123
yoʻq qildi, davlat apparatini harbiy rejim tarafdorlaridan tozaladi. 1981yili Gretsiya YIH
tashkilotining teng huquqli aʼzosiga aylandi. Hukumat ichki siyosatda iqtisodiyot ustidan
davlat nazoratini kuchaytirish, aholining kam taʼminlangan qatlamiga ijtimoiy yordamni
oshirish uchun harakat qildi. Tashqi siyosatning maqsadi Gretsiyani AQSHga qaramlik-
dan xalos qilish ekanligi eʼlon qilindi. Sotsialistlar boshqaruvi bahsli natijalarga olib keldi.
1980yillar oxirida ham Gretsiya YIH davlatlari orasida eng kam taraqqiy etgani boʻlib
qolayotgan edi.
1. Qaysi davrga kelib Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya demokratik rivoj
lanish yoʻliga qaytdi?
2. Ispaniyada boshqaruv shaklini aniqlash va konstitutsion akt qabul
qilish sari qadamlar qanday samara berdi?
3. “Yangi davlat” deb nomlangan Antonio Salazarning siyosiy rejimi Ik
kinchi jahon urushidan keyin oʻzining konservativ, avtoritar-fashistik
belgilarini saqlagan holda mamlakatda qanday ishlarni amalga oshirdi?
4. Qaysi yilda harbiylar tomonidan Kipr orolida harbiy toʻntarish amalga
oshirilib, orolning Gretsiyaga qoʻshilishiga qarshi boʻlgan hukumat
agʻdarildi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Xaritadan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya hududlarini koʻzdan kechiring.
Internet yordamida va darslik matnidan foydalanib mazkur davlatlarga virtual
sayohat uyush tiring. Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya tarixidagi muhim voqea-
larni xronologiya shaklida daftaringizga yozing.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Konferensiya –
davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan
masalani muhokama etish uchun yigʻilishi.
Avtarkiya – mamlakatning oʻzoʻzini ta’minlash
qoidasiga asoslangan,
boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiq xoʻjalik yuritish siyosati.