Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

Buxgalteriya 
hisobida 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
texnolo-giyalari. 


64 
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATEX asosida tashkil 
qilish: birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab 
yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiya-
larining yig‘indisidir. 
Hozirgi 
bosqichda 
buxgalteriya 
vazifalarini 
axborot 
texnologi-yasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish 
asosiy rolni о‘ynaydi: 
— 
foydalanuvchining ish joyida о‘rnatilgan kompyuterlarni 
qо‘llash: bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita 
uning ish joyida bajariladi; 
— 
korxona(tashkilot, firma)ning turli xildagi bо‘linmalari 
iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini 
ta’minlovchi mahalliy va kо‘p bosqichli hisoblash tarmoqlarini 
shakllantirish; 
— 
hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblash-
lari tarkibini ancha kо‘paytirish; 
— 
har 
xil 
bо‘linmalar 
uchun 
korxonaning 
yagona 
taqsimlangan MBni yaratish; 
— 
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish 
imkoniyatlari, bu qog‘ozsiz texnologiyalarga о‘tishni ta’minlaydi va 
hujjatlarni yig‘ish hamda rо‘yxatga olish bо‘yicha operatsiyalar 
mehnattalablik darajasini kamaytiradi; 
— 
buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni 
integratsiyalash; 
— 
muloqotli usulda amalga oshirish yо‘li bilan axborot 
xizmati kо‘rsatishni tashkil qilish imkoniyati. 
Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari kompyuterda 
bitta ish joyida va uning tuzilishiga kо‘ra izchillik bilan bajariladi. 
Axborot tо‘plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini 
ishlab chiqishga asos bо‘ladi. 
Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig‘ish va rо‘yxatga olish 
bilan bog‘liq. Kompyuterdan foydalanishda ularni kompyuterda 
shakllantirish imkoniyati paydo bо‘ladi, bu hujjatlarni yaratish 
jarayonini avtomatlashtiradi. Ammo kompyuterga qо‘lda kiritilgan 


65 
birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati hambundan istisno 
emas. Axborot ta’minotining ikkinchi turi - о‘zgaruvchan axborot-
larning fayllar va mashina manbalari hamda kompyuter xotirasidagi 
shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. О‘zgaruvchan 
axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari asosida 
shakllanadi va belgilangan davr ichida vazifalarni (masalan, ishchi 
naryadlar, kirish orderlari, kassaning chiqish orderlari, yuk xatlari 
va boshqalar) bir marta yechishda foydalaniladi. 
Shartli doimiy axborotlarning fayllari loyihani tatbiq etishda 
bir marta yaratiladi, kо‘p marta foydalaniladi va ularga doimo 
tuzatishlar kiritiladi. Ularga har xil me’yornomalarning massivlari, 
ma’lumot- nomalar, asosiy vositalar hisobini qayd qilish varaqalari, 
xodim- larning shaxsiy varaqalari va boshqalar kiradi. 
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik 
jarayonning barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida 
bajarilayotganda texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan 
bos-qichlarining mazmuni biroz о‘zgaradi. Barcha operatsiyalarning 
bajari-lishini kompyuter ishga tushgan zahotiyoq ekranda kо‘rsatib 
beradi. Dasturning menyu rо‘yxatidan iborat bо‘lib, har bir modul 
birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib, to yig‘ma hisoblarni tuzishni 
tugatilishi-gacha 
bо‘lgan 
texnologik 
jarayonning 
belgilangan 
vazifalarini bajaradi. 
Misol uchun, «BEMBI+» dasturining «Materiallar-tovarlar» 
moduli asosiy menyusi quyidagi bо‘limlardan iborat: «Hujjatlar», 
«Varaqalar, ma’lumotnomalar», «Hisobotlar», «Har xil». 
Kompyuterda bajariladigan texnologik jarayonda quyidagi 
uchta jarayon: tayyorlov, boshlang‘ich va asosiyni ajratish mumkin. 
Tayyorlov bosqichi dastur va MBni ishga tayyorlash bilan 
bog‘liq. Bu bosqich boshlang‘ich davrda, vazifani tatbiq etishda 
aloha-da ahamiyat kasb etadi. Hisobchi kompyuter korxonaning 
ma’lumot-larini joylashtirib, buxgalteriya schyotlarining rejasi va 
namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tartibiga tuzatishlar kiritadi. 
Turli xildagi ma’lumotnomalar: bо‘linmalar, korxonalar, materiallar 
yetkazib beruvchilar va xaridorlar rо‘yxati tо‘ldiriladi va tuzatishlar 


