“Internet banking”, “Online banking”, “Mobul banking” va




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

 
1.6. “Internet banking”, “Online banking”, “Mobul banking” va 
“SMS banking” dasturiy tizimlarini ishlash texnologiyasi 
О‘zbekistondagi 6 ta bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarz 
berishni yо‘lga qо‘ygan. Bu kreditni olish uchun bankga hech qanday 
hujjat topshirilmaydi. 
"Bank va Mijoz" telegram kanalining yozishicha, ushbu xizmatdan 
asosan bankning mijozlari (ish haqi loyihasi bо‘yicha bankda karta och-
ganlar) foydalanishi mumkin. Qarz oluvchilar bank ofislarida identifikatsi-
yadan о‘tgan bо‘lishlari lozim. 
Ipoteka-bank: 

mikroqarz miqdori – 22,3 mln.sо‘mgacha (qarz oluvchi о‘rtacha 
oylik daromadining 3 baravarigacha); 

muddati – 12 oygacha; 

foizi – yillik 32 %. 
Ipak yо‘li bank: 

mikroqarz miqdori – 20 mln.sо‘mgacha; 

muddati – 12 oygacha; 

foizi – yillik 39,9 %. 
Sanoatqurilish bank: 

mikroqarz miqdori – 22,3 mln.sо‘mgacha (qarz oluvchi о‘rtacha 
oylik daromadining 3 baravarigacha); 

muddati – 12 oygacha; 

foizi – yillik 31,9 %. 
Agro bank: 

mikroqarz miqdori – 2 mln.sо‘mgacha, kafillik bilan 5 
mln.sо‘mgacha; 

muddati – 12 oygacha; 


28 

foizi – yillik 36%. 
Turon bank: 

mikroqarz miqdori – 2,2 mln.sо‘mgacha; 

muddati – 3 oygacha; 

foizi – yillik 36%. 
Aloqabank: 

mikroqarz miqdori – 2,2 mln.sо‘mgacha; 

muddati – 1 oy; 

foizi – kunlik 0,3%. 
“Ipoteka bank” mobil ilovasi orqali “Onlayn mikroqarz” ajratish va 
sо‘ndirish shartlari. 
1. «Onlayn mikroqarz» milliy valyutada, ochiq kredit liniyasiz, 
naqdsiz shaklda, mijozning kredit xisobraqamidan faqat uning Ipoteka-
bank oylik maoshi plastik kartasiga о‘tkazib beriladi (agar oylik 
kartalaridan bir nechta bо‘lsa, unda «Onlayn mikroqarz» mijoz tanlagan 
kartalaridan biriga о‘tkaziladi); 
2. Ipoteka-bank «Onlayn mikroqarz»ni mijoz tomonidan oferta shart-
nomasi tasdiqlangan kunidan boshlab, keyingi ish kunidan kechikmasdan 
taqdim etadi; 
3. «Onlayn mikroqarz» summasi: Maksimal summa – kredit olish 
uchun buyurtmanoma berilgan murojaat kunida, bank plastik kartasiga о‘t-
kazilgan oxirgi 6 oylik о‘rtacha oylik ish haqining 3 barobari 
miqdorigacha, 22 300 000 sо‘mdan oshmasligi lozim. Minimal miqdori 
200,0 ming sо‘m. «Onlayn mikroqarz» muddati: minimal 3 oy, maksimal 
12 oygacha; 


29 
4. «Onlayn mikroqarz» yillik foiz stavkasi 23% tashkil qiladi. 
Muddati о‘tgan mikroqarz bо‘yicha qarz oluvchi baland foizlarda 34,5% 
miqdorida muddati о‘tkazib yuborilgan tо‘lovni amalga oshiradi; 
5. Mikroqarzni sо‘ndirish grafigi va foizlar xisoblanishi annuitet 
metodi bо‘yicha amalga oshiriladi;
6. «Onlayn mikroqarz» olish uchun, oylik plastik karta bankda 6 
oydan kam bо‘lmagan vaqt davomida ishlagan va oxirgi 6 oyda ish xaqi 
о‘tkazilgan bо‘lishi kerak; 
7. Jami miqdori 22 300 000 sо‘m doirasida, uch martagacha «Onlayn 
mikroqarz» berilishi mumkin; 
8. «Onlayn mikroqarz», kreditlarida muammolari mavjud bо‘lgan 
mijozlarga ajratilmaydi. Ohirgi bir yil davomida 30 kundan ortiq muddati 
о‘tgan qarzdorlikka yо‘l qо‘ygan mijozlarga «Onlayn mikroqarz» ajratil-
maydi; 
9. Mijozning kredit bо‘yicha о‘rtacha bir oylik qarz yuki о‘rtacha bir 
oylik ish xaqiga nisbatan 50% dan oshgan hollarda «Onlayn mikroqarz» 
ajratilmaydi;
10. Foiz va asosiy qarzni sо‘ndirish maxsus karta xisobraqamiga 
kelib tushayotgan pul mablag‘lari xisobidan yoki bank tomonidan 
mijozning roziligisiz, akseptsiz boshqa barcha bank plastik karta 
xisobvaraqlaridan mijoz tomonidan tasdiqlangan ofertaga muvofiq (SV 
Gate sistemasi orqali) yechib olinadi. Shuningdek, mijoz mikroqarz 
foizlari va asosiy qarzini muddatidan oldin va qisman sо‘ndirish huquqiga 
ega;
11. Mikroqarz foizlari va ular bо‘yicha kelib chiqqan muddati о‘tib 
ketgan qarzdorlik hosil bо‘lganda, qarzdor bankka muddati о‘tgan 
tо‘lovdan kunlik 0,1% foiz miqdorida, lekin 50% foizdan oshmagan 
miqdorda penya tо‘laydi;
12. Mijoz mikroqarz xizmatidan tо‘liq yoki qisman foydalanmaslik 
tо‘g‘risidagi qarori bо‘yicha Bankni 3 (uch) bank ishi kunidan kam 
bо‘lmagan muddatda oldindan xabardor etishi lozim; 
13. Qarzdor mikroqarz shartlarini bajarganda va kredit muddati 
tugaganidan keyin «Onlayn mikroqarz» bilan bog‘liq barcha bank 
xisobraqamlari yopiladi; 



Download 4,32 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Internet banking”, “Online banking”, “Mobul banking” va

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish