Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

Nazorat savollari: 
1. Bank sohasida «mijoz — server» texnologiyasini qо‘llashning 
asosiy maqsadi nima? 
2. Bank axborotlarini «on-line» va «off-line» usullarida uzatish 
nimalardan iborat? 
3. Bank tizimi modullari va ular orasidagi hisob-kitoblarni 


25 
avtomatlashtirish nimalardan iborat? 
4. Bank axborotlarini himoyalashning qanday usullarini bilasiz? 
1.4. IABS-integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi. 
Avtomatlashtirilgan bank tizimi va Moliya Vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi 
о‘rtasida elektron ma’lumot almashuv tizimi sinovdan о‘tazildi va 
amaliyotga joriy qilindi.
Bankning Integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi (IABS) 
dasturida “Pensiya” dasturiy majmuasidan yuborilgan “elektron qaydno-
ma”larni qabul qilish va qayta ishlash avtomatlashtirildi. Ushbu tizim 
orqali plastik kartochkalar hisobvaraqlariga о‘tkaziladigan pensiya va 
ijtimoiy nafaqalar shifrlangan fayl shaklida bankka yuboriladi va bankda 
xodim aralashuvisiz avtomat ravishda qayta ishlanadi. Bu pensiya va 
ijtimoiy nafaqalarni eng qisqa muddatlarda plastik kartochkalar 
hisobvaraqlariga о‘tkazilishini ta’minlash bilan birgalikda, ularni о‘tkazish 
jarayonida xatoliklarga yо‘l qо‘yilishini oldini oladi. 
Ta’kidlash joizki, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 
О‘zbekis-ton Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi «Bank 
plastik 
kartochkalaridan 
foydalangan 
holda 
hisob-kitob 
tizimini 
rivojlantirishni rag‘batlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar 
tо‘g‘risida»gi 1325-sonli qarorini bajarilishini ta’minlash maqsadida bir 
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muomaladagi bank 
plastik kartochkalari-ning umumiy soni 430 000 tadan oshdi. Bank 
xizmati, savdo va pullik xizmat kо‘rsatish ob’ektlarida о‘rnatilgan 
terminallar soni 8727 tani tashkil etdi. Ushbu savdo va xizmat kо‘rsatish 
ob’ektlariga о‘rnatilgan terminallar orqali 2015 yilning о‘tgan davri 
davomida 1,2 trln. sо‘mlik tranzaksiyalar amalga oshirildi. Joriy yilda 
bank tomonidan mijozlarga 80 000 dona plastik kartochkalar va 1450 
dona terminallar etkazib berildi. Ushbu tizimini yanada kengaytirish 
maqsadida reja ishlab chiqilgan bо‘lib, unga kо‘ra joriy yil oxirigacha 
2500 dona terminallar, 250 000 dona plastik kartochkalar, 100 dona 
infokiosk va bankomatlar keltirish va joylashtirish rejalashtirilgan. 
Bugungi kunda, bankning “UZKART-EMV” tо‘lov tizimidagi faoli-
yatini yanada takomlashtirish, terminallar tarmog‘ini kengaytirish, “on-


26 
line” rejimida ishlovchi “Smart-vista” kartochkalarini muomalaga kiritili-
shini jadallashtirish, ular orqali xizmat kо‘rsatish sifatini oshirish 
maqsadida doimiy ish olib borilmoqda. Jumladan, bank plastik 
kartochkalaridan foydalanuvchilari «SMS-banking», «Internet-banking» 
kabi xizmatlaridan foydalanib kelmoqdalar. 

Download 4,32 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish