«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




Download 434,34 Kb.
bet8/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Jamoalik. Jamoalik deganda biron ish — harakatning

ma’lum bir guruh odamlar ishtirokida birgalikda amalga

oshirish nazarda tutiladi. Jamoa bo‘lib imorat qurish

mumkin, paxta terish yoki yer chopish, hosil yig‘ishtirish

mumkin bo‘ladi. Ammo biron asarni jamoa bo‘lib yaratish

nisbiy tushunchaga egadir, chunki doston, ertak, qo‘shiq

kabi badiiy asar namunalarini misrama-misra, jumlamajumla

yaratish amaliy jihatdan mumkin emas. To‘g‘ri, folklorshunoslik

tarixida ba’zan qo‘shiq janriga oid badiiy asarni

bir guruh odamlar aynan jamoa bo‘lib yaratgan hollar

bo‘lgan, bunda qo‘shiq misralari har biri kelishgan holda

bitta-bitta guruh vakili orqali aytilgan va oxir pirovard

qo‘shiq vujudga kelgan. Ammo bari bir bu asar badiiy jihatdan

talabga javob bermagani tufayli omma e’tiboridan chetda

qolib ketgan. Binobarin, xalq og‘zaki ijodiga oid boshqa

janr namunalarining yaratilishida ham jamoaning ishtirokini

yuqorida qayd qilganimizdek, hosil yig‘ish, imorat qu rish

kabi mehnat ko‘rinishlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

Xalq og‘zaki ijodi asarlari qaysi janrga mansub bo‘lishidan

qat’i nazar uni badiiy ijod qilish iqtidoriga ega bo‘lgan

yakka shaxs yaratadi. Yaratilgan asar omma tomonidan

ma’qullangan taqdirda, boshqa ijodkor xalq vakillari

tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ularga asta-sekinlik

bilan ijodiy o‘zgarishlar kiritiladi. Yaratilgan asar og‘zaki

shaklda vujudga kelgani tufayli turli o‘zgarishga duch kelishi

rasmiylashtirilmaydi, ya’ni ijod namunasi ning qaysi qismi

kim tomonidan yaratilgani aynan qaysi o‘rinlarga kim

o‘zgarishlar kiritgani qayd etilmaydi. Natijada, ma’lum

muddat o‘tgandan so‘ng, asarning dastlabki nusxasi juz’iy

yoki muhim yangiliklarga ega bo‘la boshlaydi. Shunday

qilib, mazkur ijod namunasini birinchi yaratgan ijodkor o‘zo‘

zidan mualliflik da’vosini qilolmaydi. Xalq og‘zaki ijodi

asarlarini to‘plash uchun chiqilgan ekspeditsiyalardan shu

narsa ma’lum bo‘ladiki, xalq orasida yashab og‘zaki ijod

xazinasiga o‘zining iste’dodi bilan hissa qo‘shgan ko‘pchilik

yurtdoshlarimiz mazkur asarlarga muallif yoki muallifdosh

16

bo‘lishni tabiatan xohlamaydilar ham. Bunday odamlar o‘z



ijodlarini xalqqa bag‘ishlagan bo‘ladilar. Har qanday tamagirlik

ular uchun yotdir. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki,

bunday odamlar o‘zlari yaratgan namunalarni

boshqa yurtdoshlari tomonidan ijro etilganini bilib, olamolam

bahra oladilar. Biz, o‘zbeklar, millatdoshlarimiz

o‘rtasida ana shunday oliyhimmat odamlar borligidan faxrlanmog‘

imiz lozim. Shunday qilib, bugungi kunda hech

qanday moddiy qimmat bilan baholab bo‘lmaydigan og‘zaki

ijod xazinasi yuqorida aytganimizdek, olijanob va o‘z xalqi

uchun beminnat xizmat qiladigan ajdodlarimiz tomo nidan

jamoa bo‘lib yaratilgandir.

Xalq og‘zaki ijodi asarlari sayqal topishida, ko‘pincha

yangi namunalar bilan to‘lib borishida oddiy tinglovchilar

jamoasining bilvosita ishtirok etishini ham aytib o‘tish foydadan

xoli emas. Biz ertakchi, qo‘shiqchi, doston aytuv chi

baxshi, askiyachi va boshqa janr ijrochilarining tabiatan

nozik hissiyotga beriluvchi odam bo‘lishlarini unutmasligimiz

lozim.


Asarni ijro etish paytida tinglovchilar eshitayotgan

san’at namunasiga nihoyatda qiziqish bilan munosabatda

bo‘lsalar, ijrochi o‘zi aytayotgan asarga yo‘l-yo‘lakay yangi

obrazlarni, yangi lavhalarni kiritib yuboradi. Bunday

ehtirosli damlarda yangi asar namunasining rejasi tuziladi.

Natijada, oddiy tinglovchi bo‘lib o‘tirgan xalq o‘zi bilmagan

holda yangi asar ning paydo bo‘lishiga yoki juda

bo‘lmaganda, avvaldan an’anaviy tarzda aytib kelingan

asarga muhim o‘zga rishlar kiritilishiga hissa qo‘shadi.

Shunday qilib, xalq og‘zaki ijodining paydo bo‘lishi, shakllanishi

va rivoj lanishida umumxalq vakillari ijodkor yoki

ehtirosli tinglovchi sifatida jamoa bo‘lib ishtirok etadilar.

Demak, xalq og‘zaki ijodidagi jamoalik xususiyati deganda,

asar yaratilishida jamoaning ishtirokini aynan, sodda tarzda

emas nisbiy tushunmog‘imiz ma’qul bo‘ladi.


Download 434,34 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Download 434,34 Kb.