54
II-BOB. BUXGALTERIYA HISOBIDA AXBOROT
KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
2.1. Buxgalteriya hisobida axborot tizimlari va texnologiyalarini
qо‘llash
Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining xususiyatlari
Iqtisodiyotni boshqarishdagi о‘zgarishlar, bozor munosabatla-
riga о‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta
ta’sir kо‘rsatdi. Buxgalteriya hisobining xalqaro tizimlariga о‘til-
moqda, bu uning uslubiyatining yangi shakllarini ishlab chiqishni
taqozo etadi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kom-
pyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta
о‘zgarishlarga ega bо‘ladi. Hisobchidan
korxona moliyaviy holati-
ning obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash,
qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul
mablag‘lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-
tahlilchi» deb atash hammumkin.
Yangi usullarni egallashni axborot tizimini takomillashtirmay
va zamonaviy kompyutersiz tasavvur etish mumkin emas. Har qan-
day iqtisodiy obyektni boshqarish faoliyatining asosini murakkab
qurilishga ega bо‘lgan axborot tizimlari tashkil qiladi,
ularning
tarki-bi, faoliyati turi va korxona, tashkilot, firmaning kо‘lamiga
bog‘liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni
tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing),
buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga
oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal
qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish
nazariyasiga binoan ular
vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayonida buxgalteriya
hisobi katta rol о‘ynaydi, bu yerda barcha axborotlarning 60%ga
yaqini jamlangan.
Har bir faoliyat tizimboshqaruvning belgilangan vazifalarini
55
amalga oshirishga mо‘ljallangan vazifalar va axborotlar majmuasi-
ning о‘z tarkibiga ega. Masalan, moddiy texnik ta’minotning vazifa-
viy tizimchasida materiallarga ehtiyojni hisoblash, yetkazib beruv-
chilar bilan
sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’yorlarini
aniqlash bо‘yicha vazifalar majmuasini ajratish mumkin.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga
birlashtirilgan alohida bо‘g‘inlarning hisoblash vazifalarni bajaradi.
Vazifalar iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik
schyotlarni olib borish, birlamchi va yig‘ma hujjatlar, hisoblash
algoritmlarining о‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq bо‘g‘inining
uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ifodalanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimchalari an’anaviy
ravishda
vazifalarning quyidagi majmualarini о‘z ichiga oladi: asosiy vositalar,
moddiy boyliklar, mehnat va ish haqi (maosh), tayyor mahsulotlar, moliya-
viy hisoblash operatsiyalari, ishlab chiqish xarajatlari, yig‘ma hisoblar va
hisobotlarni tuzish
.
Kompyuter bazasida AIJning tashkil qilinishi, korxonalarda ma-
halliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish
va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni
ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan
bazalari tizimini
yaratish, turli foydalanuvchilar о‘rtasida axborotlarni almashtirish,
kompyu-terda
boshlang‘ich
hujjatlarni
avtomatik
tarzda
bajarishning imkoni-yatlari yо‘lga qо‘yildi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari о‘rta-
sidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya
hisobining axborot bazasida namoyon bо‘ldi. Quyidagi
2.1-rasmda
buxgalteriya hisobining AAT sharoitida faoliyat kо‘rsatayotgan ta-
moillari keltirilgan. Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmua-
lari vujudga keldi.
Buxgalteriya hisobi bо‘yicha dasturiy vositalarning yangi
dastur-lari hisobning turli bо‘g‘inlari majmualari axborotlarini
birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining namunaviy
loyihalarida bir vaqtda fondlarga tо‘lovlar bо‘yicha tо‘lov (daromad
solig‘ini tо‘lash, nafaqa jamg‘armasiga ajratmalar, tibbiyot sug‘urtasi,
56
bandlik
jamg‘armasiga
qо‘shib
hisoblash
topshiriqnomalari)
hujjatlarini yuri-tish kо‘zda tutilgan.
Bunday mashina dasturini
bajarilishi hisob vazifalarining ikki majmuasini: mehnat va ish
haqining
hisobi
hamda
moliyaviy
hisoblash
operatsiyalarini
birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi
va boshqalar bо‘yicha vazifalar majmuasida hamxuddi shunga
о‘xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilishni «Materiallar» dasturi
misolida hamkо‘rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonaning
mahalliy hisoblash tarmog‘i sharoitlarida faoliyat yurituvchi yagona
MB tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini
hisobga olish jarayonida uchta bо‘lim:
omborlar, hisobxona,
moddiy-texnik ta’minot bо‘limi mutaxassislari faoliyat yuritadi.
Dasturiy majmua uch qismdan iborat: omborchi (ombor) moduli,
hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bо‘limi modulini oladi.
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib
borilishini: moddiy boyliklar harakati bо‘yicha hujjatlarni tо‘ldiri-
lishini, materiallarning harakati bо‘yicha operatsiyalar nazoratini,
miqdori va summasi aks etgan hisobini, moliyaviy hisoblashlarni
ta’minlaydi.