirg‘och inini buzma,

    qarg‘ishga qoladigan ish qilma, birovga tamasiz yaxshilik qil,

    hatto bir sochiqqa bir paytda ikki kishi qo‘l artmasin, yoki

    shaftolini bo‘lib yeb bo‘lmaydi, kabi tushunchalar ana shunday

    hodisalarning ro‘y berishi natijasida asrlar davomida

    o‘zbeklar ongida shakllanib kelgan.

    Xalqimizning tabiati shu darajada nozik bo‘lganki,

    uning tasavvurida raqamlar, ranglar ham yangi-yangi mulohazalar

    hosil qilgan. Akademik shoir G‘afur G‘ulom

    Alisher Navoiyning ≪Farhod va Shirin≫ dostonini to‘liq

    sharh bilan nashrga tayyorlashda Xoqon farzandli bo‘lgan

    kuni mamlakatidagi hamma devorlarni qora rangli ipak

    matolar bilan bezash buyrug‘ini berganini aytadi.

    Tabiiyki, nima uchun podsho farzand ko‘rgan kuni

    butun yurtini qora harir libosda ko‘rishni xohlagan, degan

    savol tug‘iladi. Gap shundaki, Navoiy yashagan paytda

    qora rang buyuklik, ulug‘lik ramzi hisoblangan. Bu tushuncha

    hozir ham ayrim viloyatlarda saqlangan. O‘zbeklarda

    Qoravoy, Qorajon, Qora botir, Qoraxon degan ismlarning

    qo‘yilishi ham bu fikrni dalillaydi. Shuningdek, malla —

    yetuklik, oq-poklik, tozalik, yashil—yoshlik kabi ma’nolarni

    anglatgan.

    Yuqorida aytilgan fikrlarning hammasi jamlangan holda

    mifik dunyoqarash belgilari hisoblanadi. Bu belgilarning

    shakllanish davri, paydo bo‘lish muddati shu qadar

    qadimiyki, ularni yillar, o‘n yillar, yuz yillar bilan emas,

    balki ming yillar bilan o‘lchash mumkindir.

    Uzoq qadim zamonlarda odamlarni hayratga soladigan

    savollar juda ko‘p bo‘lgan. Xususan, inson va tabiat qanday

    paydo bo‘ldi, tabiatdagi o‘zgarishlar nimalar oqibatida ro‘y

    beradi, nima uchun yomg‘ir yog‘adi, yer qimirlaydi kabi

    muammolar ajdodlarimizni o‘ylashga, o‘zlaricha izohlar

    topishga majbur qilgan. Bu paytlarda ham hali yozuvlar,

    quyosh, yer, osmon tushunchalari haqidagi ilmiy sharhlar

    21

    bo‘lmagan. Natijada, o‘tmish ajdodlarimiz butun dunyoni



    qandaydir ilohiy kuchlar yaratgan bo‘lishi mumkinligini

    o‘ylab topadilar. Ularning tasavvurlarida bu ilohiy kuchlar

    asosan ikki toifaga bo‘lingan edi. Birinchi toifani odamlarga

    yordam beradigan xudolar, ikkinchi toifani zarar keltiruvchi

    xudolar deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib, dunyoning,

    insoniyatning, tabiatning, odamlarning paydo bo‘lishi

    haqidagi eng qadimgi sodda hikoyalarni miflar deb atash

    qabul qilingan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining ≪Devonu

    lug‘otit turk≫ asarida ≪sav≫ so‘zining ma’nosini beradi.

    Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z ota-bobolarimizning

    aytgan birinchi gaplaridan iboratdir. ≪Savlashmoq≫ esa otalar

    so‘zini eslab suhbatlashishni anglatadi. Ma’lum bo‘ladiki,

    ≪sav≫ so‘zini ham mif ma’nosiga yaqinligi bor. Shu -

    ningdek, o‘tgan asrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlarda arab

    tilidan kirib kelgan asotir so‘zini ham eslash mumkin.

    Chunki bu so‘z ham o‘z ma’nosi jihatidan mif atamasiga

    yaqin turadi. Ammo hozirgi zamondagi ilmiy adabiyotlarda

    va folklorshunoslikka oid tadqiqotlarda mif so‘zini qo‘llash

    qabul qilingan. Shuning uchun ≪sav≫ (turkiy), ≪asotir≫

    (arab), so‘zlari o‘rnida ≪mif≫ni qo‘llash maqsadga mu -

    vofiqdir. O‘zbek ensiklopediyasida ≪mif≫ yunoncha ≪mif -

    hos≫dan olingan bo‘lib rivoyat, afsona tushunchalarini

    anglatishi qayd etiladi Ayni paytda ≪mif... — koinot va ha -

    yotning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afso -

    naviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushun -

    chalari ning badiiy ifodasi≫ — deb belgilab qo‘yilgan. Shun -

    day qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoya -

    larni tushu nish mumkin. O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlar -

    ning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarnnig dastlabki namunalari

    ≪Avesto≫ kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va

    yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jam -

    shid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo‘lgan.



