• Savollarga javob beradilar Yozib oladilar
  • Mashg’ulot shakli va turi
  • Oquv mashgulotining maqsadi
  • O’quvfaoliyati natijalari
  • O’quvfaoliyatini tashkil etish shakllari
  • Qaytar aloqaning yo’l va vositalarining yo’l va vositalari
  • Ta’lim shakli Ish bosqichlari va vaqti
  • 1.2.O’tgan mashg’ulot bilan mantiqiy bog’laydi. Mustaqil ish uchun berilgan vazifani, ya’ni insert texnikasini qo’llab mavzuning qolgan rejalarini o’rganib kelish vazifasi berilganligini eslatadi
  • Tinglaydil
  • 2.1. O’tilgan darsni mustaxkamlash
  • 2.4. Mashg’ulot guruhli birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezomlarini ma’lum qiladi.
  • BOYSUN TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI "SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KORSATISH" FANIDAN
  • Tuzuvchi: Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi maxsus fan oqituvchisi Janayev Bunyod
  • va ularni jihozlash
  • Informatika va axborot texnologiyalari oquv xonasida quyidagilar taqiqlanadi
  • Kompyuterning klaviaturasi va gildirakli sichqonchasi bolishi lozim. Informatika oquv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablarinuqtai nazaridan koyidagilar taqiqlanadi
  • Mashg’ulot guruhli birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezomlarini ma’lum qiladi




    Download 299.13 Kb.
    bet24/34
    Sana13.10.2022
    Hajmi299.13 Kb.
    #27182
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
    Bog'liq
    O
    7 sinf yordamchi sozlar, Algoritmning vaqt murakkabligini baholash, Doc2, Dopler effekti, kosmik tezliklar
    2.4. Mashg’ulot guruhli birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezomlarini ma’lum qiladi.

    1. Mavzu bo'yicha ma'ruza matnini tarqatadi va unung asosiy tushunchalari bilan tanishtiradi. .

    2. Mavzu bo'yicha FSMU texnologiyasi bo'yicha guruhlarga topshiriq beradi (2-ilova)

    1. Jalb qiluvchi savollar beradi, mavzuning har bir qismi bo'yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e'tibor qaratadi, berilayotgan ma'lumotlarni daftarga qayd etishlarini tashkil etadi.

    2. Yangi mavzular bo'yicha guruhlarga tezkor so'rov savollari beriladi. Nima uchun texnikasidan foydalaniladi (3-ilova)

    Savollarga javob beradilar Yozib oladilar Guruhlarga bo'linadilar.
    Javob beradilar
    Diqqat qiladilar
    Guruhlarda
    ishlaydilar
    Fikr almashadilar

    3.
    Yakuniy
    bosqich

    1. Mavzuni umumlashtiradilar. Savollarga javob beradi,yakun yasaydilar.

    2. Guruhlar ishini baholaydilar, o'quvchi mashg'ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qilqdi.Natijalar sharhlanadi. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg'ulotga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar

    3.3 Uyga vazifa mavzuga oid mustaqil ish beradi.

    O'z- o'zini o'zaro
    baholashni
    o'tkazadilar.
    Topshiriqni
    yozadilar


    Maxsus fan o'qituvchisi:


    B.Janayev




    Mashg’ulot vaqti-2 soat

    Talabalar soni: 20 -30 gacha

    Mashg’ulot shakli va turi

    Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti

    O’quv mashg’ulot rejasi




    O'quv mashg'ulotining maqsadi: O'quvchilarga yangi mavzu bo'yicha nazariy tushunchalar berish, mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirish

    Pedagogik vazifalar:

    • Yangi mavzu bilan tanishtiradi;

    • Yangi mavzu bo'yicha rejalarni tasniflaydi;

    • Reja asosida bo'limlarni tushuntiradi;

    • Reja bo'yicha yangi bilimlarni yoritib beradi.

    O’quvfaoliyati natijalari:

    • Tinglaydilar va zarur bo'lsa yozib boradilar;

    • Dars bo'yicha olgan bilimlarini tasniflaydilar;

    • O'rganganlarini aytib beradilar;

    • Tartibli ravishda aytib beradilar.

    O’qitish metodlari

    Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum

    O’quvfaoliyatini tashkil etish shakllari

    Ommaviy, jamoaviy

    O’qitish vositalari

    O’quv qo’llanma, proektor, slayd kompyuter

    O’qitish sharoiti

    Maxsus jixozlangan o’quv xona

    Qaytar aloqaning yo’l va vositalarining yo’l va vositalari

    Og’zaki nazorat: savol-javob




    Ta’lim shakli Ish bosqichlari va vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchining

    O’quvchi
    ning

    1.
    O’quv
    mashg’ulotiga
    kirish

    l.l.Mavzuni nomi, maqsadi, kutilajak o'quv natijalarini va mavzu rejasini eslatadi.
    1.2.O’tgan mashg’ulot bilan mantiqiy bog’laydi. Mustaqil ish uchun berilgan vazifani, ya’ni insert texnikasini qo’llab mavzuning qolgan rejalarini o’rganib kelish vazifasi berilganligini eslatadi

    Tinglaydil
    ar

    2.
    Asosiy bosqich.

    2.1. O’tilgan darsni mustaxkamlash

    1. Faollashtirish va bilimlarini tekshirish maqsadida savollar beradi:

    Javoblarni umumlashtiradi. Diqqatini asosiy tushunchalarga qaratadi va mavzuning muhim jihatlarini ko'rsatib o'tadi (1-ilovalar). Zarur bo'lsa javoblarni aniqlashtiradi, qo'shimchalar qiladi, o'zgartirish kiritadi.

    1. Keyingi faoliyat kichik guruhlarda davom etishini e'lon qiladi. Talabalarni 3 ta guruhga bo'ladi.

    2.4. Mashg’ulot guruhli birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezomlarini ma’lum qiladi.

    1. Mavzu bo'yicha ma'ruza matnini tarqatadi va unung asosiy tushunchalari bilan tanishtiradi. .

    2. Mavzu bo'yicha FSMU texnologiyasi bo'yicha guruhlarga topshiriq beradi (2-ilova)

    1. Jalb qiluvchi savollar beradi, mavzuning har bir qismi bo'yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e'tibor qaratadi, berilayotgan ma'lumotlarni daftarga qayd etishlarini tashkil etadi.

    2. Yangi mavzular bo'yicha guruhlarga tezkor so'rov savollari beriladi. Nima uchun texnikasidan foydalaniladi (3-ilova)

    Savollarga javob beradilar Yozib oladilar Guruhlarga bo'linadilar.
    Javob beradilar
    Diqqat qiladilar
    Guruhlarda
    ishlaydilar
    Fikr almashadilar

    3.
    Yakuniy
    bosqich

    1. Mavzuni umumlashtiradilar. Savollarga javob beradi,yakun yasaydilar.

    2. Guruhlar ishini baholaydilar, o'quvchi mashg'ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qilqdi.Natijalar sharhlanadi. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg'ulotga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar

    3.3 Uyga vazifa mavzuga oid mustaqil ish beradi.

    O'z- o'zini o'zaro
    baholashni
    o'tkazadilar.
    Topshiriqni
    yozadilar


    Maxsus fan o'qituvchisi:


    B.Janayev


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS


    TA'LIM VAZIRLIGI


    SURXONDARYO VILOYATI KASBIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY
    BOSHQARMASI


    BOYSUN TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI
    "SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH" FANIDAN


    MA'RUZALAR MATNI


    TUSHUNTIRISH XATI




    Ushbu ma'ruzalar matni Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko'rsatish fanining 2021 yil "30" avgustdagidagi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligining 375-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va ro'yxatga olingan
    na'munaviy o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va 2021 yil " " avgustdagi
    Pedogogik kengashida muhokama qilingan ishchi dasturida keltirilgan mavzular
    ketma-ketligida ishlab chiqildi va 2021 yil " " da Maxsus fanlar
    kafedra yig'ilishida muhokama etilib, 202 yil " " dagi Pedogogik
    kengashida foydalanishga tavsiya etildi.
    Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko'rsatish fani ta'lim muassasasida taqsil olayotgan Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yo'nalishi o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, mazkur fan uchun jami 80 soat ajratilgan.
    Mazkur ma'ruza matni Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yo'nalishi o'quvchilari va Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mustaqil ta'lim oluvchilar uchun mo'ljallangan.


    Tuzuvchi:


    Boysun tuman 1-son kasb-hunar
    maktabi maxsus fan o'qituvchisi
    Janayev Bunyod





    Mavzu №- 1


    Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari


    Reja:

    1. Kompyuterdan foydalanishdagi talablar

    2. Kompyuter xonasida qo'yiladigan taqiqlar

    3. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.

    Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
    Barcha ta'lim muassasalarining «Informatika va axborot texnologiyalari» xonala
    ri
    va ularni jihozlash uchun talablar «Ta'lim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi
    to'g'risida nizom» (ro'yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) (O'zbekiston
    Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 35-son, 407-modda) asosida
    amalga oshirilishi lozim.
    Informatika va axborot texnologiyalari o'quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:

    • kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog'iga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;

    • kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;

    • kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;

    • nam qo'l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;

    • kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;

    • kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.

    1. Informatika o'quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo'lgan xonalarni

    ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 - 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo'lishi lozim.

    1. Informatika o'quv xonasining doskasi sun'iy yoritishda ikki tomondan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo'llanilishi lozim. Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.

    2. Informatika o'quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo'sharoitida harorat va namlikning optimal holatda bo'lishini ta'minlay oladigan havo'haydovchi shamollatish vositalari bo'lishi lozim.


    1. Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo'zg'almaydigan va ko'rinmaydigan bo'lishi lozim.

    2. Informatika o'quv xonasida yong'in xavfsizligini ta'minlash uchun foydalanish muddati ko'rsatilgan va to'ldirilgan o't o'chirgich bo'lishi lozim.

    3. Informatika o'quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur qaytarmaydigan bo'lishi lozim.

    4. Informatika o'quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori havo atmosferasining sutkalik konsentrasiyasidan oshmasligi lozim.

    5. Informatika o'quv xonasini yerto'lalarda joylashtirish taqiqlanadi.

    6. Informatika o'quv xonasi doskasining chap yoki o'ng tomonida elektr ta'minotidan o'chirib yoqish uchun qurilma bo'lishi kerak.

    7. Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo'lishi kerak.

    8. Kompyuterning klaviaturasi va g'ildirakli sichqonchasi bo'lishi lozim. Informatika o'quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablarinuqtai nazaridan ko'yidagilar taqiqlanadi:

    9. xonaga qishki ustki kiyimda kirish;

    10. kompyuter ekraniga qo'l va boshqa narsalarni tekkizish;

    11. kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;

    12. kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo'yish;

    13. kompyuter qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg'ich va boshqa narsalarni tiqish;

    14. kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;

    15. Kompyuter monitoriga tabiiy yorug'likning asosiy oqimi chapdan tushishi kerak.

    16. Informatika o'quv xonasida tabiiy yorug'likning asosiy oqimi kompyuterda ishlovchining orqa va old tomonidan yo'nalgan bo'lishi mumkin emas.

    17. Informatika o'quv xonalarida sun'iy yoritishda o'quvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300 - 500 lk oralig'ida bo'lishi kerak.

    18. Informatika o'quv xonasining elektr ta'minoti elektrotexnika xavfsizligi talablari asosida bo'lishi lozim.

    19. Elektr manbaini ulash va o'chirish qurilmasining joylashishi o'qituvchiga elektr tokini zudlik bilan o'chirish imkoniyatini berishi lozim. Uni sinf doskasining chap yoki o'ng tomoniga o'rnatish tavsiya etiladi.

    20. Devorlarni bo'yashda ochiq rangli bo'yoqlardan foydalanish lozim. Bo'yoq tarkib ida ohak kukunlari bo'lmasligi lozim.

    21. Pol yuzasi tekis, sirpanmaydigan, tozalashga qulay va tok o'tkazmaydigan bo'lishi kerak.






    magnit tasma

    egiluvchan magnit disk

    optik disklar

    flash-xotira




    (EMD)








    Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus




    qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yoshish va undan axborotni o’qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o’qish qurilmasi strimer deb ataladi.
    Egiluvchan magnit disklar - (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka - disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli- 89 mm, 5,25 dyumli - 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.
    Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy - egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.
    Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo’lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o’qiladi. CD (ing. Compact - zich) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) - raqamli universal disk deb o’qiladi.
    Optik disklar spiralsimon bitta yo’lga ega. Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi. Axborotni o’qish jarayonida balandliklar lazer nurini akslantirgani uchun “1”, pastliklar nurni yutgani uchun “0” kabi qabul qilinadi. DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to’lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq. Shu sababli DVD diskka zichroq, ya’ni ko’proq, axborot yoziladi.
    Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli o’lchamda bo’ladi. CD disklar axborot sig’imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig’imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo’ladi. Agar optik disk yorlig’ida “R”, ya’ni Recordable yozuvi bo’lsa - bir marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin, “RW”, ya’ni Rewritable yozuvi bo’lsa - ko’p marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin.
    DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo’lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo’lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo’ladi. Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma’lumotlar birinchi qatlamni “ichidan o’tib” o’qiladi.
    Birinchi CD-ROM standarti 1984 yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996 yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o’rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq kompyuterlarning imkoniyati haqida aytmay iloji
    y°’q.
    Multimedia - matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD -ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second




    Microsoft CD - ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana Videova audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo‘bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
    Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB-yig’uvchilar bo’lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB- yig’uvchilar - ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo’lib, mexanik harakatlanuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig’imi 16 Mbaytdan bir necha o’n Gbaytgacha bo’lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig’imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.
    Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.
    Purkovchi printer qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan hosil qiladi. Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‘lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‘lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
    Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero‘bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300x300 sm o‘lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
    Skaner - fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.
    Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo’lib, “ko’zchasi” qamrovidagi harakatli Videoaxborotlarni kompyuter xotirasiga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o’tkazish mumkin.
    Yurgichni boshqarish va qo‘shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: sichqoncha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda sichqoncha ko’rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi. Sichqonchada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‘natish mumkin. Trekbol - “sichqoncha”ning to‘nkarib qo‘yilgan holatiga o‘xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‘chma kompyuterlarda foydalaniladi. Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo‘llanadi.
    IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar


    1. Qattiq disklar haqida ma’lumot bering.


    2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning qanday qurilmalarini bilasiz?


    3. Tashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz?


    4. Egiluvchan magnit disklar haqida ma’lumot bering.


    5. Optik disklarning turi va sig’imi haqida so‘zlab bering.


    6. USB-yig’uvchilar haqida so’zlab bering.




    1. Multimedia texnologiyasini qo’llash uchun qanday vositalar kerak?


    Download 299.13 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




    Download 299.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg’ulot guruhli birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezomlarini ma’lum qiladi

    Download 299.13 Kb.