81 EHMda xisoblash
2-chizma. AIJni tuzilmaviy chizmasi.
Buxgalter avtomatlashtirish ish joyida pul mablag‘larning hisobini
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini debitorni va kreditor bilan
hisoblarni bevosita yuritishni imkoniyati mavjud hisob jarayenida
avtomat-lashtirilgan ravishda barcha tо‘lov hujjatlarni tayyorlash mumkin,
belgilan-gan muddatlarda buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni
shaklantirish va tayyorlash, bosh kitobini va balans hujjatini (barcha
ilovalari bilan) tezkor holda tayerlash va chiqarish mumkin.
Buxgalteriya avtomatlashtirish ish joyining manbalariga:
1) "Analitik va sintetik hisobotlarning yagona tizimi;
2) me’yoriy ma’lumotnoma bazasi umumlashtirish tizimi;
3) axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimi;
4) echiladigan vazifalarning о‘zaro aloqadorligi;
5) foydalanuvchi xohishiga kо‘ra tanlov va reglament rejimidagi tо‘liq
yeki qisman yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish va chiqarish;
6) Texnologik jarayenining har bir bosqichda ma’lumotlarning
xaqqoniyligini nazorat qilinishi.
Buxgalter-foydalanuvchi yechiladigan masalalar standartlashi rо‘yxati
quyidagi namunaviy rо‘yxatidan iborat:
82 1) bank operatsiyalarning hisobi;
2) kassa operatsiyalarning hisobi;
3) asosiy vositalar hisobi;
4) ishlab chiqarish harajatlar hisobi;
5) mehnat va ish haqi hisobi;
6) byudjet bilan hisobotlar;
7) tez eskiruvchi va arzon baholarda tez eskiruvchi buyumlar hisobi;
8) maxsus kiyimni hisobga olish;
9) moddiy boyliklar hisobi;
10) hisobdor shaxslardan hisobi hamda aylanma va saldo balanslarni
tuzish.
Buxgalter avtomatlashtirish ish joyida "Bosh menyu"ning tarkibi
rо‘yhatini quyidagi tuzilmaviy sxemada (7-chizma) kо‘rish mumkin.
1. Bank rejimi quyidagi hujjatlarni shakllantirish va tayyorlashni
ta’minlaydi: tо‘lov, tо‘lov talabnoma hujjatini о‘z vaqtida tо‘lov talabno-
mani tо‘lamagan qaydnoma rо‘yxatini bankga tо‘lov hujjatlarni jо‘natilgan
qaydnomalarni hamda bank tayyorlab qо‘ygan hujjatlarning qayta ishlash
jurnali. Ushbu jurnalga yezilgan hujjatlar har kunda qayta ishlanadi va
hisob davr bо‘yicha avtomatlashtirilgan tarzda aylanma qaydnoma hujjati
chiqariladi.
"Bank" punkti bosh menyuning quyidagi bandlar bilan bog‘liq - ish
haqi, kassa, balans, hisobdor shaxslar.
2. Kassa operatsiyalari kun davomida olib boriladi va hisobga olinadi;
kirim va chiqim kassa orderlari, g‘aznachi hisoboti avtomatlashtirilgan
ravishda shakllanadi, deponent summalari bо‘yicha kerakli hujjatlar
shakllanadi, ya’ni yepilgan tо‘lov hujjatlar bо‘yicha deponent summalari
rо‘yxati tuziladi.
3. Ish haqi bandida bо‘nak tо‘lov hisobi, ish haqi har xil turlari
bо‘yicha hisobi, qonun bо‘yicha ish haqidan ushlanmalar, kompensatsiya
tо‘lovlari, xodimlarning toifalari bо‘yicha va ushlanmalari bо‘yicha
umumiy qaydno-malar shakllanadi va hisoblanadi. Buxgalter hisoblarni
dialog rejimida olib boradi.
4. Ishlab chiqarish harajatlarining menyu rejimida temir yil tranportida
о‘z ishlab chiqarish bо‘lsa ushbu band hisoblanadi. Bunda quyidagi
83 masalalar yechiladi. Haqiqiy qilingan harajatlar hisobi va nazorati, reja
kо‘rsatkichlarning bajarilishi, bajarilgan ishlar va xizmatlar bо‘yicha
tannarx hisoblanishi, kalkulyatsiyaning shakllanishi va chiqarilishi hamda
korxona tejami yeki ortiqcha harajat qilingan miqdori. Axborot aloqasi esa
kassa, bank, hisobdor shaxslar, ish haqi, asosiy vositalar va balans bandlari
bilan bog‘liq.