    Mitra. Odamlar tasavvurida nur taratuvchi, insoniyatga

    yaxshilik keltiruvchi xudo sifatida paydo bo‘lgan Mitrani

    hech qanday yovuz kuch yenga olmas edi, chunki u qilich

    kesmaydigan, nayza o‘tmaydigan, suvda cho‘kmaydigan,

    hatto o‘tda yonmaydigan fazilatlarga ham ega edi. Shuning

    uchun urushga otlanishda, ovga chiqishda, dehqonchilik va

    chorvachilikda odamlar Mitrani o‘z qatorlarida turgan

    kuch-quvvat sifatida his qilishga odatlanishadi. Nisbatan

    keyin paydo bo‘lgan va turkiy xalqlar o‘rtasida ko‘p shuhrat

    22

    qozongan ≪O‘g‘uznoma≫, ≪Kitobi Dadam Qo‘rqut≫larda



    ham o‘tmish ota-bobolarimiz o‘zlariga homiy, mehnat

    jarayonlariga yordam beruvchi tayanch qahramonlarni

    tasavvur qilganlar. Mifni o‘rganuvchi fan mifologiya deb

    ataladi. Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim

    hisoblanadi.

    1. Totem.

    2. Fetish.

    3. Anima.



    Totem — deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi

    paytgacha o‘zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz.

    Jumladan, burgut, sher, yo‘lbars, bo‘ri, ilon (ajdar),

    humo kabi hayvonlar va qushlar ko‘p xalqlarda alohida

    e’zozlanadi. O‘zbek xalqi hozirgi paytda ham yo‘lbars, ilon,

    bo‘ri, ayiq, tuya, ot, qo‘y, qaldirg‘och, burgut, baliq kabi

    qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar.

    Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, o‘zlarini biron

    ehtiyoj sezilmagan paytda bezovta qilish, o‘ldirish gunoh

    hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning bo‘rini,

    burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan.

    Hatto bu mavjudotlarni tushda ko‘rishni ham yaxshilikka

    yo‘yganlar. Ma’lum bo‘ladiki, totemizm belgisi o‘zbek

    xalqining maishiy hayotida shu paytgacha o‘z ta’siriga ega.

    Shunday qilib, yer kurrasining turli hududlarida yashaydigan

    xalqlar tabiiy sharoitlarga qarab, turli narsa, hayvon va

    qushlarni o‘zlariga homiy deb bilganlar: hatto, hozir ham

    bayroqlariga, gerblariga ularning tasvirini ramz sifatida ki -

    ritganlar. O‘zbekiston Respublikasi bayro g‘ida oy va

    yulduz lar, gerbida humo ana shunday timsol sifatida

    muhrlanib qolganligini eslang.

    Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan farzand hayotdan ko‘z

    yumaversa, oila boshlig‘i — ota toqqa chiqib bo‘ri ovlagan.

    Bo‘rini o‘ldirib, uning lunjini kesib yangi tug‘ilgan chaqaloqni

    o‘tqazishgan, terisini beshikning tagiga solishgan, tishlari

    va tirnog‘ini beshikka o‘yinchoq qilib osib qo‘yishgan.

    Bu bilan yangi tug‘ilgan go‘dakka bo‘rining homiylik qilishi

    belgilangan. Endi bo‘ri uni turli ins-jinslardan hamisha

    asraguvchi homiyga aylangan. Bolaga esa Bo‘riboy,

    Gurkiboy, Bo‘ritosh, Bo‘rixon deb ism qo‘yishgan. Buni

    qarang-ki, aynan ana shu farzand keyinchalik uzoq umr

    ko‘rgan. Bu hollarning qanchalik hayot haqiqatiga mos kelishini

    hozirgi zamon ilmi ham izohlay olmaydi.

    23

    Fetish — insonlar tomonidan alohida e’tibor bilan qa -

    raladigan narsa, predmetlar tushunchasini anglatadi.

    Xususan, turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, ayrim yulduz lar,

    suv, tuproq, yoy, qilich, qalam kabilarga asrlar davomida

    alohida hurmat bildirilgan. Masalan, yigit kishining pichoq

    yo‘qotishi, yoyining sinishi yomonlik belgisi bo‘lib kelgan,

    ayni paytda tuproq, suv bilan doimiy ra vishda yaqin bo‘lish

    baxt hisoblangan.

    O‘zbeklar hamisha fetish tushunchasiga juda mas’uli -

    yatli munosabatda bo‘lganlar. ≪Suvga tupurma≫, ≪do‘ppingni

    yo‘qotma≫ kabi tushunchalar fikrimizga dalil bo‘la oladi.

    Odatda fetish ma’no jihatdan totemdan ancha keng

    tasavvur qilinadi. Chunki, har bir rang, har bir narsa, predmet,

    tush va hokazolar xalqimiz tarixida alohida o‘ringa ega

    bo‘lgan.


    Mifik dunyoqarash belgilari bolalarga ism qo‘yishda ham

    o‘z ta’sirini saqlab qolgan. Albatta, oilada farzand tug‘ilgani

    zahoti unga ism qo‘yish odati yaxshi tashvishga aylangan.

    Oila a’zolari o‘z farzandlariga hamisha eng mazmunli, eng

    go‘zal, eng ta’sirchan ism qo‘yishni xohlaganlar.

    Oilada ism qo‘yish alohida an’ana hisoblangan. Odatda

    ismni piri-badavlat, uvali-juvali, xalq-orasida katta obro‘ga

    ega bo‘lgan qariya qo‘ygan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib

    olingan ≪Alpomish≫ dostonida Boybo‘ri va Boysari farzandlariga

    ism qo‘yish lavhasini eslaylik: ≪Bir vaqt shunda biylar

    qarasa, uzoqdan bir qalandar ko‘rinib kelaberdi. Biylarning

    esiga (tushdi): Ravzada ≪Qalandar bo‘lib borib, o‘zim otini

    qo‘yib kelaman≫, — degan ovozni eshitgan edi. Shunday

    qarasa, yaxshi nurli bir qalandar mast bo‘lib, qalandarday

    bo‘lib, shul majlisga qarab kela berdi. Xaloyiqlar ham

    ko‘rdi: Tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar

    bo‘lib kelayotir, o‘zga kishilarga bu qalandarning holiahvoli

    ma’lum emas, Ravzadagi so‘zlagan ovozni eshitgani

    sababli Sho himardon pirim shul kishi bo‘lmasa, — deb biylar

    o‘rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib zi -

    yorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. Shunda

    farzandlarning uchovini olib kelib, Shohimardon piri ning

    etagiga soldi. Shohimardon piri Boybo‘rining o‘g‘lini otini

    Hakimbek qo‘ydi, o‘ng kiftiga besh qo‘lini urdi. Besh

    qo‘lining o‘rni dog‘ bo‘lib, besh panjaning o‘rni bilinib

    qoldi. Qizining otini Qaldir g‘ochoyim qo‘ydi. Boysari ning

    qizini otini Oybarchin qo‘ydi≫. Xalqimizda Hasan; Fotima

    24

    va Zuhra; Arofat, Ortiq, Mashrab, Tojixon, Tojiboy;



    Navro‘z kabi farzandlar o‘z ismi bilan tug‘ilishi haqida

    mulohazalar bor. Ayni choqda Muhammad, Abu Ali,

    Ulug‘bek, Alisher kabi ismlar bolaga og‘irilk qilishi, bunday

    ismli bolalar o‘zlariga niho yatda ehtiyot bo‘lishlari lozimligi

    ham turli yo‘llar bilan ta’kidlanadi. Har holda ko‘pincha

    har bir inson yillar o‘tishi bilan o‘z ismiga mos tabiatga ega

    bo‘lishini hayot tajribasi ham tasdiqlaydi. Shuning uchun

    ism shaxs haqida dastlabki ma’lumot beruv chi belgi sifatida

    o‘z bahosini olgan.

    Anima — inson tomonidan totem va fetishga ishonch

    bilan qarash ma’nosini anglatadi. Tushga ishonish oddiy

    hayotda ro‘y berayotgan voqealardan kelajak haqida

    tasavvur hosil qilishga urinish odatlari animizm ta’siri bilan

    bog‘liqdir. To‘g‘ri, aksari paytlarda odamlar irimlarni xush

    ko‘rmaydilar, lekin tarixiy jihatdan shakllangan urf-odatlarimiz,

    rasm-rusumlarimizda totemizm, fetishizm, animizm

    belgilari aniq sezilib turadi. Bunday voqea-hodi -

    salarga bo‘lgan munosabat badiiy adabi yotimizda ham o‘z

    ifodasini topgan. G‘. G‘ulomning ≪Shum bola≫ qissasidagi

    o‘choq olldida ro‘y bergan hodisani, O‘lmas Umarbekov,

    O‘tkir Hoshimov asarlaridagi ayrim lavhalarni eslasak

    kifoyadir.

    Hayot taraqqiyoti asta-sekin miflarda o‘z aksini topgan

    voqea va hodisalarni ilmiy jihatdan izohlash holatlarini

    kuchaytirdi. Jumladan, yil davomida fasllarning o‘zgarishi,

    quyosh va oyning tutilishi, yer qimirlashlar, zamon o‘tishi

    bilan ilmiy jihatdan asoslab berildi. Asta-sekinlik bilan

    insonlarning o‘zlari tabiat hodisalariga aralashdilar, ilm-fan

    rivojlandi. Dehqonchilik, chorvachilik sohasida qator-qator

    yangiliklar paydo bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar ma’lum darajada

    miflarga bo‘lgan munosabatlarga ham yangilik kiritdi.

    Shundan so‘ng qadim-qadim zamonlarda ro‘y bergan

    muhim ahamiyatli voqealar miflar bilan uyg‘unlasha boshladi.

    Natijada, badiiy tafakkurning miflarda ifodalanishi

    ta’sirida sekin-asta xalq og‘zaki ijodi namunalari badiiy

    jihatdan mukammal asar sifatida paydo bo‘la boshladi.

    Bu o‘rinda N. M. Mallayevning ≪O‘zbek adabiyoti ta -

    rixi≫ kitobidan Kayumars, Jamshid mifini misol sifatida

    keltirish maqsadga muvofiqdir.

    Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan (Kayumars-u

    25

    Gavomard, ya’ni ho‘kiz-kishi, deb ham yuritilgan), yer



    yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Axura

    Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan:

    ho‘kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning

    ashaddiy dushmani bo‘lgan Axriman Kayumarsni o‘ldiradi.

    Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil

    o‘slimlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali

    hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan insonning erkak

    va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Shunday qilib,

    Kayumars birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi

    sifatida tasvirlanadi. Kayumars yozma adabiyotda ham

    qayta-qayta uchraydi. Jumladan, u Firdavsiyning ≪Shoh -

    noma≫sida kishilarni zulmatdan, g‘orlarda yashashdan

    qutqarib, uy-joy va shaharlar bino qilgan qahramon shoh

    sifatida gavdalantiriladi. Kayumar obrazi tasviriy san’atda

    ham ma’lum iz qoldirgan. 1932 yilda Tali Barzuda

    (Samarqand yaqinida) topilgan sopolga ishlangan surat

    shuni ko‘rsatadi. Bu suratda gavdasining pastki qismi

    ho‘kiz, yuqori qismi odam bo‘lgan bir shakl tasvirlangan.

    Yima (Jamshid) ham Kayumars kabi najotkor qahramon

    sifatida tasvirlanadi. ≪Avesto≫da bayon etilishicha, u

    adolatli hukmron bo‘lib, uning davrida qahraton sovuq va

    jazirama issiq ham, qarish va o‘lish ham bo‘lmagan ekan.

    Jamshid yer yuzini uch baravar kengaytiradi, chorvani va

    turli xil qushlarni nihoyatda ko‘paytiradi... Biroq qahraton

    qish boshlanib, kishilarga ofat keltiradi. Qish o‘tib, qormuzlar

    erib, yaylovlarni suv bosadi. Shunda Jamshid yana

    najotkor bo‘ladi. U katta g‘ovlar qurib kishilarni va ular ning

    mol-mulkini suv toshqinidan saqlab qoladi, uy-joylar quradi,

    ariqlar ochadi.

    Shunday qilib, Kayumars va Jamshid mifologik obraz -

    lari Axriman va uning devlariga qarshi kurashda xalq

    najotkori sifatida tasvirlanadi, kishilarning ma’naviy

    g‘alabasi va o‘z kelajagiga ishonchini ifodalaydi. Jamshid

    obrazining ayrim qadimgi izlari o‘zbek xalqining ≪Kitobi

    Jamshid≫ asarida ham saqlangan.

    Xalq ijodida mifologik obrazlar bilan birga afsonaviy

    qahramonlar obrazi ham vujudga keladi. Bu qahrmonlar

    kishilarning osoyishtaligi va baxt-saodati uchun kurashib,

    fidokorlik ko‘rsatadilar. Biroq bu kurash dastlabki davrlarda

    ko‘pincha ajdar, dev va jin kabi g‘ayritabiiy kuchlarga

    qarshi qaratiladi. Ajdar, dev, jin va boshqalar ayni zamon-

    26

    da har xil yomonlikning timsoli sifatida gavdalanuvchi



    simvolik obrazlardir. Eng muhimi shundaki, kishilar jami -

    yat va tabiatdagi baxtsizlik hamda turli ofatlarning sababi va

    mohiyatini tushunolmagan bo‘lsalar ham, o‘z kuch-quvvatlariga

    ishonganlar, ≪ajdar≫, ≪dev≫ va ≪jin≫lar ustidan g‘alaba

    qozonuvchi Gershasp va Elikbek kabi o‘lmas bahodirlar

    obarzini yaratganlar. Bunday afsonalarning hayotiy aha -

    miyati ham ana shunda.

    Shunday qilib, miflar ikki-uch ming yil oldin yaratilgan

    eng dastlabki sodda hikoyalar namunasidir.


    Download 434,34 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




    Download 434,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 434,34 Kb.