112
III BOB. SHKNI ISHGA TAYYORLASH
3.1. Kompyuterni ishga tayyorlash
BIOS(Basic Input/Output System) —
asosiy
kiritish-chiqarish
tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)da alohida chip sifatida
ishlaydi
VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
Bu chipning vazifasi kompyuter va operasion tizimni bir-biriga
bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab
BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini
tekshiradi va
operasion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o‘z ishini beradi
(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter ishlatilganda har хil yozuvlar va tovushning chiqishi,
ROM(Read Only Memory) хоtirada yozilgan BIOS’ning ishi. BIOS
(Asosiy Kirish Chiqish tizimi) –
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
– kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich
holatga
keltirish;
– kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi
(POST-test);
– kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga
oshiradi;
– tizim resurslarini taqsimlaydi;
– PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
va sozlash;
– operasion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi
(bootmgr);
– qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
113
– elektr ta’minotini
boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash
holatiga o‘tkazish.
BIOSni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi,
shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har
xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi,
shuning
uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir
bir xil. Prosessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham
qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
– American Megatrends (AMI);
– Award Software;
– Phoenix Technologies.
BIOS
turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning
turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud,
bu versiyalar ham
yangilanib borishi lozim.
Award Software
tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini
eng ommalashgan turi misolida ko‘rsatamiz. Tushunarli bo‘lishi uchun
BIOSning ba’zi versiyalarini ko‘rsatib o‘tamiz.
AWARD + PHOENIX
birgalikda ishlashgan,
zamonaviy
platalarda shunaqa.
BIOS versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operasion
tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin: Пуск -> Выполнить ->
msinfo32. Bundan tashqari, Everest, Sandra,
siw kabi utilitalar orqali
ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz
mumkin bo‘ladi.