40
- mijozlar va ta’minotchilar bilan muzokara olib borish va
xokazolarda.
Bank soxasi
Bank tizimi о‘zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng
foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:
- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli
ma’lumotlarni olish,
balansni tekshirish, xisobni tо‘lash imkoniyatini
yaratish;
- mijozlarga xizmat kо‘rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni
yо‘lga qо‘yish va boshqalar.
Robototexnika soxasi
Ma’lumki, «robot» sо‘zi bizning tilimizga
ilmiy fantastikadan kirib
kelgan. Birinchi bor bu sо‘zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yo-
zuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldin-
roq ham ma’lum edi. О‘rta asrlarda inson iste’dodlariga ega bо‘lgan
musika-chi-qо‘g‘irchok yoki rassom-qо‘g‘irchoklar paydo bо‘lganligi
ma’lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og‘ir va zararli mehnatdan
ozod etadigan robotlar paydo bо‘ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bо‘lmasa-da, kо‘plab funksiyalarni
(ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto Uzbekiston —
Koreya qо‘shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar
keng qо‘llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, pо‘lat
quyish
sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qо‘llanilmoqda.
Ro-botlarni yaratish bilan shu Qо‘llanadigan texnikaning maxsus
shoxobchasi — robototexnika paydo bо‘ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir.
Manipulyatorlar — uta sezgir va kuchli mexanik qо‘ldir.
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni
kompyuter robotning
«miyasi»dir, ular telekameralar orqali «kо‘rib», mikrofonlar yordamida
«eshitadilar», ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi»
о‘rgani vazifasini о‘taydi.