122
U
rushdan
keyin Gretsiya iqtisodiy
qiyinchiliklar bilan birga ogʻir siyosiy
inqirozga uchradi. 1946yili oʻtkazilgan
parlament saylovlari Gretsiyada fuqarolar
urushining boshlanishiga olib keldi. Soʻllar
bilan monarxistlar oʻrtasidagi birinchi qurolli
toʻqna shuvlar saylov kuniyoq yuz berdi.
Mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi.
Hokimiyatga kelgan
Konstantinos Salda
ris monarxiyani tiklashga kirishdi. Soʻl ra-
dikal kuchlar Gretsiya demokratik armiyasi
(GDA) tuzilganligini eʼlon qildi.
Tomonlar
butun mamlakat hududi boʻylab birbiriga
qarshi keng miqyosli harbiy operatsiyalarni
boshlab yubordi. GDA SSSR yordamiga
tayandi, Gretsiya hukumatini esa AQSH
qo‘lladi. Fuqarolar urushi uch yildan koʻproq
vaqt davom etdi va 1947-yil yakunlandi.
Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi.
Bundan norozi boʻlgan
bir guruh harbiylar
1967yil mayda hokimiyatni egallab olib, qamal holatini eʼlon qildi, partiya,
jamoat
tashkilotlari tarqatib yuborildi, yigʻilishlar va ishtashlashlar taqiqlandi.
Isyonga uch
nafar harbiy boshchilik qildi. Hokimiyatga kelgan rejim “qora polkovniklar” diktaturasi
nomini oldi. Harbiylar kommunistik xavfga qarshi kurashni oʻzlarining asosiy vazifasi
deb eʼlon qildi. Ular kommunistlarga qarshi kurash, davlat apparatini mustahkamlash
dan tashqari keng miqyosli iqtisodiy islohotlar ham oʻtkazdi. Bu islohotlarning asosiy
qismi ijobiy natija berdi, natijada Gretsiya agrar-industrial mamlakatdan industrial-
agrar mamlakatga aylandi. Ammo iqtisodiy yutuqlarga qaramasdan, mamlakatda
ichki siyosiy holat beqarorligicha qolaverdi.
1974-yili harbiylar Kipr orolida harbiy toʻn-
tarishni amalga oshirib, orolning Gretsiyaga
qoʻshilishiga qarshi boʻlgan hukumatni ag‘da-
rib tashlashdi. Bu orolda yashovchi grek va
turk aholisi oʻrtasida ziddiyatni kuchaytirdi.
Turkiya orolga qoʻshin kiritib,
uning bir qismi-
ni Kipr Turkiya Respublikasi deb eʼlon qildi,
Gretsiya armiyasi esa ularga qarshi urush-
dan bosh tortdi. Bu inqiroz oqibatida “qora
polkovniklar” harbiy xuntasi hokimiyatdan
ketishga majbur boʻldi. Yangi hukumat kons-
titutsiyani tikladi, konsentratsion lagerlarni
GRETSIYA
Gretsiya xalq ozodlik armiyasi
Sizningcha, Ispaniya, Portu
galiya va Gretsiyada taraqqiyot-
ning bosh qa Yevropa davlatlari
dan farq qilishining asl sabablari
nimalardan iborat?