• E-mail: baxtiyorovamuslima@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7973516
  • Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi




    Download 494.71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana12.10.2023
    Hajmi494.71 Kb.
    #87642
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Yosh olimlar 0418
    Мандина.77777, “Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар” фанининг ма сади ва вазиф, Variantlar Berilgan sonlar ketma-ketligidagi maksimal va minima, Bonn shaxri, 7, 314-Article Text-827-1-10-20201022, daftar yuz institut, BOLALARNI IJTIMOIY TARBIYALASHNING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining test savollari, 01-03-1-1243 Бухоро туман, 10-sinf.kimyo @talimiy hujjatlar, 10, 25847446, Raxat Muratbaev Geodeziya a


    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    69 
    UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA LOGARIFM MAVZUSINI O’QITISH 
    METODIKASI 
    Baxtiyorova Muslimaxon Qahhorjon qizi 
    Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani 16-umumiy o’rta ta’lim
    maktabi “Matematika” fani o’qituvchsi 
    E-mail: 
    baxtiyorovamuslima@gmail.com
     


     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7973516 

     
    Ma’lumki, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta’lim 
    tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot 
    yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va 
    takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot 
    texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga 
    ko`tarilgan. Oliy maktab zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan ilmiy, ishlab chiqarish va 
    tarbiyaviy harakterdagi har qanday muammolarni hal qila oladigan, kasbiga fidoiy 
    mutaxassislarni yetishtirib berishi lozim. Bu vazifalarning hal qilinishi ta’lim berishni 
    kompyuterlashtirish-o`quv jarayoniga kompyuterdan foydalanishga asoslangan yangi 
    metodlarni keng tadbiq etishni talab etadi. Ta’limni kompyuterlashtirish o`qitishning kuchli 
    vositasi, laboratoriya tadqiqot ishlarining ajralmas qismi sifatida maydonga chiqmoqda. Bu 
    esa, fanlarni o`qitishga oid metodik qo`llanmalarni yaratishni, o`quv jarayonlarni 
    modellashtirish va tadbiq qilishni, yuqori malakali pedagog va ilmiy kadrlar tajribalarini keng 
    miqyosda yoyishni, ta’lim berish jarayonida har bir ta’lim oluvchini o`ziga xos xususiyatlariga 
    moslashishni hamda bo`lajak o`qituvchilarning mustaqil o`quv faoliyatini rivojlantirishga 
    ko`maklashish imkonini beradi. 
    Innovatsion texnologiyalariga asoslanib darslarni tashkil etish yaxshi natijalarni bermoqda. 
    Axborot kommunikatsion texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash jahon amaliyotida keng 
    qirrali bo`lib unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va 
    boshqa nuqtai nazardan yondashish lozim. Dars jarayoni murakkab ijodiy mashg`ulotdir. 
    Uning samaradorligi ko`p jihatdan o`quvchilarning faolligiga bog`liq. Ularni faollashtirish 
    uchun axborot texnologiyalari, о’yin, baxs, suhbat, musobaqa, sayohat, konferensiya, davra 
    suhbati, rolli o`yinlarni qo`llash, kitob bilan ishlash, kompyuter mashg`ulotlariga ko`proq vaqt 
    ajratish kerak. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarning o`rinli 
    qo`llanilishi mashg`ulotlarning qiziqarli tarzda tashkil etilishiga olib kelishi bilan o`quv 
    materialining chuqur o`zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratadi. 
    O`rta ta’limda matematika fanini o`qitishning asosiy maqsadi: 
    O`quvchilarda kundalik faoliyatda qo`llash, fanlarni o`rganish va ta’lim olishni davom ettirish 
    uchun zarur bo`lgan matematik bilim va ko`nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; 
    jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, 
    tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; 
    milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona 
    foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning 
    tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. 
    O`rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o`qitishning asosiy vazifalari: 
    O`quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar 
    haqidagi bilim, ko`nikmalar egallanishini ta’minlash; 



    Download 494.71 Kb.
      1   2   3   4




    Download 494.71 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi

    Download 494.71 Kb.
    Pdf ko'rish