94
О‘zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos
holda boshqaruv jarayonlari о‘zgaruvchanligini aks ettirib,
qaror qabul
qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang‘ich
axborotni qayta
ishlash
natijasida
olingan
xosila
(ikkilamchi)
axborotdan
ham
foydalaniladi. Axborot yig‘indisi menejmentning axborot tizimini tashkil
etib, u menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon
bо‘ladi.
Axborot tо‘g‘ri, aniq, о‘z
navbatida, obyektiv, mazmunli va qaror-
larni qabul qilish uchun tushunarli bо‘lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan
kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bо‘lishi
lozim.
Korxonani axborot bilan ta’minlash tо‘g‘ri aloqalar kо‘rinishidagi
turli-tuman axborot oqimlari
vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab
chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat
satrigacha yetadi, bu о‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini
ham inobatga olish zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi
axborot million kо‘rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan
ishlashni tashkil etish bо‘yicha quyidagi
qator muammolarni hal etish
lozimbо‘ladi:
- maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
- axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
- axborot qabul qilish va yuborishning maqbul
usullarini tanlash;
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
- axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va Avtomat-
lashtirish.
Bu yо‘nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig‘ish va
qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni ta’minlashi
zarur. Axborotlar yig‘indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etadi.