• 2.3. Buxgalteriya hisobida integratsiyalashgan axborot tizimi va texnologiyalari.
  • Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/70
    Sana22.11.2023
    Hajmi4,32 Mb.
    #103627
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
    Bog'liq
    A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

     
    Nazorat savollari 
    1. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya xisobini yuritish 
    shakllari? 
    2. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish 
    va saqlash tartibi?
    3. Xо‘jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatidagi ahamiyati? 
    2.3. Buxgalteriya hisobida integratsiyalashgan axborot tizimi va 
    texnologiyalari. 
    1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi
    Iqtisodiyotni boshqarishdagi о‘zgarishlar, bozor munosabatlariga 
    о‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir 
    kо‘rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga о‘tish amalga oshirilmoqda, bu 
    uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisob-
    chidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy 
    tah-lili usullarini egallash, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni mukammal 
    bilish, bozor sharoitlarida pul mablag‘lari investitsiyalarini hisoblash va 
    boshqa-larni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi 


    73 
    davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham 
    mumkin. 
    Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyor-
    lash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), 
    buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga 
    oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish 
    kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy 
    tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol 
    о‘ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% jamlanadi. 
    Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga 
    birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan 
    hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi 
    iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, 
    birlamchi va yig‘ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini о‘zaro aloqalari 
    hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy 
    hujjatlari bilan ta’riflanadi. 
    Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda 
    vazifalarning quyidagi majmualarini о‘z ichiga oladi: asosiy vositalar 
    hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor 
    mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab 
    chiqarish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. 
    Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil 
    qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot 
    bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda 
    yangi talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan 
    bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar о‘rtasida axborotlarni al-
    mashtirish, kompyuterda boshlang‘ich hujjatlarni avtomatik shakllantirish-
    ning imkoniyatlari paydo bо‘ladi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy 
    tizimchalar majmualari о‘rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk 
    navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bо‘ldi. 
    Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining AATsharoitida faol 
    kо‘rsatish tamoyillari keltirilgan. 


    74 
    4-chizma. Buxgalteriya hisobining AAT sharoitida yо‘lga qо‘yish tamoyillari. 
    Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. 
    Buxgalteriya hisobi bо‘yicha dasturiy vositalarning yangi turlari hisobning 
    turli uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, 
    mehnat va ish haqi hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga 
    tо‘lovlar bо‘yicha tо‘lov hujjatlari (daromad solig‘ini tо‘lash, nafaqa 
    jamg‘armalariga ajratmalar, tibbiyot sug‘urtasi, bandlik jamg‘armasiga 
    hisoblash bо‘yicha tо‘lov topshiriqnomalari) bо‘yicha tо‘lov hujjatlarini 
    kо‘chirib berish kо‘zda tutilgan, bunday mashina dasturini bajarilishi hisob 
    vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqini hisobi hamda 
    moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi 
    tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bо‘yicha vazifalar 
    majmuasida ham xuddi shunga о‘xshash misollarni keltirish mumkin. 
    Vazifalararo majmuani tashkil qilish "materiallar" dasturi misolida 
    ham kо‘rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonadagi mahalliy 
    hisoblash tarmog‘i sharoitlarida yaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi 
    tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga 
    olishni uchta bо‘lim mutahassislari amalga oshirmoqdalar: omborlar, 
    hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bо‘limi. Dasturiy majmua о‘z ichiga 


    75 
    omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot 
    bо‘limi modulini birlashtiradi. 
    Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: 
    hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bо‘yicha 
    hujjatlarni buxgalteriya hisobi tо‘ldirilishini, materiallarni harakati 
    bо‘yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati miqdori va 
    summasini aks ettirilishi hisobi, moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydi. 
    Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning harakati 
    bо‘yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi. 
    Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga 
    ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va 
    uchastkalarini 
    axborotli 
    о‘zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar 
    boshqaruvning о‘ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bо‘linmalari 
    hamda tashqi tashkilotlar bilan о‘zaro hamkorligini aks ettiradi. 
    Buxgalteriya hisobining halqaro tizimlarga о‘tishi amalga oshirilmoq-
    da. Buxgalteriya hisobning axborot tizimi va uni shaxsiy kompyuterda 
    ishlab chiqarishni tashkil qilishning an’anaviy shakllarida katta 
    о‘zgarishlar bо‘lib о‘tgan. Ushbu sharoitlarda korxona moliyaviy tahlil 
    usullarni egal-lash bozor sharoitda investitsiyalar harakatini bilish va 
    boshqalari talab qilinadi. 
    Hozirgi davrda hisobchini moliyaviy menejer yeki hisobchi tahlilchi 
    desa bо‘ladi. Boshqaruv vazifalarga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni 
    rivojlantirish moddiy texnik ta’minot marketingi, buxgalteriya hisoblarini 
    olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, hamda kadrlar 
    masalasii hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqarish nazariyasiga 
    binoan ularni vazifaviy tizimlar desa bо‘ladi. Boshqaruv jarayenida 
    buxgalteriya hisobi katta ahamiyatga ega chunki barcha axborot hajmining 
    60% ortig‘i salmog‘ini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari tashkil etadi. 
    Buxgalteriya hisobi axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtir-
    gan hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifala-
    rini bajaradi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlan-
    gan sintetik schetlarni olib borish boshlang‘ich birlamchi va yig‘ma 
    yakuniy hujjatlar, hisoblash algoritmlarning о‘zaro aloqalari hamda 
    hisobning aniq vazifaning uslubiy materiallari va me’ery hujjatlari bilan 


    76 
    ta’riflanadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy 
    ravishda vazifalar-ning quyidagi majmualarini о‘z ichiga oladi: "asosiy 
    vositalar hisobi", "moddiy boyliklar hisobi", "mehnat va ish haqi hisobi", 
    "tayyor maxsulotlar hisobi", "moliyaviy hisoblash operatsiyalarni hisobi", 
    "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", "yig‘ma hisob" va hisoblarni tuzish. 
    Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining 
    tashkil qilinishi, korxonalarda hisoblash tarmoqlarni yaratilishi axborot 
    bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda 
    yangi talablar paydo bо‘lgan. 
    Buxgalteriya hisobi bо‘yicha har xil dasturiy vositalarning yangi 
    versi-yalari 
    hisobning 
    turli 
    uchastkada 
    majmualari 
    axborotlarini 
    birlashtiriladi. Vazifalar majmualarini tashkil qilish materiallari dasturi 
    misolida kо‘rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy 
    hisoblash tarmog‘i sharoitlarda faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar 
    bazasi tashkil qilinadi, moddiy boyliklarni mavjudligi va harakatini 
    hisobga olish jarayenida 3 ga bо‘linadi:omborlar, hisob xona, moddiy 
    texnik ta’minot bо‘limi mutaxassislari faoliyat kо‘rsatadi. 
    Buxgalteriya hisob majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga 
    bо‘linadi. 
    Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari majmualari va 
    uchastkalarning axborotli о‘zaro hamkorliklarni aks ettiradi. 
    Tashqi aloqalar boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa 
    bо‘limlari hamda tashkilot bilan о‘zaro hamkorlikni aks ettiradi. 
    Hisob vazifalari majmualarining о‘zaro bog‘lanishi buxgalteriya 
    hisobi uslubiyatining buxgalteriya schetlarni olib borish va provodkalarni 
    bajarish tizimiga kiritilgan. 
    Provodka - bosh kitob-balans mashina dasturni asosiy modeli 
    hisoblanadi. 
    Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar hisobi, moliyaviy hisoblash 
    operatsiyalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi 
    kabi uchastkalari uchun boshlang‘ich dastlabki ma’lumotlar xо‘jalik 
    operatsiyalarni boshlang‘ich hujjatlarda sodir bо‘ladi. 
    Ishlab chiqarish harajatlarining buxgalteriya hisobi alohida tashkil 
    etiladi. Chunki bunda ish haqi asosiy vositalar materiallari va tayer 


    77 
    maxsulot hisobi bо‘yicha olingan yakuniy ma’lumotlar asosi bо‘ladi. 
    Barcha xо‘jalik operatsiyalari boshlang‘ich buxgalteriya hujjati ushbu 
    operatsiya sodir bо‘lganligi haqidagi tо‘liq va ishonchli hujjatda qayd 
    etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega ya’ni Moliya Vazirligi tomonidan 
    chiqarilgan Yо‘riqnoma va uslubiy materiallarga asoslanib tо‘ldiriladi. 
    Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviylarga 
    bо‘linadi. Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari davlat standarti 
    tomonidan hujjatlarning shakliga keltirilgan tizimlar taraflarini hisobga 
    olish bilan ishlab chiqadi va kompyuter ishlab chiqarish tomonidan 
    kо‘shiladigan talablarni aks ettiradi. 
    Iqtisodiy vazifalar ishlab chiqarish yangi axborot texnologiyalarni 
    avtomatlashtirilgan ish joiy va hisoblash tarmog‘i va yakka tarkibdagi 
    loyihalar har xil konfiguratsiyasida, ya’ni markazlashgan, taqsimlangan 
    mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga mо‘ljallangan. Bunda 
    korxona va tashkilotlar uchun umumiy bо‘lgan bazadagi massivlarni 
    ishlovchilar haqida materiallar, ma’lumotnomaviy bо‘linmalar, lavozimlar, 
    hamda faqat buxgalteriya vazifalarni yechishda foydalanilgan mahalliy 
    bazalarga ajratish mumkin. Buxgalteriya hisob schetlarida namunaviy 
    provodkalar, xо‘jalik operatsiyalar qayd daftari, shaxsiy hisob raqami, 
    asosiy vositalari yо‘qlama varaqchalari yaratiladi. 
    Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga tо‘liq asosda bir 
    qator ma’lumotli dasturlarni kiritish mumkin, shu jumladan: "Maslahatchi-
    hisobchi", "Soliq huquqi". "О‘zbekiston Respublikasi soliqlar maslahatchi 
    - plyus". 
    2.Avtomatlashtirilgan 
    joyi 
    foydalanuvchining 
    ish 
    faoliyatini 
    avtomatlashtirish vositasi. 
    Vazifaviy texnologiya ba’zi bir qoidalar bо‘yicha amalga 
    oshirilayetgan ta’minlovchi va predmetli texnologiyalar sintezidan iborat 
    bо‘ladi. Ma’lumotlarni qayta ishlashni qandaydir muhim va shu bilan birga 
    vaqti avtomatlashtirilgan axborot tizimining bir qismi bо‘lib u texnik, 
    dasturiy tashkiliy (xodimlar) va axborot qismlaridan iborat platformaga 
    asoslanadi. 
    Yakuniy natijada foydalanuvchini-hisobchi, foydalanuvchi-bajaruvchi 
    ham alohida avtomatlashtirilgan axborot tizimini va har qanday majmuaga 


    78 
    biriktirilgan birikmasini qо‘llash mumkin. Boshqaruv xodimi, qaror qabul 
    qiluvchi shaxsning maqsadlarini bajarilishini qо‘llab quvvatlovchi 
    ta’minlovchi va xizmat axborot texnologiyalarining majmuasi 
    avtomatlash-tirilgan 
    ish 
    joylari 
    (AIT) 
    asosida 
    tashkil 
    qilinadi. 
    Avtomatlashtirilgan ish joylarining belgilanishi qaror qabul qilinuvchi 
    shaxsning (QQQ) oldiga qо‘shilgan maqsadlariga erishishi uchun 
    qarorlarini shakllantirish va qabul qilinishni axborot jihatidan qо‘llab -
    quvvatlashdan iborat bо‘ladi. 
    Hozirgi paytda boshqaruv sohasi xodimlarining (hisobchilar, bank 
    kredit tizimi mutaxassislari va hokazo) faoliyati rivojlangan texnologiya-
    lardan foydalanishga yо‘naltirilgan. Boshqaruv vazifalarni tashkil qilish va 
    amalga oshirish ham boshqaruv texnologiyalarning о‘zini, ham 
    axborotlarni ishlab chiqishning texnik vositalarini tubdan о‘zgarishini 
    talab qiladi. U borgan sari kiruvchi axborotlarni avtomatik qayta ishlash 
    tizimidan boshqaruv xodimlari tajribalarni jamlash eng samarali iqtisodiy 
    qarorlarni tahlil qilish, baholash va ishlab chiqarish vositasiga 
    aylanmoqda. 
    Avtomatlashtirilgan ish joiy (AIJ) - yakuniy foydalanuvchiga 
    ma’lumotlarni ishlab chiqarish va aniq muammoli sohada boshqaruv 
    vazifalarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi axborot dasturiy va texnik 
    resurslar majmui sifatida namoyen bо‘ladi. 
    AIJ tashkil qilinishi shuni nazarda tutadiki, axborotlarni jamlash, 
    saqlash va qayta ishlash bо‘yicha asosiy operatsiyalar hisoblash 
    texnikasini zimmasiga yuklanadi, iqtisodchi esa qо‘lda bajariladigan 
    operatsiyalar va boshqaruv qarorlarini tayerlashda ijodiy yendashishni 
    talab qiluvchi operatsiyalarning bir qismini bajaradi. 
    AIJ asosiy oddiy vazifalaridan biri axborotli-ma’lumotnomali 
    bazalarni tо‘ldirish, qayta ishlash va saqlashdir. Ushbu vazifani yaxshi 
    darajada baja-rish uchun foydalanuvchining ish qobiliyatiga va 
    iqtisosligiga bog‘liq. Boshqaruv jarayenlarni amalga oshirish sharoitlarda 
    AIJ tadbiq etishdan maqsad boshqaruv vazifalari majmualashtirishni 
    (integratsiyasini) kuchay-tirishdan iborat. 
    Foydalanuvchi iqtisodchining avtomatlashtirish ish joiyni konseptual 
    chizmasi 5 chizmada keltirilgan. 


    79 
    Ushbu chizmadan kо‘rinib turibdiki avtomatlashtirilgan ish joyini 
    tashkil qilishda va ish jarayenida shaxsiy kompyuterdagi ma’lumotlar 
    bazasi quyidagilarni ta’minlaydi. 
    1) Foydalanuvchiga nisbatan soddallik, qulaylik va dо‘stonalik 
    (bularni interfeysdagi rejimlar ta’minlaydi); 
    2) Foydalanuvchining aniq vazifalariga moslashishning soddaligini; 
    3) Yuqori ishonchlilikni; 

    Download 4,32 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish