Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

Nazorat savollari 
1. Bank deganda nimani tushinasiz?
2. Bank tizimida avtomatlashritish nimalardan iborat?
3. О‘zbekiston banklarning ADT larini ishlash texnologiyasini aytib 
bering?
4. Internet banking о‘zi nima?
5. Bank tizimida xavfsizligini ta’minlash nimalardan iborat?


49 
1.8. Butun jahon banklararo SWIFT tizimi 
1973 yil Evropa va Ameriqaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Bank-
lararo moliyaviy Telekommunikatsiya SWIFT - (Society For Worldwide 
Interbank Finansial Telecommunication)ga asos soldilar. Jamiyatning 
vazifasi -yagona bank xabarlari tizimini yо‘lga solish va qо‘llab-
quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning har qanday 
nuqtasidagi moliyaviy ma’lumotlarga standart shaklida kirish imkonini 
beradi. SWIFT xalqaro tarmog‘i 1977 yildan boshlab faoliyat kо‘rsata 
boshladi. 
Ma’lumotlar 
tarmoq 
bо‘yicha 
standartga 
muvofiq 
strukturalashtirilgan mu’lamotlar kо‘rinishida uzatiladi. 
SWIFT tarmog‘i standartlarida uzatiladigan ma’lumotlarning katego-
riyasi, guruh va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari 
tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar 
bilan almashishni qо‘llab-quvvatlaydi. Standartlarni jahon banklari 
amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Bu 
jarayon moliyaviy muassasalarga hujjatlar bilan almashishi va nizo hamda 
xatolardan qochish imkonini beradi. Hozirda tarmoq asosini uchta 
kommunikatsiya 
stantsiya-lari 
tashkil 
etadi. 
Ular 
Amsterdamda 
(Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kopengagenda (AQSh) joylashgan. 
SWIFTning qoidalarining talabi shuki, unga a’zo tashkilotlar amalga 
oshiradigan biznes bilan shug‘ullansin va xalqaro telegrafik moliyaviy 
ma’lumotlar almashinishida ishtirok etishi kerak.
SWIFT tashkiloti rasman Belgiyaning kooperativ jamiyati bо‘lib, 
Bryusselda rо‘yxatga olingan. 
Svift tizimi qо‘yidagi turdagi operatsiyalarni bajaradi: 
mijoz tо‘lovlari; 
bank tо‘lovlari; 
hisobvaraqa bо‘yicha tasdiqnomalar (debet, kredit); 
valyuta-konversion operatsiyalar; 
debet kredit operatsiyalar; 
foizlar tо‘lovi; 
hisobvarag‘idan kо‘chirmalar. 
SWIFTning asosiy vazifasi -har qanday bank ma’lumotlari va moli-
yaviy ma’lumotlarni hisob-kitob texnika vositalari orqali tezda uzatish 


50 
hisoblanadi. 70-yillardan boshlab SWIFT tizimida ma’lumotlar va 
manzillar standart formatlarin tashkil qilina boshlandi. SWIFT orqali 
kompyuterlar bank va moliya xabarlarini 7 ta kategoriyaga bо‘lib 
kо‘rsatadi. Ular esa о‘zida 70 xil turdagi ma’lumotlarni jamlagan. Har bir 
tip bank, va moliya muarsasalari talab, qiladigan elementlarning barchasini 
tо‘liq va aniq beradi. 
2. Zamonaviy texnologaya va talablar SWIFT tarmog‘ini zamona-
viylashni muvofiqdashtiradi. Natijada arxitekturasi tо‘rtga darajadan iborat 
yangi - SWIFT-P yaratildi: 
Abonentning 
kirish 
nuqtasi 
hisoblanmish 
foydalanuvchining 
terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT); 
mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi 
xa^arlarni uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar tо‘g‘riligini 
tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik haqidagi 
tasdiqni uzatishdan iborat. RR abonentlarni ularga berilgan kodlar 
bо‘yicha taniydi; 
marshrutlovchi (guruhli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni 
marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish 
haqidagi hotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga 
asoslangan arxivni olib boradi va ularning elektron nusxasini maxsus 
ma’lumotlar bazasida saqlanishini boshqaradi; 
tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va 
nazorat qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha 
operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori mо‘ljallangan. 
SWIFT ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalashni ta’minlaydi. 
SWIFTning asosiy talabi - terminallarni ulash tartibidir. Tizim har bir 
foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli 
xabarlar nazoratini tashkil etish asosida har bir ulangan terminalni 
aniqyaashi (tanishi) ksrak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida 
shifrlanadi. Qurilmada modul bо‘lib u tasodifiy sonlar generatoridan 
foydalangan holda shifrlovchi kalitni hosil qiladi. 
Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu – 
kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlan-
gandan sо‘ng u tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT 


51 
termiialiga mikroprotsessor karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni 
xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement – USE) ishlab chiqadi. 
Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda 
(shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar 
formati tizimiga kiritish tartibi notо‘g‘ri bо‘lsa va hokazo) terminal 
avtomatik ravishda о‘chadi, maxsus faylda bu hol qayd etiladi. Shu orqali 
past sifatli liniya aniqlanadi. 
Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavsizligani 
ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora hisoblanadi. Bundan tashqari 
tizimda tez-tez tо‘xtab qolipadan himoyalash uchun axborotlarni zaxira 
nusxalab 
qо‘yish 
hisobga 
olingan. 
SWIFT 
tizimining 
barcha 
imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys 
mavjud. Bugungi qunda SWIFT tarmog‘i uchun terminal komplekslarni 
taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari 
uchun platforma ishlab chiqaruvchilari о‘rtasida Digital Eguipment (VAX 
va Alpha tizimi), IBM (PS/2? S370, RS/6000), Hewlett Packard (Apollo 
9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli 
kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugunga kunda SWIFT 
terminal komplekslar bozorida Diqital va IBM nisbatan mashhur sanaladi. 
Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul 
bozori, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat 
kо‘rsatish, xalqaro tо‘lovlarni amalga oshirish kabi muhim moliyaviy 
faoliyat sohalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta’minlaydi. 
Vosita va xizmat haqi yuqori bо‘lishiga qaramasdan SWIFT tarmog‘i 
abonentlari soni kо‘payib bormoqda. Bu hol SWIFTjamiyatiga kelgusida 
moliya faoliyatining boshqa sohalarini qamrab olgan holda tarmoqni 
yanada kengaytirish imkonini beradi. 
3. 1) Tarmoq axborotlarni uzatishda fizik-texnikaviy, tashkiliy 
usullar orqali tо‘liq xavfsizlikni ta’minlaydi. 
2) Axborotlarning uzatishning ishonchliligi mavjud. 
3) Aloqalar arzon narxda. 
4) Jahonning istalgan nuqtasidan axborot tez uzatish imkoniyati 
mavjud, axborotlar uzatish imkoniyati 20 minutni tashkil etadi. 


52 
Axborotlarning zaruriyatiga qarab bu muddat 1,5 minutni tashkil 
etish mumkin. Barcha tо‘lov hujjatlari bir andozada bо‘ladi. 
5) SWIFT о‘z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani 
kafolatlaydi. 
SWIFTga a’zo bо‘lish moliyaviy korxonaga 160 dan 200 ming dol-
largacha. SWIFT tarmog‘ining eng katta kamchiligi uning qimmatligidir. 
Hozirgi kunda SWIFT tarmog‘iga 105 ta davlat a’zo bо‘lib, 
shulardan
280 00 moliyaviy korxonalar va banklar a’zo bо‘lishgan. SWIFT tarmog‘i 
aktsionerlik jamiyati hisoblanadi. 
SWIFTning yana bir kamchiligi ikki tashkilotni juda murakkab 
texnik tizimga tobeligi va shu bilan bog‘liq texnik muammolar va ishdan 
chiqishlari kamchiligidir. 
SWIFT 
hisoblash 
markazlarida 
xavfsizlikni 
ta’minlovchi 
dasturlardan tashqari, an’anaviy tо‘lov tizimlaridan farqi о‘laroq tizimini 
maxsus choralar joylashtirilgan: 
- sessiyaning boshlanishi va oxirida tizim terminalidan foydalanishni 
tekshirish; 
- hamma kirish va chiqish ma’lumotlarni avtomatik raqamlash, 
raqamlash tarkibi tizimining о‘zi bilan nazoratlanadi; 
- individual kalitlarga qarab ikki bank orasida avtomatik ma’lumot 
almashinish; 
- qabul qiluvchi - bank tomonida axborotlarni avtomatik tekshirish. 
SWIFT aloqa liniyalari va operatsion markazlarini ruhsatsiz tashrif-
lardan muhofaza qilish maxsus kodirovka qilish moslamalari (tasodifiy 
sonlar generatori tomoyilida) tomonidan ta’minlanadi. 
4. SWIFTning asosiy yо‘nalishi moliyaviy axborotlarni bir tizimga, 
tizimga keltirishdir. 
Xabarlarni chop etuvchi standart mashinalarning formati shunday 
tashkil qilinganki, u har bir davlat bankining milliy xususiyatlariga bog‘liq 
bо‘lmaydi, bu axborot tizimini SWIFT tarmog‘ida axborot tarqatish uchun 
ishlatish mumkin. 
SWIFT andozasi moliyaviy xabarlar uchun andoza bо‘lib, bu andoza 
asosida bir nechta davlatlar о‘ziga xos tizimlarni ishlab chiqqan. Masalan: 


53 
Angliya Chaps, Frantsiya Sagritter. Mashina о‘quvchi tizimlarning formati 
axborotlarni yuborish holati ustidagi nazoratni engillashtiradi. Hamda 
tasodifiy xatolar bо‘lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, tо‘g‘ri natijaga 
kelgan axborotni о‘tkazish tizimsi faoliyatini kо‘taradi. Axborotni 
tayyorlash va qayta ishlash faoliyati tо‘liq avtomatlasha oladi, bu esa bank 
faoliyatining rentabelligini oshiradi. Hozirgi kunda 11 ta kategoriyadan 
foydalaniladi. Bu kategoriyalar о‘z ichiga 130-turli xabarlarni oladi va ular 
moliyaviy operatsiyalarni tо‘liq bajarishni ta’minlaydi. Xabarlar qonunga 
kо‘ra, bir mijozdan ikkinchi mijozga о‘tadi, lekin tizimli xaqbar 
kategoriyasi mavjud bо‘lib, u ishlatuvchilarga tarmoqda birga ishlash 
imkonini beradi. Bu 0 kategoriyalardir. 
SWIFT xabarlarni himoya qilishni ta’minlaydi. Kommunikatsiya 
havfsizligi SWIFT xabarlarni shifrlash orqali himoya qiladi. Bu esa 
xabarlarni uchinchi shaxslar uchun yopiq qilib qо‘yadi. Xabarlar shunday 
shifrlangan bо‘ladiki, maxsus ruxsatnomasiz bu xabarlarni о‘qib 
bо‘lmaydi. 

Download 4,32 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish