112
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalari-
ning tarkibi, tuzilishi va vazifalari
Hozirgi
davrda
fan
va
texnikada
kо‘p
qо‘llaniladigan
tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim-yunoncha sо‘z bо‘lib, tashkil
etuvchilardan iborat butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning
turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar
moddiy yoki mavhum bо‘lishi mumkin (mavhum- inson ongi mahsuloti).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar tо‘plamidan tashkil topadi.
Moddiy tizimlarda asosiy о‘rinni ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar egallaydi.
Bunday tizimlarning xususiyatlaridan biri insonlar о‘rtasidagi va insonlar
bilan jamiyat о‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Iqtisodiy tizimda soliq tizimi alohida о‘rin egallaydi. Soliq tizimi –
mamlakat doirasida (hududida) tо‘lovchilardan (yuridik va jismoniy
shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa
tо‘lovlar hamda ularning tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari
yig`indisi. Soliq sohasida mavhumtizimlar inson ongining mahsuloti
bо‘lib, turli nazariyalar, bilimlar, hozirgi kunda soliqlar sohasida olib
borilayotgan islohotlaridan iborat. Soliq xizmati organlari axborot tizimi
ham moddiy tizimunsurlarini, ham nomoddiy tizimunsurlarini о‘z ichiga
oladi. Soliq xizmati organlari axborot tizimlari – soliq organlariga
yuklatilgan vazifa-larni tо‘liq va о‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida
soliqqa oid axborotlar, ularni yig`ish, qayta ishlash va soliq, moliya hamda
boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mо‘ljallangan
texnik,
texnologik
va
telekommunikatsiya
vositalarining
о‘zaro
bog`langan majmuasidan iborot. Soliq xizmati organlari axborot tizimi
3 bosqichdan iborat bо‘lib, ular:
Davlat soliq qо‘mitasi;
Davlat soliq boshqarmasi;
Davlat soliq inspeksiyasi.
Soliq idoralari ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi
soliq tо‘lovchilar tarkibini tahlil qilish, soliq tushumlari va boshqa
tо‘lovlarni bashoratlash, tushgan soliq tо‘lovlarining о‘z vaqtidaligi va
tо‘liqligini tahlil qilish, tushgan soliq tо‘lovlari bо‘yicha hisobot
hujjatlarini shakllantirish, me’yoriy-ma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari
113
bazasini yuritish, xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning bajarilishini
nazorat qilish, soliq tizimida boshqaruvni amalga oshirish kabi masalalarni
yechish-ga mо‘ljallangan. Ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimi axborot tizimining bosqichlariga qarab vertikaliga 3 tizimosti
bо‘lagiga bо‘linadi, ular:
Respublika miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimi;
hudud miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimi;
tuman miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimidan iborat.
Har bir tizimosti bо‘lagida unga muvofiq amaliy dasturiy ta’minot
qо‘llaniladi.
Uchta vertikal tizimosti bо‘lagining bog`lovchi bо‘g`ini bо‘lib - DSQ
axborot texnologiyalarining telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi.
Gorizontaliga har bir tizimosti bо‘lagi dasturiy – texnik
majmualardan tashkil topgan. Soliq tizimi axborot texnologiyasi – soliq
tо‘lovchi obyekt va subyektlar, soliqlar va tо‘lovlarning yig`ilishi, soliq
qonunchiligini bajarilishi va soliq sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar
bо‘yicha yangi ma’lumot olish maqsadida soliqqa oid ma’lumotlarni
yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullar majmuasidan
foydalanish jarayonidir ya’ni, axborotlarga ishlov berish jarayonidir. Soliq
tizimida axborot texnologiyasi soliq xizmati organlari oldiga qо‘yilgan
masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida
joriy etilib, ular tо‘langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida
ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatish,
tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida
hisobotlar tayyorlash masalalarini ye-chishga mо‘ljallangan. Soliq xizmati
organlari axborot tizimlari va texnologiyalari axborotli texnologiyalarni
yaratishning umumiy tamoyilla-riga asoslangan holda yaratilgan.
Jumladan, umumtuzilmaviy tamoyil: hujjatlar mazmunini va shaklini
standartlashtirish
va
unifikatsiyalashtirish;
axborotlarni
klassifikatsiyalashtirish va kodlashtirish; bо‘g`inlar va tizim-ning
114
bosqichlari о‘rtasida axborotni uzatish; avtomatlashtirilgan tizimham-da u
bilan bog`liq bо‘lgan axborot tizimlar о‘rtasida axborotlar almashish;
dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash.
Texnik jihatdan amalga oshirish tamoyili: turli texnik platforma va
muvofiq operatsion tizimga о‘tkazish imkoniyati; foydalanilayotgan
ma’lumotlar bazasi turiga bog`liq bо‘lmaslik; tizimga telekommunikatsion
kirish, tizim bо‘yicha ma’lumotlarni taqsimlash, arxiv va qidiruv tizimini
yuritish, ma’muriy va boshqaruvlarni о‘z ichiga olgan texnik yechimning
kompleksliligi; tizimning himoyalanganligi, ma’lumotlarni va tizimni
himoya qilish bо‘yicha tashkiliy va texnik tomonlarining ishlab
chiqilganli-gidan iborat. Soliq tizimini boshqarishni takomillashtirish
masalasi axborot texnologiyalari, iqtisodiy matematik usullarni keng joriy
etish va ulardan foydalanish, soliq ma’muriyatchiligi jarayonida axborot
kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish, barcha joylarda
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (ABT) rivojlantirish bilan
ma’lumdarajada hal qilinishi mumkin. Bu butun tizimni boshqarish
samaradorligini keskin oshirish, rejalashtirishni ilmiy asosda tashkil etish,
ichki imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish imkonini beradi. Soliq xizmati
organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari
Davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi avtomatlashtirilgan
axborot tizimlari turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi mamlakat
miqyosida soliqqa oid umumlashtiruvchi axborotlarni saqlash, unga ishlov
berish va qidirish hamda kompyuterlarda axborotlarni tо‘plash, tayyorlash
va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan
bog`liq
amallarni
bajarishdan
iborat.
Soliq
tizimida
axborot
texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga qо‘yilgan
masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida
tо‘langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini
olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil
qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni
berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini
yechishni ta’minlashdan iborat. Soliq xizmati organlarida axborot tizimlari
va texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati
organlari bajaradigan funksiyalar, vazifa-lar, bir xildagi operatsiyalarni
115
yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni
ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish
jarayonini jadallashtirish, soliq inspektorlari ishining samaradorligini
oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri yо‘q yozuvlar
bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan
foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi.
Xodimlar ishini avtomatlashtirishning asosiy jihati soliq xizmatining
asosi - soliq inspektorlari faoliyatini avtomatlashtirish, bunda soliq
tо‘lovchilar va ularning soliq majburiyatlari bо‘yicha ma’lumotlarning
yagona markazlashtirilgan banklarini barpo etish, ya’ni hududiy organlar
va
markaziy
apparatning
о‘zini
axborot
bilan
ta’minlashni
avtomatlashtirish hisoblanadi.
Bugungi kunda Davlat soliq idoralarida zamonaviy axborot
texnologi-yalari joriy etilmoqda. Katta sa’y-harakatlar axborotni
bosqichlar о‘rtasida ayirboshlash vazifasini majmuali hal etishga
qaratilgan, bu esa joylardan soliq xizmatining markaziy apparatiga
uzatiladigan hisobot va tahliliy ma’lumotlarning tezkorligi, haqqoniyligi
va sifatini oshiradi.
Axborotlashtirish xizmatlari DSQ hududiy bо‘linmalarida hamjoriy
etilgan. Ular yangi dasturiy ta’minot va elektron-hisoblash texnikasi
vositalarini joriy etish va ishlatish bilan shug`ullanadilar, tizimli va amaliy
dasturiy mahsullarning uzluksiz va uyg`un ravishda ishlashini, о‘zaro
axborot bilan hamkorlikni ta’minlaydilar. Soliq tizimida soliq axborotiga
birinchi ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlari asosiy tamoyillari
va ularni rivojlantirish yо‘llarini belgilaydigan О‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qо‘mitasining “Ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kom-
pyuter tizimini rivojlantirish” konsepsiyasi ishlab chiqildi va maqsadli
amalga oshirilmoqda. Unda soliq xizmatining uchchala bosqichini
hisoblash va kommunikatsiya uskunalari bilan qо‘shimcha jihozlash
kо‘zda tutilgan, bu esa soliq axborotiga tо‘liq va tezkor ishlov berish
hamda uni saqlashni ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari orasida ma’lumotlarning taqsim-
langan bazalari bilan ishlash va soliq ma’lumotlarining yagona axborot
bazasini yaratish ham bor. Mijoz-tarmoq intranet, internet vositalariga
116
asoslangan axborot tizimlari joriy etilmoqda. Soliq tizimi uchun boshqa
davlat tashkilotlarining axborot tizimlari bilan hamkorlik muhim
ahamiyat-ga ega. Axborot oqimlari qо‘shilganda va ularning о‘zaro
ayirboshlanishida qо‘shimcha hisob tavsiflari bilan soliq tо‘lovchilar
reestrini, soliq qonunchiligini buzishlar bо‘yicha malumotlarning qо‘shma
bankini, yuridik va jismoniy shaxslardan soliq tushumlari borasida
budjetning shaxsiy hisob-varaqlaridagi harakatlar tо‘g`risida ma’lumotlar
bankini yaratish va ulardan birgalikda foydalanish mumkin bо‘ladi. Shu
sababli
idoralararo
axborot
ayirboshlashning
avtomatlashtirilgan
integratsiya tizimini yaratish bо‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish
maqsadga muvofiq. Xususan, Markaziy bank, Davlat bojxona qо‘mitasi,
iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar bilan axborot ayirboshlash borasida
hamkorlik qilinmoqda.
Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan ma’lumotlarni uzatish
korpotariv tarmog‘ining har bir bо‘g`inida belgilangan talablar bо‘yicha
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: soliq tо‘lovchilarning yagona
ma’lumotlar bazasini yaratish; soliq tо‘lovchilar tarkibini tahlil qilish;
tushgan soliq tо‘lovlarining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tahlil qilish;
tushgan soliq tо‘lovlari bо‘yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish; soliq
tushumlari va boshqa tо‘lovlarni bashoratlash; me’yoriy-ma’lumotnoma
axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish; DSQ va uning bо‘g`inlari bilan
ularga aloqador tashkilot va muassasalar uchun talab etilgan tartibda
axborot va ma’lumotlar tayyorlashdan iborat.
Davlat soliq xizmati organlari axborot texnologiyalarining oldiga
qо‘yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi masalalar hal etilgan: Barcha
hujjatlar mazmuni va shakli standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan;
axborotlar klassifikatsiyalashtirilgan va kodlashtirilgan; bо‘g`inlar va
tizimning bosqichlari о‘rtasida axborotni uzatish tizimi joriy etilgan;
avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog`liq bо‘lgan axborotlashgan
tizimо‘rtasida axborotlar almashish yо‘lga qо‘yilgan; dasturiy – texnik
majmua va tizimli dasturiy ta’minot unifikatsiyalashtirilgan. Soliq xizmati
organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tuzilishi
va tarkibi hamda unga yuklatilgan vazifalar soliq tizimida boshqaruvni
avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u takomillashib,
|