|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 96/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Antonio
de Spinola boshchiligida Milliy
qutqaruv kengashi tuzildi va u oʻz
dasturini qabul qildi. De Spinola
muvaqqat prezident deb eʼlon qilindi. Milliy qutqaruv kengashi aholining eng qash
shoq qismi yashash darajasini koʻtarishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga
oshirdi. Minimal ish haqi, pensiyalar oshirildi, koʻp bolali oilalarga nafaqa joriy qilindi,
oziqovqat mahsulotlari va xizmatlar narxining oʻsishi toʻxtatib qoʻyildi. Sanoat korxo-
nalarining koʻpchiligi natsionalizatsiya qilindi. Korxonalarda ishchi nazorati oʻrnatildi.
Agrar islohot natijasida janubiy hududlardagi bir qism yerlar yersiz dehqonlar va
batraklarga, yangidan tashkil qilingan davlat va kooperativ xoʻjaliklarga boʻlib beril-
di. Afrikadagi mustamlakalarga mustaqillik berildi. Shu tariqa yangi hokimiyatning
asosiy vazifasi Salazar rejimining qoldiqlarini yengib oʻtish boʻldi. Portugaliyada
diktaturadan keyingi oʻtish davri boshlandi.
1976-yili qabul qilingan respublika kons-
titutsiyasi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish uchun huquqiy
asos boʻldi. Konstitutsiyaga binoan davlat boshligʻi boʻlgan prezident juda katta va-
kolatlarga ega boʻldi.
1986-yili mamlakat uchun muhim hodisa yuz berdi: prezident
lavozimiga birinchi marta fuqaroviy arbob – taniqli siyosatchi, sobiq bosh vazir
Mariu
Suaresh saylandi. Bu diktaturadan demokratiyaga oʻtish jarayonining yakunlangan-
ligini anglatar edi. Shu yili Portugaliya
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ga aʼzo
boʻlib kirdi.
1974-yildagi “Chinnigullar inqilobi”. Portugaliya
1946-yili BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro
tashkilotlarga qabul qilmaslik toʻgʻrisida maxsus qaror
eʼlon qildi.
1982-yil mayda Ispaniya NATOga, 1985-yili esa YIH
ga aʼzo boʻldi.
|
| |