Ахborot teхnologiyalari va ularning turlari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

Ахborot teхnologiyalari va ularning turlari 
Тexnologiya sо‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, 
malaka ma’nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya deganda ma’lum 
kerakli material mahsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va 
vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya 
ob’ektining dastlabki, boshlang‘ich xolatini uzgartirib, yangi, oldindan 


36 
belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan 
turli texnolo-giyalar orkali katik, tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut 
mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida 
axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot 
mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» 
tushunchasining ma’nosi saqlanib qolina-di. Faqat unga «axborot» sо‘zini 
qо‘shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy 
mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. 
Тexnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Тexnologiya — bu 
sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. 
Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratil-
gan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning 
samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning 
tarkibi, tuzilishi va shaklini о‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta 
ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Shuning 
uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin. 
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir kо‘rinishdan ik-
kinchi, sifat jixatidan yangi kо‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta 
ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish 
jarayoni-dir. 
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning 
talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot 
texnologi-yasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun 
zarur bо‘lgan, uni taxlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bо‘lgan 
yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Тurli texnologiyalarni qо‘llab, 
bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Хuddi shu 
narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: 
matematika-dan nazorat ishini bajarganda xar bir о‘quvchi boshlang‘ich 
axborotni qayta ishlash uchun uzining bilimini qо‘llaydi. Masalaning 
yechimi bо‘lgan yangi axborot mahsuloti, о‘quvchi tanlay olgan masalani 
yechish texnologiyasi, usuliga bog‘lik. 
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar 
va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining 
«uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va 


37 
boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, о‘zgartiri-
ladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kom-
pyuter tarmoqlari keng qо‘llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyu-
terlar va kompyuter tarmoqlarining qо‘llanishiga urg‘u berish maqsadida 
kо‘pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya xaqida gapirishadi. 
Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bо‘lgan axborot 
tizimlari bilan bevosita bog‘likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot 
tizimlarida mavjud bо‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil 
murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat 
bо‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona 
foydalanishning eng muxim usullaridan biri bо‘lib, xozirgi vaqtga qadar 
bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib о‘tdi. 
Ana shu bosqichlarga qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz. 
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu 
bosqichda «Qо‘llik» axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: 
pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga 
yoki pochta orkali xat vositasida amalga oshirilgan. 
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj top-
gan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan 
iborat. 
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bо‘lib, «Elektromexanik» 
texnologiyalar bilan fark kiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va 
telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining 
maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan
uning mazmunini shakllantirishga kuchirildi. 
4-bosqich. XX asr urtalariga tug‘ri kelib, «Elektron» texnologiyalar 
qо‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi 
EUMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 
5-bosqich. XX asr oxiriga tug‘ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter» 
texnologiyalari tarakkiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
muljallangan dasturiy vositalarga ega bо‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu 
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshka soxalarga muljallangan 


38 
texnik vositalarning uzgarishi ruy berdi. Lokal va global kompyuter 
tarmoqlari ishlatila boshlandi. 

Download 4,32 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ахborot teхnologiyalari va ularning turlari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish