XALQ OG‘ZAKI IJODI VA QADRIYATLARI DAVLAT
MAQOMIDA
1991-yil 1 sentyabrda O‘zbekiston mustaqil respublika
deb e’lon qilindi. Yurtimizdagi, o‘nlab yillar davomida
kutilgan bu xabar butun o‘zbek xalqini mamnun etdi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlat o‘tmish
madaniy merosimizni qaytadan tiklash, odamlar ning qalbida
tutqunlikda yotgan qadriyatlarga keng yo‘l ochish
siyosatini amalga oshirdi. Har bir tadbir o‘zining amaliy
yechimiga ega bo‘lishi bilan birga xalqqa ozodlik shabadasini
yetkazish maqsadini ko‘zlagan holda amalga oshirildi.
Millat o‘tmishi va kelajagi haqidagi mulohazalar, ajdodlarimiz
kashfiyotlaridan hosil bo‘lgan g‘urur tuyg‘usi
o‘zbekning qalbidan o‘rin ola boshladi: din, madaniy
meros, qadriyatlar, milliy g‘urur haqida hadiksiramay, baralla
mulohaza yuritish imkoni yaratildi.
Aslida, o‘zbeklarning dunyoda ilg‘or madaniyatga ega
bo‘lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzumda
ham aytilgan edi. Ammo bunday hur gaplarning mualliflari
qatag‘on qilingandilar. Ularning ko‘pchiligi — Fitrat,
Cho‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim va boshqalar otildi.
Ayrimlari — Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Said
Ahmad, Maqsud Shayxzoda kabilar uzoq muddatga qamoq
jazosiga tortildilar. Ammo erkinlikni, o‘tmishdagi xalq allomalarining
kashfiyotlarini targ‘ib etuvchi asarlar tizimi
to‘xtab qolmadi. 60—70-yillar adabiyotimizning she’riyat
maydoniga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar ≪O‘zbegim≫,
≪O‘zbekiston≫ kabi lirik asarlar yaratdilarki, bu davrda
yashagan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston qadimdan ilmma’rifat,
kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil
ishonch bildira boshlagandilar. Shuningdek, 50-yillardan
Ibrohim Mo‘minov, Vohid Zohidov, Parso Shams, Solih
Mutallibov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli xil
munosabatlar bilan Mahmud Koshg‘ariyning ≪Devonu
lug‘otit turk≫, Yusuf Xos Hojibning ≪Qutadg‘u bilig≫,
Navoiyning ≪Xamsa≫, Boburning ≪Boburnoma≫ kabi bir
qator asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar.
Qizig‘i shundaki, bizning olimlarimiz mumtoz adabiyot
namunalaridagi sobiq sovet tuzumi siyosatiga mos kelmaydigan
o‘rinlarni keskin tanqid qilishar, boylar va yo‘qsillar
6
madaniyati haqida turli gaplarni topishar, ammo asarlarni
to‘liq nashr qilish niyatlariga ham erishar edilar.
Tabiiyki: ≪Sobiq sovet tuzmi davrida bevosita xalq orasida
hukmron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og‘zaki ijodi
asarlari yaratilmadimi?≫ — degan savol tug‘iladi. Gap shundaki,
xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib olinmasa, ular ning
ommalashuvi uchun sharoit tug‘dirilmasa, ko‘pincha vaqt
o‘tishi bilan bu asarlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi, aytuvchining
yodidan ko‘tariladi. Ularni yozib olish esa hamisha
ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda faqat o‘sha
paytlarda diniy mavzudagi rivoyat, afsonalarning
mavjudligini va og‘zaki xotiralarda ana shunday yo‘na -
lishdagi asarlar bo‘lganligini e’tirof etish mumkin.
Jumladan, o‘z paytida O. Hoshim tomo nidan yozib olingan
qo‘shiqlarda kolxoz tuzumiga, hamma ekin maydonlariga
faqat paxta ekish siyosatiga salbiy munosabat bildirilgan
qo‘shiqlar borligi haqidagi xotiralar mavjud xolos. Afsuski,
turli sabablar bilan bu yozuvlar yo‘qolgan.
Yuqorida yurtimiz mustaqil deb e’lon qilinmasdan ham
xalq qadriyatlarini tiklashga urinishlar bo‘lganini aytgan
edik. Ulardan biri sifatida 1990-yilda davlat tomonidan
Navro‘z bayramini umumxalq bayrami deb e’lon qilinganini,
bu kun dam olish kuni deb belgilanganini va shu yili
Navro‘z tantanalari katta tayyorgarlik bilan o‘tkazilganini
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ammo bari bir 1991-yilda
Vatanimizning mustaqil deb e’lon qilinishi va o‘nlab mamlakatlar
tomonidan bu mustaqillikning tan olinishi o‘tmish
qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatda yangi davr ochdi.
Prezidentimiz I. A. Karimovning ≪O‘zbekiston buyuk
kelajak sari≫ asaridagi ≪Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning
ma’naviy-axloqiy negizlari≫ deb atalgan bo‘limda:
≪O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta
asosiy negizga asoslanadi≫, — deyilgan. ≪Bu negizlar:
— umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik;
— xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va
rivojlantirish;
— insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
— vatanparvarlik≫1 — deb belgilab qo‘yilgan.
Mazkur bo‘limning davomida: ≪Xalqning ma’naviy
ruhini mustahkamlash va rivojlantirish — O‘zbekis ton da
1 Karimov I. A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., ≪O‘zbekiston≫,
1998, 56-bet.
7
davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir≫1, — deb
ko‘rsatib o‘tiladi. Yurtimizda akademik litseylar va kasbhunar
kollejlari ish boshlar ekan, talabalarga fan va hunar
asoslarini o‘rgatish bilan birga ularning ≪...ma’naviy ruhini
mustahkamlash va rivojlantirish≫ ham muhim ma’rifiy
jarayon hisoblanadi. Ma’naviy ruh xalq qadriyatlarini
qadam-baqadam o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Xalq
og‘zaki ijodi esa asrlar davomida qadriyatlarimizning tar -
kibiy qismi hisoblangan. Shuning uchun akademik litseylar
va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek xalq og‘zaki ijodini alohida
fan sifatida o‘qitila boshlashni og‘zaki ijodimizga va
qadriyatlarimizga davlat maqomini berish bilan teng tadbir
sifatida ta’kidlash mumkindir. ≪Milliy madaniyatning o‘ziga
xosligini tiklashga alohida e’tibor berish kerak≫2, — deyiladi
bu asarda. Bu mulohazadagi alohida e’tibor qilishimiz
lozim bo‘lgan fikr ma’naviy boyliklarimining, shu jumladan,
xalqimiz asrlar bo‘yi yaratgan og‘zaki ijodimiz ning
boshqa xalqlarnikidan farqli jihatlarni aniqlashga qarati -
lishidir. Ma’lumki, xalq dostonlarimizning ijrosida ming
yillik an’analar singdirilgan. Ayniqsa, Samar qand dostonchiligidagi
baxshining do‘mbira jo‘rligida doston aytish
usuli, she’riy parchalarni bo‘g‘izda kuylashi Osiyo qit’asi
shimolidagi shamanlar ijrosiga hamohangligi bilan diqqatni
jalb qiladi. Shamanlar faoliyati esa minglab yillar bilan
o‘lchanadi. Demak, o‘zbeklarda ham uzoq-uzoq davrlardan
buyon davom etib kelayotgan san’at namunalari belgilari
saqlanib qolgan ekan. Shu bilan birga, xalqimizda askiya,
yor-yor, o‘lan aytish kabi so‘z san’ati bilan bog‘liq durdo -
nalarimiz borki, ularni qayta tiklash, xalqqa qayta rish biz —
o‘zbeklarning o‘zbekligini ta’kidlash, milliy ruhimizni rivoj -
lantirish bilan aloqadordir. Milliy ruhni shakllantirmay,
rivojlantirmay, milliy mafkura haqida o‘ylash ham mumkin
emas. Yana shuni ta’kidlash ma qsadga muvofiq bo‘ladiki,
madaniyatimizning o‘zi ga xosligini tiklash rejasi bevosita
bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamizni xalq noiblari
tomonidan tasdiqlanishi bilan boshlandi. Bayrog‘imizdagi
hayotbaxsh ranglar, oy va yulduzlar; gerbimizdagi humo
qushi, Amu va Sirda ryolaru bug‘doy va paxta tasvirlari,
8
1 Karimov I. A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., ≪O‘zbekiston≫,
1998. 60-bet.
2 O‘sha asar. 62-bet.
madhiya mizdagi ≪Avlodlar mardona ruhi senga yor≫ kabi
misralarda aynan biz — o‘zbeklarning tabiati, ajdodlar xotirasi,
kelajakka umidimiz o‘z ifodasini topgan. Bu lar ning
hammasi: ≪O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr- qimmati,
or-nomusi va shon-sharafi, uning o‘ta mehribonligi va sof
vijdonligiga asosla n gandir≫. Ayni chog‘da: ≪O‘z xalqiga,
uning an’anala riga, tili va mada niyatiga muhabbat va hurmatni
tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini millatlarning butun
jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi
haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash
mumkin emas≫.1
O‘zbekiston davlati va Prezidentimiz Islom Karimov
yosh avlod tarbiyasiga mustaqilligimizning dastlabki kunla -
ridan alohida diqqat va e’tibor bilan qarab kelmoq da.
≪O‘zbekiston buyuk kelajak sari≫ asarida tayanch nuqta
sifatida aytilgan fikr va mulohazalar keyinchalik — 1997-yil
29 avgust kuni O‘zbekiston Respub likasi Oliy Majlisi IX
sessiyasidagi yurtboshimiz nutqida yana rivojlantirildi. Bu
nutqda milliy qad riyat larga davlatimiz tomonidan nima
uchun bu qadar katta ahamiyat berilayotganini asoslovchi
iqtibos keltirilgan. Mazkur iqtibos Chor Rossiyasining
Turkiston o‘lkasidagi general-gubernatori M. Skobo lev ga -
pidan olingan edi: ≪Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish
shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang
bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi≫.
Haqiqatan ham, M. Skobolev qo‘lidan kelgan harakatni
qilib ketdi. Undan keyin bu harakat sobiq sovet tuzumi
tomonidan davom ettirildi. Tabiiyki, 120—130-yil davomida
keltirilgan zararni 5—10 yilda bartaraf qilish mumkin
emas. Shuning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejining
talabasi xalq og‘zaki ijodini, milliy madaniyatimiz
asoslarini, ona tilimiz imkoniyatlarini qanchalar tez
o‘zlashtirsa, mustaqilligimizni ko‘ra olmaydigan odamlarga
qarshi shu qadar qaqshatqich zarba bergan bo‘ladi. Va,
aksincha, xalqimiz o‘tmishiga loqaydlik bilan qarash dushmanlarimiz
tegirmoniga suv quyish bilan barobardir.
Shuning uchun ham Islom Karimov qayta-qayta buyuk
ma’naviyatimizni tiklash, milliy an’ana larga qadriyatlari miz
asosi sifatida muno sabatda bo‘lish zaruratini qayd etadilar.
1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
9
1 O‘sha asar. 66-bet.
≪Kadrlar tayyorlash milliy dasturi≫da ≪Ma’naviy-axloqiy
tarbiya va ma’rifiy ishlar≫ alohida bo‘lim sifatida tasdiqlandi.
Unda yosh av lodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda
xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari
hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
sama rali tash kiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab
chiqilib, amaliyotga tatbiq etish zarurligi ta’kidlanadi.
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodini alohida fan sifatida
o‘qitilishi ana shu vazifani ijobiy hal qilishga ham samarali
ta’sir ko‘rsatadi.
≪Tafakkur≫ jurnalining 1998-yil 2-sonida Prezident
Islom Karimovning jurnal bosh muharriri savollariga
bergan javoblari e’lon qilindi. Avvalo aytish kerakki, bu
javoblarning butun mohiyatidan yurtboshimizning xalq va
mamlakat kelajagini o‘tmish qadriyatlarisiz tasavvur qilmasligi
ko‘rinib turibdi. Bugungi kunda amalga oshi -
rilayotgan har bir tadbirda o‘tmish madaniyatimiz, milliy
an’analarimiz poydevor vazifasini o‘tamoqda. Mazkur poydevor
savol-javobda ham o‘zining yorqin ifodasini topganligi
bilan e’tiborni jalb qiladi.
Xususan, yurtboshimiz milliy g‘oya, milliy mafkura
masalasiga to‘xtalar ekan, birinchi navbatda yana o‘tmish
haqida gapiradi: ≪Milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni,
muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimiz -
ning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini,
jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni
qamrab olishi shart≫,1 — deyiladi savol-javobning
≪Mafkura o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir≫ qismida.
E’tibor bersak, bu o‘rinda ham ma’lum darajada xalqimiz
og‘zaki ijodi yuzasidan fikr bildirilmoqda. Chunki xalq o‘z
avlodiga insoniyat ta rixidagi eng ibratli fazilatlar meros
bo‘lishini orzu qilgan. ≪Alpomish≫, Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida
shaxs g‘ururi, vatanga muhabbat, elga xizmat qilish
istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi. Bu asarlarda
vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan
Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga
bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan
himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari madh etiladi.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, o‘zbekning butun
10
1 Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qi -
lishga xizmat etsin. ≪Tafakkur≫ jurnali, 1998. 2-son, 8-bet.
fazilati, falsafasi, dunyoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga
munosabati uning maqollarida aks etgandir. Shuning uchun
ham xalqimizning ilm-hunarga, oilaga, mehnatga, ahillikka
nomardlikka, bo‘lgan muno sabatini bilish uchun uning
maqollari bilan tanishish kifoyadir. Ulardan o‘quvchi o‘zbek
uchun vatan, xalq, ona, ilm, g‘urur naqadar muqaddas
tushunchalar ekanli gini anglab yetadi. Prezidentimiz Islom
Karimov ham xalq maqollarining ta’sir kuchidan, hajm
jihatdan kichik mazmunan serko‘lam fazilatidan har bir
chiqishlarida, savollarga javob berishda, maqola va kitobla -
rida unumli foydalanadi.
Yurtboshimiz nutqlarida va asarlarida ≪Vatanni sevmoq
iymondandir≫, ≪milliy o‘zlik≫, ≪xalq boshiga tushgan xavf≫,
≪mudhish voqealar oldida holva bo‘lib qo lish≫, ≪chalamullalar
≫, ≪ishimiz bitsa — bo‘lgani≫ kabi o‘nlab hadis, maqol,
matal, ibora va ko‘proq jonli suhbatga xos so‘zlarning
qo‘llanganligi fikrimiz dalilidir.
Xullas, xalq og‘zaki ijodiga oid doston, ertak, qo‘shiq,
maqol va boshqa janrlarda ilgari surilgan g‘oyalar asrlar
davomida xalqning yosh farzandni tarbiyalash vositasi
bo‘lib kelgan. Bugungi kunda milliy mafkuramizni shakllantirish
va rivojlantirishda o‘zbek folklori namunalari
munosib o‘ringa egadir. Shuning uchun ham og‘zaki ijodga
xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi sifatida munosabatda
bo‘lish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
|