66 
kiritiladi. Loyihani tatbiq etishda balans schyotlari bо‘yicha qoldiqlar 
bir marta qо‘lda kiritiladi, keyin ular avtomat- lashtirilgan usulda 
olinadi. Bu yerda hisoblash davrini belgilash bо‘yicha operatsiyalarni 
bajarilishi kо‘zda tutiladi. Bu operatsiyalarni bajarish uchun 
«Varaqalar, ma’lu-motnomalar» va «Har xil» dastur menyusining 
bо‘limlaridan foydalaniladi. 
Boshlang‘ich bosqichi birlamchi hujjatlarni yig‘ish va rо‘y-
xatga olish bilan bog‘liq. Avval ta’kidlanganidek, hujjatlarni qо‘lda 
yoki avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin. Bizning 
misolimizda avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish «Hujjatlar» 
menyusining blokiga murojaat qilish yо‘li bilan sodir bо‘ladi. 
Natijada materiallarni omborga kelishi va xarajati bо‘yicha hujjatlar 
shakllana-di. Birlamchi hujjatlarning ma’lumotlarini kompyuterga 
kiritish davriy, ma’lumotlarni kelib tushishi bо‘yicha sodir bо‘ladi. 
Hujjatlarni kiritish dasturi quyidagi vazifalarni bajarishni 
kо‘zda tutadi: 
— 
kiritilgan hujjatlarga noyob raqamberish, kо‘chirmaning 
sanash va boshqa alomatlari bilan registrini tuzish; 
— 
hujjatga ma’lumotnomaviy va shartli doimiy alomatlar 
(yetkazib beruvchilar, narx va boshqalar)ni avtomatik kiritish; 
— 
xо‘jalik 
operatsiyalarining 
qayd 
etish 
daftarida 
buxgalteriya yozuvlarini avtomatik bajarish; 
— 
notо‘g‘ri hujjatlarni nazorat qilish va tuzatish kiritish; 
— 
notо‘g‘ri hujjatlarni chiqarib tashlash; 
— 
birlamchi hujjatlarni chop etish. Boshlang‘ich bosqich 
hujjatlarining ma’lumotlarini bazaviy axborotlar tо‘plamlariga 
joylashtirish bilan tugaydi. 
Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bо‘lib hisoblanadi 
va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog‘liq. Bizning misolimizda 
uni bajarish uchun «Tovar-moddiy boyliklarning qaydnomasi», 
«Aylanish qaydnomasi» va boshqa hujjatlarni olishga imkon beruvchi 
«Hisobot-lar» menyusining modulidan foydalaniladi. Asosiy bosqichni 
bajarilishi-ni 
ta’minlashda 
MBda 
hisobot 
tuzish 
uchun 
foydalaniladigan har xil kombinatsiyali (ishchi) axborot tо‘plamlarni 


67 
mashina tomonidan olinishi ta’minlanadi. Har bir ishchi axborot 
tо‘plamlar qandaydir asosiy sо‘z (masalan, materialning nomenklatura 
raqami) bо‘yicha turlarga ajratilishi va undagi yakuniy ma’lumotlar 
hisoblanishi kerak. Natijada hisobot ma’lumoti shakllanadi, keyin u 
«Bosib chiqarish»ga yuboriladi. 
Ma’lumotlarni kompyuter xotiralarida arxivlashtirish va bosh-
qa AIJga uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi operatsi-
yalarni hambajarish mumkin. 
Kompyuter 
ishlab 
chiqishni 
rivojlantirishning 
hozirgi 
bosqichi uchun buxgalteriya hisobi vazifalarini texnologik 
jarayonning 
operatsiyalari 
tomonidan 
kо‘zda 
tutilgan 
integratsiyalashishi о‘ziga xosdir. Uning mohiyati shundan iboratki, 
buxgalteriya hisobining har bir bо‘g‘inini alohida AIJda ishlab 
chiqa turib, axborot shakllan-tiriladi, u keyinroq birlashtiriladi va 
dasturining asosiy moduli tomo-nidan yig‘ma buxgalteriya hisobi 
(«buxgalteriya yozuvlarini kо‘chi-rish» usuli) uchun foydalaniladi. 
Hisob vazifalarini ishlab chiqish texnologiyalarini amalga oshi-
rishning muhimelementi uning dasturiy ta’minlanishi hisoblanadi. 
Kompyuter dasturlari bozorida har xil korxonalar, firmalar, tashki-
lotlar uchun mо‘ljallangan buxgalteriya dasturlarining turli-tuman 
variantlari taqdimetilgan. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish kо‘p 
sonli firmalar tomonidan olib boriladi. Ularning ichida eng 
mashhurlari «1C: Buxgalteriya», «Parus», «Intellekt-Servis», 
«Infosoft» va boshqalardir. Buxgalteriya hisobining vazifaviy 
ADTni tasniflash kichik, о‘rta va yirik korxonalarga mо‘ljallanishi 
asos bо‘lib xizmat qiladi. Kо‘pgina firmalar dasturlarni ikki 
variantda: mahalliy va tarmoqli tarzda ishlab chiqaradi. Ta’kidlash 
kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, 
«mijoz - server» yangi texnologiyasini amalga oshirishni, 
max-sus uskunalar va operatsion tizimlarni hamda hisoblash 
tarmog‘iga xizmat kо‘rsatuvchi mutaxassislar shtati mavjudligini 
talab qiladi. Qoidaga kо‘ra, tarmoqli ADT buxgalteriya hisobining 
dasturlaridan tashqari barcha firmalar yoki tashkilotlar uchun 
boshqaruv 
axborotla-rini 
kompyuterli 
ishlab 
chiqishga 


68 
mо‘ljallangan. Buxgalteriya hisobi-ning ba’zi bir vazifaviy 
ADTning imkoniyatlarni kо‘rib chiqamiz. 
Kichik hisobxona ADT kamsonli, hisobning aniq bо‘g‘ini 
bо‘-yicha xodimlarni aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun 
mо‘ljal-langan 
«Buxgalteriya yozuvi - asosiy kitob - balans» umumiy nomi 
ostidagi kichik biznesga mо‘ljallangan dasturlar, asosan, sintetik va 
murakkab bо‘lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini 
bajaradi. Bu sinfdagi eng mashhur ADT «1C:» va boshqalardir. 
Kichik hisobxona ADT о‘zlashtirish va ishlatishda sodda, 
kasb egasi bо‘lmagan foydalanuvchiga mо‘ljallangan. Ularning 
katta turli- tumanliklariga qaramasdan, qoidaga kо‘ra ular umumiy 
xusu-siyatlarga ega. Masalan, xо‘jalik operatsiyalarining qayd etish 
daftarini avtomat- lashtirilgan usulda olib borish, schyotlar rejasi va 
namunaviy buxgalteriya yozuvlarining mavjudligi, bir qator 
birlamchi buxgal- teriya hujjatlarini shakllantirish imkoniyati, 
yig‘ma buxgalteriya hisobotini avtomatlashtirilgan usulda tuzish. 
«Mujassamlashgan buxgalteriya tizimi» ADT kichik va о‘rta 
biznesni olib borish uchun mо‘ljallangan. ADTning asosiy 
xususiyati uning modulli qurilishidir. «Provodka - asosiy kitob — 
balans» moduli kichik korxonalarniki kabi ADTning asosi bо‘ladi. 
Unda hisobning keng yoyilgan tahliliy hisobi olib boriluvchi ba’zi 
bir bо‘g‘inlari bо‘yicha modullar qurilgan. Masalan, hisobning ish 
haqi, materiallar, asosiy vositalar, xazina, bank, shartnomalar, 
yetkazib beruvchilar va boshqalar kabi bо‘g‘inlari bо‘yicha tahliliy 
hisob mustaqil usulda amalga oshiriladi. Ammo, keyinchalik ularni 
yaku-niy 
buxgalteriya 
hisobotini tuzilishi ta’minlanadigan 
«Provodka - asosiy kitob - balans» moduliga mujassamlashuvi 
sodir bо‘ladi. Bu sinfdagi eng yaxshi ADT «Parus», «Komrlex+», 
«BEMBI+», «Buxkompleks», «Supermenejer»lardir. 
«Buxgalteriya hisobining kompleks tizimi» ADT buxgalteriya 
dasturlarini mavjud bо‘lishining eng eski shaklidir. Hisobning har 
bir bо‘limi ostida belgilangan ADTni yaratilishi zamonaviy 
kompyu-terni paydo bо‘lishiga qadar vujudga kelgan. Bu sinfning 


69 
ADT о‘rta va yirik korxonalar uchun eng ratsional hisoblanadi. 
Buxgalteriya 
hisobining 
kengaytirilgan 
tahliliy 
hisobi 
olib 
boriladigan hamda yig‘ma hisobning AIJ va shu hisobning 
ayrimbо‘g‘inining 
AIJ 
о‘rtasidagi axborotlarni almashtirish 
interfeysini ta’minlaydigan bо‘g‘inlari bо‘yicha mahalliy, ammo 
о‘zaro bog‘langan ADT majmuasini mavjud bо‘lishi kо‘zda tutiladi. 
Majmua ADTning tarkibi quyidagicha: «Provodka - asosiy kitob - 
balans», mehnat va ish haqining hisobi, ishlab chiqarishda 
xarajatlarning hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, 
tayyor mahsulotlar-ning hisobi, fondlarning hisobi, moliyaviy 
natija- larning hisobi, korxonaning moliyaviy holatining tahlili. 
Buxgalteriya vazifalari an’anaviy majmuasining tarkibi yangi 
boshqaruv, savdo va tahliliy modullarining yaratilishi hisobiga 
kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyilga rioya qilish zarur - 
ADT о‘zaro axborotli bog‘lan-gan bо‘lishlari kerak. Bu faqat 
ADTning butun majmuasini bitta firmadan xarid qilingandagina 
mumkin. 

Download 4,32 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish