O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING
XUSUSIYATLARI
Inson dunyoda paydo bo‘lganidan buyon o‘zaro
hamkorlikda yashashga, bir-biri bilan munosabatda
bo‘lishga intilgan. Chunki o‘zaro hamkorlik uni turli
tabiiy ofatlardan saqlagan, turmush qiyinchiliklarini bartaraf
qilish yo‘llarini ko‘rsatgan. Dunyodagi eng qadimiy
kitoblardan biri ≪Avesto≫ hisoblanadi. Olimlarning
aniqlashicha, ana shu qadimgi yozma yodgorliklarning
yaratilishida ham bizning ajdodlarimiz ishtirok etganlar.
Bu kitob ajdodlarimizning olamning paydo bo‘lishi,
yorug‘lik va zulmatning o‘zaro kurashlari bilan bog‘liq
tasavvurlari haqida hikoya qiladi. Axura-mazda (Xur -
muz), Angra Manyu (Axriman) yaxshilik va yomonlik
olamiga boshchilik qiladilar. Badiiy adabiyotdagi minglab
yillar davomida ijod qilingan obrazlarning dastlabki
namunasi Xurmuz va Axrimanda mujassamlangan edi.
Shubhasiz, xalqimiz og‘zaki ijodidan keng o‘rin olgan
Alpomish, Go‘ ro‘g‘li kabi botirlar, Muqbil toshotar,
Ozoda chehra kabi xalq vakillari ham asar qahramonla -
riga aylanar ekanlar, qadim-qadim zamonlardagi badiiy
ijod ta’siri o‘z hukmini o‘tkazgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda zavq bilan o‘qilayotgan,
maroq bilan aytilayotgan doston, ertak, qo‘shiq,
maqol, topishmoq, afsona va rivoyat, askiya va latifa,
loflar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining janrlari hisoblanadi.
Xalqimiz yaratgan ana shu ma’naviy boyliklarimiz butun
o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy
qismidir. Ilmda xalq og‘zaki ijodi folklor atamasi bilan
yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Vilyam
Toms taklif qilgan edi. Folklor deganda ma’lum millat-
12
ga mansub, xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan
san’at namunalari: so‘za nalar, xalq kuylari, raqslar va
boshqalar tushuniladi.
Ammo folklorning alohida sohasi bilan shug‘ul lanuvchi
mutaxassis esa ko‘pincha folklor deganda o‘zi o‘rganuvchi
sohani nazarda tutadi. Jumladan, tasviriy san’atni
o‘rganadigan olim folklor deganda, naqsh san’atini nazarda
tutadi. Xoreograf esa xalq raqsini, musiqashunos xalq kuylarini,
folklorshunos esa xalq og‘zaki ijodini nazarda tutib
ish olib boradi.
Ma’lumki, o‘rta umumta’lim maktablarida adabiyotning
ikki asosiy turga bo‘linishi o‘rganilgan. Ularning birinchisini
ilmiy, ikkinchisini badiiy adabiyot deb ataydilar. Badiiy
adabiyot o‘z navbatida ikki yirik turga bo‘linadi: xalq
og‘zaki adabiyoti (folklor), yozma adabiyot (individual
ijod). Xalq og‘zaki ijodi deb atalgan adabiyot yozma
adabiyotdan bir necha xususiyatlar bilan farq lanadi. Bu
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) an’anaviylik;
b) og‘zakilik va improvizatorlik;
c) jamoalik va ommaviylik;
d) variantlilik va versiyalik;
e) anonimlik.
|