31
moliya muassasalariga tashrifini kamaytirish
va masofaviy bank
kanallaridan, shu jumladan internet-banking, tijorat banklarining mobil
ilovalari, bankomat-lar, bankning avtomatlashtirilgan depozit mashinalari
va avtomatlash-tirilgan ayirboshlash bankomatlaridan foydalanish yо‘lga
qо‘yilmoqda.
Tijorat banklarining mobil ilovalari
orqali Siz bank filialiga
bormasdan turib:
- onlayn mikroqarzlar rasmiylashtirishingiz;
- kommunal va boshqa xizmatlar uchun tо‘lovlarni amalga
oshirishingiz;
- har qanday banklarning kreditlari bо‘yicha qarzdorliklarni
qaytarishingiz;
- Xalqaro tо‘lov tizimlari (Visa/UnionPay) kartalarini ochishga
buyurtma berishingiz;
- xorijiy valyutalarni onlayn sotib olishingiz va sotishingiz;
- xalqaro pul о‘tkazmalarini masofadan turib bank kartalariga qabul
qilishingiz;
- banklarning istalgan kartalariga pul о‘tkazishingiz;
- ortiqcha pul mablag‘larni omonatga qо‘yishingiz
va ularni yechib
olishingiz mumkin.
Hozirda viloyatimizda 408 ta bankomat (“Humo” tizimida 216 ta,
“Uzkard” tizimida 192 ta) va 61 ta avtomatlashtirilgan ayirboshlash
bankomatlari ishlamoqda. Tijorat banklari kassalarida yetarli miqdorda
naqd pul zaxiralari mavjud bо‘lib, uzluksiz ravishda bankomatlar naqd pul
mablag‘lari bilan ta’minlanmoqda.
“Humo” tо‘lov tizimida ishlovchi terminallar va bank kartalari orqali
50 000 sо‘mgacha bо‘lgan xaridlar uchun tо‘lovlarni kontaktsiz
(kartochkani qо‘ldan-qо‘lga bermagan holda, pin kodni termasdan amalga
oshirish) imkoni mavjud.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti naqd pullardan foydalanish virus
tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bо‘lishi
mumkinligi haqidagi
ma’lumotiga kо‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida virusning naqd pullar
orqali insondan insonga yuqishining oldini olish maqsadida Markaziy bank
tomonidan joriy yilning 24 martidan barcha bank muassasalari bank
32
kassalariga kelib tushgan naqd pullar qayta sanalib, multivak apparati
yordamida о‘rab-bog‘langandan sо‘ng kamida
bir hafta muddatda pul
omborxonalarida alohida saqlangandan sо‘ng chiqim qilish yuzasidan
kо‘rsatma berilgan. Hozirda Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi
va tijorat banklari filiallarida mazkur talab ijrosi bо‘yicha zaruriy chora-
tadbirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, kreditlarni qaytarish muddatlari grafiklarini kechiktirish
bо‘yicha ham muayyan ishlar tashkil etildi. Xususan, koronavirus
pandemiyasi holatlari ustuvor ravishda salbiy ta’sir qilayotgan sohalar,
jumladan mehmonxona va turizm xizmati, transport, xususiy ta’lim, sport,
kо‘ngilochar maskanlar va maishiy xizmatlar kо‘rsatish, umumiy ovqatla-
nish, faoliyati eksport-import bilan bog‘liq bо‘lgan
ishlab chiqarish
sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga grafik bо‘yicha qarzdorliklari
muddatini uzaytirish (restrukturizatsiya) bо‘yicha amaliy chora-tadbirlar
olib borilmoqda.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan barcha kredit tashkilotlariga
2020 yil 1 oktyabrga qadar:
- joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan
qarzdor - jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
murojaatla-riga asosan real daromadlari
va imkoniyatlari hamda
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etish muddatlaridan kelib
chiqib, kredit bо‘yicha tо‘lovlarini qaytarish yuzasidan imtiyozli davr
berish masalasini kо‘rib chiqish;
- jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddati
о‘tgan qarzdorliklari kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qо‘llamaslik
hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik borasida tavsiyalar berildi.
(Shu о‘rinda qarzdorliklarning faqat tо‘lov muddati ma’lum
muddatga kechiktirilayotganligiga urg‘u berib о‘tmoqchimiz. Ya’ni,
qarzdorliklardan voz kechilmaydi, foizlar hisoblash tо‘xtatilmaydi).