• Nazorat savollari
  • Globus bilan ishlash texnologiyasi




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/70
    Sana22.11.2023
    Hajmi4,32 Mb.
    #103627
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
    Bog'liq
    A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021
    KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, 9-m m, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI, 817-826, e ta\'lim
    Globus bilan ishlash texnologiyasi 
    Globus yerning kichraytirilgan modeli bо‘lganligi uchun unda 
    geografik xaritalarda uchraydigan xatoliklar bо‘lmaydi. U teng masshtabli, 
    tengburchakli va teng maydonli bо‘lgani uchun unda tasvirlangan 
    geografik borliq, voqea va xodisalar tо‘g‘ri va aniqligi bilan ajralib turadi. 
    Shuning uchun globuslar umumta’lim, о‘rta va oliy ta’limning deyarli 
    barcha predmetlarini о‘rganishda albatta qо‘llaniladi. 
    Globus yordamida о‘quvchilar ongida jahondagi yirik hududlarning 
    tasviri о‘lchamlari va maydoni haqida tо‘la va aniq tasavvurlar 
    shakllanadi. Faqat globusdagina daraja tо‘ri hech qanday xatoliklarsiz 
    tasvirlanadi, paralellar va meridianlar orasidagi masofa joydagi masofaga 
    mos keladi. 
    Globusdan tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya hamda amaliy 
    geografiya kurslari darslarini о‘tkazishda keng foydalaniladi. 
    Tabiiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni о‘rganishda 
    globusdan foydalanish mumkin: 
    -Yerning shakli va о‘lchamlari; 
    -daraja tо‘ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik 
    kengliklar va uzunlik; 
    -yrning о‘z о‘qi atrofida hamda Quyosh atrofida aylanishi va uning 
    oqibatlari; 
    -eng muhim ekspeditsiyalar, sayohatlar yо‘nalishi.
    Nazorat savollari 
    1. Onlayn buxgalteriya? 
    2. Globus buxgalter ofisi?
    3. Globus bilan ishlash texnologiyasi?


    88 
    III-BOB. MOLIYA SOHASIDA AXBOROT KOMPLEKSLARI 
    VA TEXNOLOGIYALARI 
     
    3.1. Sug‘urta faoliyatida axborot tizimi va texnologiyalari 
    Sug‘urta faoliyatida axborot komplekslari haqida tushuncha, sug‘urta 
    faoliyatida axborot texnologiyalarining qо‘llanshi, sug‘urta faoliyatidagi 
    amaliy dasturiy paketlar (AMP), internet sug‘urta va online sug‘urtaning 
    ishlash texnologiyasi. 
    1-topshiriq. 
    Sug‘urta 
    faoliyatini 
    О‘zbekistonda 
    rivojlanish 
    tendentsiya-larini izohlang. 
    2-topshiriq. Internet sug‘urta texnologiyasini izohlang. 
    3-topshiriq. Sug‘urta faoliyatidagi amaliy dasturiy paketlar (AMP)dan 
    foyalanish texnologiyasi. 
    ADP, sug‘urta tizimi, klient-mijoz
    4-topshiriq. Keltirilgan matni о‘qib 5 minutlik esse yozing. 
    Sug‘urta faoliyati haqida tushuncha. Tabiiy va boshqa stixiyali kuchli 
    ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda 
    ogohlantirish uchun maqsadli yо‘nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va 
    ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisiga 
    sug‘urta deyiladi. 
    Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 
    Sug‘urta riskining mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo 
    bо‘lishining asosiy shartidir. Risk bо‘lmas ekan, sug‘urtaning bо‘lishi 
    mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va 
    matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi. 
    Sug‘urta risklarini tahlil qilish ularni 2 ta yirik guruhga bо‘lishni 
    taqozo etadi. 
    1. Sug‘urtaviy. 
    2. Sug‘urtasiz. 
    Sug‘urta shartnomalarida о‘z aksini topgan risklar sug‘urtaviyrisklar 
    deyiladi. 
    Risk bahosining pulda ifodalanishi sug‘urta stavkasini tashkil etadi. 


    89 
    Risk doimiy kо‘rsatkich emas, balki u doimo о‘zgarib turadi. Bu 
    о‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi о‘zgarishlar bilan 
    chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskning rivojlanishini, holatini 
    doimo kuzatish lozim, ya’ni tegishli statistic hisob olib borishi, yig‘ilgan 
    ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak. 
    Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: 
    Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini kо‘rsatishga ixtisoslashgan va 
    tegishli litsenziyaga ega bо‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik 
    faoliyatining muhim bо‘g‘ini hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasining 
    “Sug‘urta faoliyati tо‘g‘risida”gi Qonuniga kо‘ra, sug‘urta shartnomasiga 
    muvofiq, sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) tо‘lovini amalga oshirish 
    majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. 
    Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bо‘lishi mumkin (davlat 
    sug‘urta tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda о‘zaro 
    sug‘urtalash jamiyatlari). 
    Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining 
    tegishli litsenziyasiga ega bо‘lishi zarur. 
    Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati 
    о‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini tо‘lovchi yuridik yokijismoniy 
    shaxs. 
    Sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokerlari)-sug‘urtalovchi va sug‘urta-
    lanuvchi о‘rtasida vositachilik fazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi 
    bо‘yicha vositachi
    sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Kо‘rsatgan xizmat-
    lari uchun vositachi sug‘urtalanuvchi emas, balki sug‘urta tashkilotidan 
    tegishli vositachilik haqini oladi. 
    5-topshiriq.“Sug‘urta polisi” sо‘ziga klaster yarating. 
    6-topshiriq. Keltirilgan matnni о‘qib 5 minutlik esseyozing. 
    Sug‘urta xizmatlari iste’molchilariga xizmat kо‘rsatish sohasida aynan 
    zamonaviy AKTlarni joriy qilinishi raqobatchilar bilan kurashda qо‘shim-
    cha ustunliklarni beradi. Sug‘urta tashkilotlarida ERP tizimlaridan tashqari 
    CRM (customer relationship management) boshqaruv tizimlaridan hozirgi 
    kunda keng foydalanib kelinmoqda. CRM – strategiyalari mijozlarga 
    xizmat kо‘rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes jarayonlarni 


    90 
    avtomatlash-tirish va takomillashtirishga imkon beruvchi maxsus 
    texnologiyalar va das-turiy ta’minotlar majmuasi kо‘rinishida amalga 
    oshiriladi. Bu esa xizmatlar buyurtmachilariga eng optimal vaqt 
    mobaynida va eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvi takliflar 
    qilish imkoniyatini beradi. 
    Sug‘urta tarmog‘idagi hozirgi vaziyatda biznes tuzilishini aniq 
    darajada ishlab chiqish, risklarning real darajasini bexato baholash hamda 
    bu risklar bahosini mos holda belgilashga imkon beruvchi Business 
    Intelligence (BI) vositalaridan foydalanish lozimdir. 
    Business Intelligence(tadbirkor intellekt) tizimini sug‘urta tashkilot-
    larida joriy qilish analitik axborotlar muhitiga tegishli bо‘lgan quyidagi 
    kо‘rsatkichlarni samarali ta’minlab beradi: 
    - Ma’lumotlarni о‘z vaqtida va aniq kiritish; 
    - Ma’lumotlar integratsiyasini amalga oshirish
    - Ma’lumotlarni interpretatsiya qilishning soddaligi; 
    - Ma’lumotlar mutanosibligi; 
    - Axborotlardan hamkorlikda foydalanish. 
    Sug‘urtachilar BusinessIntelligence turidagi dasturiy mahsulotlar yor-
    damida quyidagi kо‘rinishdagi jarayonlarni amalga oshirib, bu ularga turli 
    vaziyatlardagi risklarni oldindan aniqlash va boshqarishga imkon beradi: 
    - manfaatlimijozlarnisaralabolish; 
    - bulib utgan yuqotishlarni taxlil qilish; 
    - mos kelishlikni tahlil qilish; 
    “Sug‘urta ishi” fanidan ma’ruza matni. Sug‘urtaning iqtisodiy 
    mohiyati, funktsiyalari va bozor sunosabatlaridagi о‘rni. 
    - muvofiklashtirilgan marketingdan foydalanish; 
    - kompaniya faoliyatini tahlil qilish. 
    Aynidamda sug‘urta kompaniyalarini institutsional rivojlantirishdagi 
    eng progressivAKT Internet-sug‘urta hisoblanadi. 
    Internet-sug‘urta-bu mijozni sug‘urta kompaniyasi (bevosita uzining 
    sayti orqali) bilan kelgusida zarur sug‘urta mahsulotini tanlash uchun 
    virtual muloqot qilish va о‘z navbatida joriy xizmatlarni namoyish qilish, 
    sug‘urta qoplamalarini olishni Internet-texnologiyalaridan foydalanib 
    amalga oshi-rishga imkon beruvchi moliyaviy bozor segmentidir. 


    91 
    Sug‘urta kompaniyalari birinchi bosqichda xususiy Internet saytlarini 
    yaratishlari lozim va bu elektron vizitka funksiyasini amalga oshirib, unda 
    mijoz bilan aloqalarni о‘rnatish yо‘llari haqidagi ma’lumotlar, 
    litsenziyalar, sotiladigan mahsulotlarning qisqacha tasniflari berib boriladi. 
    Keyingi bosqichda sug‘urta kompaniyalari о‘z Internet – vakolat 
    xonalarini rivojlantirish yо‘lida e’tiborlarini mukofotlarini onlayn-tо‘lovlar 
    orqali amalga oshirish, mijozni sug‘urta rо‘yxatiga kirishi va personllash-
    tirilgan ma’lumotlarni yangilab borish kabiy о‘nalishlardagi sug‘urta 
    xizmatlariga qaratishlari lozim. 
    Ayni damda respublikamiz sug‘urta kompaniyalari Internet sug‘urta 
    segmentidagi Internet muhitida ikki yо‘nalishdagi biznes yechimlardan 
    biridan foydalanib faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bо‘ladilar: 
    - Internetda sug‘urta biznesini tashkil qilish (virtual vakolat xonalar 
    ochish; 
    Internet orqali sug‘urta polislarini olish; sug‘urta shartnomalarini 
    Internet orqali kuzatib borish; barcha sanab о‘tilgan sug‘urta 
    kо‘rinishlarini birlashtiruvchi portallar) 
    - Internet bilan bog‘liq risklarni sug‘urta qilish (kiberjinoyatchilik; 
    electron qurilmalarni sug‘urta qilish; moliyaviy risklarni sug‘urta qilish; 
    turli kо‘rinishdagi javobgarliklarni sug‘urta qilish va boshqalar). 
    О‘zbekistonda 
    Internet 
    sug‘urtani 
    rivojlantirilishi 
    istiqbolli 
    ahamiyatga ega bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasida 2003 yil dekabr oyida 
    qabul qilingan «Elektron raqamli imzo haqida», 2004 yil may oyida qabul 
    qilingan «Elektron tijorat haqida», 
    «Elektron hujjat aylanish tizimi» haqidagi qonunlar bu tizimni 
    rivojlantirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. 
    Yangi turdagi bunday xizmatlarni joriy qilish kelgusida sug‘urta 
    xizmatlari bozori hajmining о‘sishi, mijozlarga samarali va sifafali 
    xizmatlar kо‘rsatish, kompaniya daromadlarini о‘sishiga shu bilan birga 
    raqobat bardoshligini oshishi, sug‘urta kompaniyasini tashqi bozorda ham 
    samarali faoliyat yuritish imkoniyatlariga ega bо‘lishlariga xizmat qiladi. 

    Download 4,32 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish