I-BOB. IQTISODIYOT SOHASIDA QО‘LLANILADIGAN




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

6 
I-BOB. IQTISODIYOT SOHASIDA QО‘LLANILADIGAN 
AXBOROT KOMPLEKSLARI 
1.1. Bank faoliyatida axborot komplekslari va texnologiyalari 
Bank tizimining modullari va ular о‘rtasidagi hisob-kitobni 
avtomatlashtirish. 
ABTning iste’mol (vazifaviy) xususiyatlarini kengayishi 
mamlakatimiz bank ishini rivojlanishining xususiyatlari bilan bog‘liq. 
Agar bank xizmatlarining u yoki bu turlariga о‘sib boruvchi sо‘rovlari 
ommaviy xarakterga ega bо‘lsa, unda ABT bozorida bank texnolo-
giyalarining yangi sinflari paydo bо‘ladi. 
ABT о‘z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bо‘yicha 
mijozlarga tez va sifatli xizmat kо‘rsatishga imkon beradi. 
Tizimning asosiy xizmat modullari quyidagilarni amalga oshiradi: 
— 
yuridik shaxslarga hisoblash kassa xizmatini kо‘rsatish; 
— 
bank korrespondentlari schyotlari bо‘yicha xizmat kо‘rsatish; 
— 
kredit, depozit, valuta operatsiyalari; 
— 
jismoniy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular 
bо‘yicha operatsiyalar; 
— 
fond operatsiyalari; 
— 
plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar; 
— 
buxgalteriya vazifalari; 
— 
tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqa- 
lar. 
Oxirgi 
(tо‘rtinchi) 
avlod ABT «mijoz — server» 
arxitekturasi-dagi tarmoqli texnologayalarga suyanadi. Keyingi 
vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va biznesni boshqarishning 
maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy xavf-xatarni 
nazorat 
qilishda, 
resurslarni 
boshqarishda, 
operatsiyalarning 
foydaliligini, ya’ni bank xizmati- (mahsuloti)ning mijoz va 
bо‘linmalar daromadini tahlil qilishga imkon beruvchi tizimlar 
hozircha yо‘q. Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan 
kundalik faoliyatda foydalanish zarurligiga olib keladi. 


7 
«Inkomservis» firmasi misolida ABT asosiy vazifaviy 
tizimcha-larining qisqacha imkoniyatlari ustida tо‘xtaymiz. 
Bankning operatsiya kuni dasturiy-texnologik majmua sifatida 
bank hisobining eng kо‘p mehnattalab operatsiyalarini avtomatlash-
tiradi (1- rasm). Mijozlarning shaxsiy schyotlari bо‘yicha barcha 
operatsiyalar tо‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy 
schyotdan olingan kо‘chirma esa har biri buxgalteriya yozuvlarini 
aks ettiradi. Majmua shaxsiy schyotlar bо‘yicha (hujjatlarning 
rasmiylash-tirilgan buxgalteriya yozuvlari asosida) mablag‘larning 
haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi. Hujjatlar 
bundan keyingi nazorat operatsiyasidan о‘tadi. Barcha parametrlar 
mos kelganda hujjatlarning rо‘yxati tuziladi va hisoblash kassa 
markazi(HKM)ga jо‘natish uchun fayl sifatida shaklla ntiriladi. 
Korrespondentlik schyoti orqali о‘tgan hujjatlar schyotlar asosida 
tarqatiladi. 
Kassa hujjatlarining harakati о‘ziga xos xususiyatlarga ega, 
ulardan asosiysi bankning boshqa xizmatlari bilan aloqasidir. Bu 
xususiyat ichki buxgalteriya yozuvlari uchun hamxosdir. Bu tizimda 
bank shaxsiy schyotlarining katalogi va rejasi aks etadi. Bank 
mijoz-lariga katalogni olib borish, balans chiqarish kabi xizmat 
vazifalari serverda bajariladi. 
1-rasm. Operatsion kun modullarining tarkibi. 


8 
Filiallar faoliyatining hisobi bо‘yicha majmua ularning hi-
sobxonasi va boshqa bо‘limlaridagi ish joylarini avtomatlashtirishga 
mо‘ljallangan. 
«Bank filiallaridan» olingan axborotlarni yig‘ish, ishlab chi-
qish va tahlil qilish, ular о‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashti-
radi. Filial- lararo hamkorlik tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yoki bankning 
marka-ziy bо‘limi orqali tashkil qilinishi mumkin. Mazkur 
doiralardagi majmua valutali va sо‘mli kassa operatsiyalarini о‘z 
ichiga oladi. Filial bо‘yicha balansni ichki buxgaltetiya yozuvlari 
asosida hisoblab chiqadi, korrespondentlik munosabatlari asosida 
hisob-kitoblarni bajaradi. 
Shartnomali tizimchalar kreditli, depozitli, banklararo shartno-
malar bilan ishlaydi, valuta dilingini amalga oshiradi. Shartnoma 
matnini ishlab chiqarish, tanlangan andoza bо‘yicha ularning shartlari 
hamda maqomi о‘zgarganda mos matn va shartlarni kiritish, 
tо‘g‘riligini tekshirish mumkin. Shartnomalarning haqiqiy holati qarz 
berish va qaytarish, foizlar tо‘lanishi bо‘yicha buxgalteriya yozuv-
larini identifikatsiyalashni qо‘lda va avtomatlashtirilgan usulda 
bajarish yо‘li bilan qо‘llab-quvvatlanadi. Shartnomalar qayd daftarida 
esa joriy, tugallangan, muddati о‘tgan va tо‘lov muddati kelgan 
shartnomalarga oid ma’lumotlar aks ettiriladi. 
«Inkomservis» firmasining dasturiy-texnologik majmua depo-
zitariysi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
— 
mijoz rо‘yxatini ularning turlarini (investor, diler, emitent, 
depozitariy, ombor) aniqlash asosida shakllantirish; 
— 
qimmatbaho qog‘ozlarning turlari va chiqarilish miqdorini 
belgilash; 
— 
depozitariylar, balans schyotlari va mijozning kodi, qimmat-
baho qog‘ozning kodi, saqlash joyining kodini о‘z ichiga oluvchi 
depo schyotlarni shakllantirish; 
— 
qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish (hisobga 
qabul qilish va chiqarish, egasi va saqlash joyini almashtirish va 
boshqalar), depo schyotlar bо‘yicha kо‘chirmalarni tayyorlash; 
— 
operatsiyalarning kataloglarini olib borish, qimmatbaho 


9 
qog‘oz-lar, soliq va tariflarni joylashtirish, yakuniy hisobotlarni 
tayyorlash. 
Savdoni qо‘llab-quvvatlash tizimi sifatida «Inkomservis» 
firmasining «Birja operatsiyalari» dasturiy-texnologik majmuasini 
misol keltiramiz. Majmua valuta oldi-sotdisida kontraktlar va 
buyurt-malarni rо‘yxatga olish, shuningdek, valuta tо‘lovlari va 
kо‘rsatgich-larining 
tahlili, 
nazorati 
hamda 
savdolarning 
statistikasini avtomat-lashtiradi, hisobot hujjatlari shakllantiriladi. 
«Qisqa muddatli davlat obligatsiya bozoridagi operatsiyalar» 
majmuasi rо‘yxatga olishning mustaqil tizimi mavjud. Unda quyidagi 
asosiy vazifalar amalga oshiriladi: 
— 
diler banki, uning mijozlari, bank filiallari uchun ularning 
rekvizitlari, xizmat kо‘rsatish turlari, foizli stavkalari bilan depo 
schyotlarini ochish; 
— 
qimmatbaho qog‘ozlarning oldi-sotdisi, boshqa schyotlarga 
о‘tkazish, qisqa muddatli davlat obligatsiyalarida kо‘zda tutilgan 
soliqlarni hisoblab qо‘shish operatsiyalarining hisobi; 
— 
savdolar natijalari bо‘yicha qimmatbaho qog‘ozlar foizini 
qayta baholash, bank va uning mijozlari daromadlarining hisob-
kitobi; 
— 
buxgalteriya yozuvlari, operatsiyalar hisobining qayd daftari, 
schyotlar bо‘yicha kо‘chirmalar, yig‘ma hisobotlarni shakllantirish; 
— 
qimmatbaho qog‘ozlarning daromadliligini bir qator kо‘r- 
satkichlar bо‘yicha tahlil qilish. 
Fond texnologiyalarini avtomatlashtirish darajasi qimmatbaho 
qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlari va 
ehti-yojlari, bozorni rivojlanishini, uning huquqiy asoslari, xavf-
xatar da-rajasi, himoyalanganligi va samaradorligining ishonchi 
bilan belgi- lanadi. 
Mijozlarga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha ABTning eng keng tarqal-
gan tizimchalari quyidagilardir: «Mijoz — Bank», plastik kartalar bilan 
ishlash operatsiyalari. 
«Inkomservis» firmasining «Mijoz — Bank» dasturiy-texno-
logik majmuasi «bank» va «mijoz» modullaridan tashkil topgan, ular 


10 
bankdagi va mijozning tashkilotlaridagi kommunikatsion kompyuter-
ga о‘rnatiladi. Mijozga idoradan chiqmasdan turib andozaviy bank 
operatsiyalarini о‘tkazish imkoniyatlari beriladi. Majmua, asosan, 
tо‘lov hujjatlarini jо‘natish va qabul qilish, schyotlar, buyurtmalar, 
qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar asosida kо‘chirmalarni 
olish bо‘yicha va ma’lumotnomaviy materialga ega bо‘lish uchun 
о‘zaro hamkorlik vazifasini bajaradi. 
Plastik kartalardan foydalanish mijozlarga xizmat kо‘rsatish-
ning samarali shaklidir. Ular mamlakatimizdagi qisqa muddatli 
davlat obligatsiyasi ta’minlanishining turlari bо‘yicha debetli, 
kreditli, debet-kreditliga bо‘linadi. Bu bilan bir qator plastik kartalar 
asosida vazifalarni amalga oshirish hammumkin: magnitli kartalar, 
smart 
kartalar, 
lazerli 
kartalar, 
mikroprotsessorli 
kartalar. 
Mikroprot-sessorli kartalar bilan ishlash eng ilg‘or va qimmat 
texnologiya hisoblanadi. Savdo shoxobchalari tegishli dasturiy-
texnik vositalar (savdo terminallari) bilan jihozlanadi. 
Bankomatlar (avtomat-xazinachilar) bank xizmatlarining 
tarkibiy qismidir. Ular bank binosida va uning tashqarisida joylash-
gan bо‘lib, mijozlarga naqd pul berishga ixtisoslashgan. Bunday 
avtomatlardan foydalanish va mijozlarga xizmat kо‘rsatish 
elastikdir. Shu sababli, xizmatlar mijozlarga yaqinlashadi, vaqtli va 
masofaviy doiralar kengayadi, xodimlar soni qisqaradi. 
Bank tizimi xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasida samarali 
hisob- kitoblarni ta’minlashga qaratilgan. Hisob-kitoblarni katta qismi 
banklararo xarakterga ega va moliya-kredit idoralarining iqtisodiy 
aloqalari uchun xizmat qiladi. Banklararo hisob-kitoblar tashqi 
iqtisodiy aloqalarning har xil turlarini kuzatib boradi. Banklar 
о‘zaro shartnoma asosida, korrespondentlik munosabatlarini 
о‘rnatadi. Bunda bitta bank boshqa bankning topshirig‘iga binoan 
tо‘lovlar va hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi. 
Korrespondentlik munosabatlarning turlaridan biri tijorat 
bank- larining korrespondentlik schyotlarini о‘zaro ochish hisob-
kitoblaridan iborat. Ular, asosan, О‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining mintaqaviy muassasalari — hisoblash-kassa 


11 
markazlari (HKM), viloyat bosh boshqarmalari(VBB)dir. Mohiyati 
bо‘yicha HKMtо‘lov tizimining elementi bо‘lib, Markaziy bankning 
bо‘lin-masi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi pullarni о‘tkazishdir. 
Bosh-qacha qilib aytganda, HKMtijorat banklari о‘rtasidagi 
tо‘lovlar va kreditlarning vositachisi bо‘lib xizmat qiladi. 
Bank ishini Markaziy Bank HKMdagi korschyotlar orqali 
tashkil qilishning usuli asosida barcha banklarni ikki katta guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh-bu tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hisoblashlar 
(minta-qaviy, jadallashtirilgan) deb nomlangan texnologiyalardan 
foydalanuvchi banklar. 
Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri hisoblashlar texnologiyasi hisob-kitoblar-
ning ishtirokchi banklari о‘rtasidagi tо‘lovlarni bir operatsiya kuni 
davomida о‘tishni ta’minlashga imkon beradi. Bankka elektron 
kо‘rinishda kelib tushuvchi barcha tо‘lovlar kuniga bir necha marta 
uzatiladi. Bu bankning moliyaviy mablag‘lardan samaraliroq foyda-
lanishga imkon beradi. Mintaqalararo hisob-kitoblar bir guruh 
banklarning 
korschyotlari 
bо‘yicha 
buxgalteriya 
yozuvlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi guruh- «Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri» 
hisob-kitob-lar texnologiyalaridan foyda- lanmaydigan va faqat 
korrespondent schyoti orqali ishlovchi banklardan iborat. Bank 
tomonidan korschyot bо‘yicha ishlash usulini tanlanishi, asosan, 
banklarga mintaqaviy hisoblash markazlari tomonidan beriladigan 
imkoniyatlar bilan belgilanadi. Bunda bank u yoki bu usulning 
barcha afzalliklari va kamchiliklarini hisobga oladi. 
Mamlakatimizda banklararo hisob-kitoblarni kompleks avto-
matlashtirish muammosi, bugungi kunning dolzarb vazifasi hisob-
lanadi. Bu, birinchi navbatda tо‘lov hujjatlarini yuqori tabaqalar 
bо‘yicha о‘tishini jadallashtirish bilan bog‘liq. Mulohaza qilingan 
va asosiysi avtomatlashtirishning amalga oshirilgan tamoyili yо‘lda 
bо‘lgan paytda hech hamfoydalanilmaydigan pullarning katta 
miqdorini ozod qilishga imkon beradi. 
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul 
mablag‘larini о‘tkazishning elektron tizimlari asosida axborotlarni 
hisobga olish va ishlab chiqishning yangi algoritmlarini qо‘llash 


12 
bilan shakllantirish bо‘yicha tadbirlar qо‘llanilmoqda. 
Banklar о‘rtasidagi tо‘g‘ridan tо‘g‘ri korrespondentlik muno-
sabatlariga о‘tish eng qulay yо‘l bо‘lib, bunda har bir tо‘lov hujjati 
jо‘natuvchi bankdan oluvchi bankka AATEX imkoniyatlaridan 
foydalanib uzatiladi. Bunday tizimni tatbiq etish transport 
bosqichini 
banklarda 
faoliyat 
yuritayotgan 
turli-tuman 
avtomatlashtirilgan jarayonlarni bir-biri bilan birlashtirilishini 
kо‘zda tutadi. 
Avtomatlashtirilgan bank hisob-kitoblarini ishlab chiquvchi 
firmalar (mazkur tizimni) tо‘la ishga tushirish uchun katta ishlarni 
boshlab yuborishgan. Ammo, kо‘p narsa bankning о‘ziga bog‘liq, 
chunki har qanday tizimhammijoz uchun ishlab chiqiladi. Bank 
hisob-lashlarini 
avtomatlashtirish 
uning 
faoliyati 
va 
raqobatbardoshligining zaruriy shartidir. Buni banklarning kо‘pgina 
rahbarlari tushunadilar. Ammo, ayni paytda mavjud bо‘lgan bank 
faoliyatining barcha turlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy 
ta’minlanishning turli-tumanligida ularni unifikatsiyalash va yangi 
dasturiy mahsulotlar uchun yagona andozalarni yaratib bо‘linganini 
birlashtirish bо‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish muammosi vujudga 
keladi. 
Ishlab chiquvchi firmalar har xil, ularning dasturlari 
о‘rtasidagi ishonchli va qulay birlashtirilishini ta’minlash juda 
muhimdir. 
Bank tizimlarini ishlab chiquvchi yetakchi firmalar har xil 
bank tizimlari о‘rtasida ma’lumot almashinuvi uchun yagona 
formatni ishlab chiqqanlar. Ammo kо‘pgina ishlab turgan turli bank 
tizimlarini birlashtirish muammosining murakkabligi shundaki, 
tatbiq etish uchun bir necha loyihalar taklif qilinmoqda. 
Hozircha о‘z tizimlarini kо‘paytiruvchi firmalar ularni 
birlash-tirish muammolari ustida mehnat qilayotgan bо‘lsalar ham, 
mamla-katimizda 
mantiq 
bо‘yicha 
kliringni 
eslatuvchi 
korrespondentlik schyotlarining markazlari paydo bо‘lmoqda. Bu 
yirik tijorat bankla-rining kliring tizimlari va banklararo hisob-
kitoblar 
palatalaridir. 
Xususan, 
axborotlarni 
kriptografik 


13 
shifrlashning algoritmlarini (shu jumladan, elektron imzoni) 
qо‘llash hisobiga tо‘lov hujjatlarini ishlab chiqishning qog‘ozsiz 
texnologiyalardan foydalanish misollari mavjud. Ular mohiyati 
bо‘yicha bо‘limlar va filiallar uchun kliring markazlari hisoblanadi. 
Barcha 
kо‘rsatilgan 
banklar 
avtomatlash-tirilgan 
tizimlarda 
ishlaydilar. 
Kliring markazlari va hisob-kitob palatalarining afzalligi shundan 
iboratki, ular tijorat banklariga (о‘z ta’sischilariga) bog‘liqlik tamoyili 
asosida quriladi. Shuningdek, keyingi hisob-kitob ishtirokchilari 
oldida yuridik va iqtisodiy javobgarlikni о‘z zimmasiga olishadi. 
Bundan tash-qari, kliring markazlarini tajribadan о‘tkazish bilan bо‘sh 
sarmoya-larning markazlashtirilgan bozorini shakllantirish sodir 
bо‘lmoqda. 

Download 4,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  I-BOB. IQTISODIYOT SOHASIDA QО‘LLANILADIGAN

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish