125
S
ovet xalqlariga juda katta kulfat olib
kelgan Ikkinchi jahon urushi yakun-
landi. Urushda 26,5 mln sovet fuqarolari
halok boʻldi,
millionlab kishilar nogiron
boʻlib qoldi, mamlakat juda katta iqtisodiy
zarar koʻrdi.
Odamlar tinch hayotga qaytdi. Ammo
urushdan keyingi vayrongarchilik, xoʻjalik-
ni tiklash mashaqqatlari ustiga 1946-yilgi
qurgʻoqchilik ham qoʻshilib, ahvolni ya-
nada murakkablashtirdi. Bir million kishi
ochlikdan vafot etdi. Ammo ocharchilik
rasman tan olinmadi.
Iosif Stalin qishloq
xoʻjaligiga asosan
sanoat va shaharlarni
tiklash uchun manba sifatida qaradi,
dehqonlarning ayanchli ahvoliga eʼtibor
qaratmadi.
1948–1952yillari “Marshall rejasi” boʻ-
yicha yordam olgan Gʻarb davlatlaridan
farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni toʻliq
ichki resurslar hisobiga oʻz
kuchi bilan tik-
ladi. Faqat Germaniya toʻlagan reparatsi-
ya sezilarli rol oʻynadi, bu pullar sanoatda
oʻrnatilgan uskunalar xarajatining yarmini
taʼminladi va boshqa sohalarda ilmiytex-
nik taraqqiyotga turtki boʻldi. Millionlab
kishilarning fidokorona mehnati va resurs-
larni bir maqsad sari yoʻnaltirish
tufayli
1948-yilga kelib SSSRda sanoat ishlab
chiqarishi urushdan oldingi darajasiga
yetdi. Juda katta siyosiymaʼmuriy bosim,
yengil sanoat va qishloq xoʻjaligini talash
hisobiga hamda mehnatkash ommaning
tashabbusini mafkuraviy ragʻbatlantirish
tufayli minglab sanoat korxonalari tiklandi
va qayta qurildi.
Ammo totalitar tuzum-
ning xarakteri oʻzgarmadi. Konsentratsion
lagerlar bu davrda ham Stalin rejimining
ajralmas qismi boʻlib qolaverdi. Ulardagi
millionlab kishilar mehnatidan urushdan
keyingi tiklash jarayonida foydalanildi.
Totalitar rejim Stalinning oʻlimigacha
kuchayib bordi. Bir qator sud jarayonlari
oʻtkazilib, yuz
minglab sovet fuqarolari
qatagʻon qilindi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida
sovet davlatining Germaniya bilan
munosabatlarida qanday maqsad
koʻzlangan edi?