3
K I R I SH
Bugungi kunda insoniyatni axborotlarni
ishlab chiqish va barcha
sohalarda foydalanishi bо‘yicha imkoniyatlarini kuchaytirish, zamonaviy
texnologiyalar bilan qurollantirish eng muhim vazifadir.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil
7 fevralda qabul qilingan “О‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-4947-sonli
Farmonida keltirilgan tegishli sohalar uchun zamonaviy axborot-
kommunikatsiya tex-nologiyalarini joriy etish
va samarali foydalanish
dolzarb masalalardan biri qilib qо‘yilgan.
Dunyo ta’lim tizimida talabalarning kasbiy kompetentligini kompyu-
terning dasturiy vositalaridan foydalanib shakllantirish va rivojlantirish,
mashg‘ulotlarda multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
keng kо‘lamda va ommaviy foydalanish masalalari tadqiq qilinmoqda.
Ish-lab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish,
iqtisodiyotni axborot-
kom-munikatsiya texnologiyalari yordamida rivojlantirish, boshqaruv
jarayoni-ga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, faoliyat sohalari
bо‘yicha talabalarga
innovatsion bilim berish, kasbiy kо‘nikma va
malakalarni doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa sifatida
belgilangan.
Jamiyatimiz uchun istalgan sohaning zamonaviy mutaхassislari,
jumladan pеdagog-о‘qituvchilar, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar,
bank va soliq tizimi хodimlari, ilmiy tadqiqotchilar va boshqalar
tеgishli
sohaning aхborot rеsurslaridan erkin va samarali foydalanishi:
axborotlarni olish, tо‘plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish uchun
kompyutеr, aхborot tеlеkommunikatsiya vositalari bо‘yicha tеgishli
bilimlarga, aхborotdan foydalanish madaniyatiga ega bо‘lishlari kеrak.
Buning uchun esa “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologi-
yalari” fanining prеdmеtini о‘rganish yotadi. Bu fan bevosita maktabdagi
“Informatika”, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida “Informatika va
axborot texnologiyalari” fanining uzviy davomi sifatida oliy о‘quv yurtla-
rida “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” hamda “Iqti-
4
sodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” deb nomlanib о‘qi-
tiladi.
Respublikamizda ta’lim jarayonini modernizatsiyalash maqsadida
Amerika Qо‘shma Shtatlari, Rossiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Xi-
toy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Latviya
davlatlarining nufuzli oliy
ta’lim muassasalari filiallari, qо‘shma fakultetlar, qо‘shma ta’lim markaz-
lari tashkil qilinmoqda, ularning moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Bu borada talabalarning kasbiy
kompetentligini oshirish, kelajakda о‘z
kasbining yetuk mutaxassislari bо‘lib yetishishi mamlakatimizda
ta’limning istiqbolli yо‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.
Yuqoridagi hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyo-
yevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “О‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi
PF-4947-sonli
Farmonida
keltirilgan
vazifalar
har
bir
soha
mutaxassislarini axboort-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
bilimlarni mukammal egallashlarini taqozo etadi.
Shundan kelib chiqib, mazkur fanning
asosiy maqsadi talabalarga
iqtisodiyot sohasida qо‘llaniladigan axborot komplekslari, buxgalteriya
hisobida axborot komplekslari va texnologiyalari, moliya sohasida axborot
komplekslari va texnologiyalari, elektron hukumat asoslari, elektron tijorat
texnologiyalari, axborot komplekslarida masofaviy ta’lim tizimi kabi
mavzularni chuqur о‘rgatish bо‘yicha nazariy bilimlar hamda tеgishli soha
masalalarini yеchish bо‘yicha amaliy foydalanish kо‘nikmalarini mukam-
mal shakllantirishdan iborat.
Ushbu fanni rivojlantirish bо‘yicha mamlakatimizda axborot-kom-
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va metodik asos-
lari
hamda elektron adabiyotlar, elektron axborot-ta’lim resurslari,
dasturiy qobiqlarni yaratish, ta’lim jarayonida qо‘llash imkoniyatlari
mamlakatimiz olimlari A.Abduqodirov, R.Boqiyev, U.Begimqulov,
S.S.G‘ulomov,
F.M.Zakirova,
B.B.Mо‘minov,
N.A.Kayumova,
5
M.H.Lutfillayev, M.E.Mamarajabov, N.I.Tayloqov, D.Toshtemirov,
S.Q.Tursunov,
A.Hayi-tov,
T.Shoymardonov,
U.Yuldashev
va
boshqalarning tadqiqot ishlarida о‘z aksini topgan. Mustaqil Hamdо‘stlik
Mamlakatlarida
axborot
texnologiyalarini
о‘rganish
bо‘yicha
M.V.Goryainov,
L.P.Grishchenko,
T.A.Dyujeva,
M.A.Ivanova,
YE.I.Mashbits, O.S.Stepanova ilmiy tadqi-qotlar olib borgan,
Xorijlik
olimlar:
B.K.Atrostic,
S.V.Nguyen,
E.Brynjol-fsson,
A.Mcafee,
D.H.Autor, D.Dorn, C.B.Frey, M.A.Osborne, L.E.Var-shavskii va
boshqalar о‘z ilmiy ishlarida axborot iqtisodiyoti va ishlab chi-qarishni
avtomatlashtirish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yoritgan.
Ushbu о‘quv qо‘llanma bilan tanishib chiqayotganligingizdan xur-
sandmiz. Qо‘llanma haqidagi fikr va mulohazalarni hamda unda mavjud
kamchiliklarni specialist0202@mail.ru e-mailiga yuborishingizni sо‘-
raymiz.