Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021
KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, 9-m m, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI, 817-826, e ta\'lim
 
3.5. 
Soliq 
xizmati 
organlaridagi 
axborot 
tizimi 
va 
texnologiyalari 
Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot 
texnologiyalarining shakllanishi bosqichlari.
1994 yilda О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasining 
tashkil etilishi munosabati bilan Respublikada soliq tizimi shakllana 
boshlandi. Davlat soliq siyosatini amalga oshirishda asosiy mavqyini egal-
lagan soliq organlariga soliq qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni 
amalga oshirishdek yuksak vazifa yuklatildi. О‘tgan davr oralig`ida soliq 
organlari davlat budjetining daromad qismini uzluksiz tо‘ldirishni ta’min-
laydigan muntazamtizimga aylandi. "Davlat soliq xizmati tо‘g‘risida"gi 
qonunga asosan davlat soliq xizmati organlari xodimlarining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:


106 
soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning tо‘g‘ri hisob-
lanishi, soliqlar о‘z vaqtida tо‘liq tо‘lanishi ustidan nazorat qilish;
soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni ta’minlash, 
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq tо‘lovchilarga yordamkо‘rsatish;
soliq siyosatining samaradorligini oshirishda va takomillashtirishda 
bevosita ishtirok etish;
soliq subyektlarini va obyektlarini tо‘liq va о‘z vaqtida hisobga 
olish; davlat budjetining daromad qismini sifatli tо‘ldirish; 
me’yoriy huquqiy bazani yanada takomillashtirish, soliq sohasida 
huquqbuzarliklarning oldini olish, soliqlarni yig‘ish va majburiy tarzda 
undirish funksiyalarini birlashtirish; 
belgilangan prognoz kо‘rsatkichlariga muvofiq soliqlar tushumini 
budjetga tushishini ta’minlash; 
yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ularni rо‘yxatga olish, identifikatsiya raqamlarini berish; 
soliqlar tushishini ta’minlash ishida topshiriqlarni bajarish natijalari-
ni tahlil qilish va tahlil asosida takliflar kiritish; soliq siyosatini amalga 
oshirishda soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish bо‘yicha uslubiy 
ishlarni olib borish;
soliq tizimi unumdorligini va samaradorligini oshirish, salbiy ta’sir 
va xatar darajasini pasaytirish. Soliq xizmati organlari xodimlarining 
qonunda belgilab berilgan yuqoridagi vazifalarini hisobga olgan holda va 
Respublikamiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga о‘tishi sababli soliq 
tо‘lovchi obyektlar va subyektlarning soni oshib borishi natijasida soliq 
organlari idoralariga kelib tushadigan axborotlarning hajmi ortib borishi, 
ularni saqlash va qisqa muddatlarda qayta ishlash, ma’lumotlarni 66 yuqori 
organlarga tegishli qarorlar qabul qilish uchun yuborish, yuqori 
organlardan quyi organlarga kо‘rsatma va topshiriqlar berish, hamda 
tegishli soliq tо‘-lovchi jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlar 
jо‘natish soliq tizimiga kompyuter va kommunikatsion texnologiyalarni 
keng joriy etish zaruri-yatini yuzaga keltirdi.
О‘z navbatida Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini kompyuter-
lashtirish va axborotlashtirish, malakali xodimlarni tayyorlash, kompyuter 
jihozlari, dasturiy mahsullar bilan ta’minlash hamda zamon talabidan kelib 


107 
chiqib, soliq idoralarida jamlangan hisobotlarni elektron kо‘rinishda quyi 
soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qо‘mitasiga uzatish, Davlat soliq 
qо‘mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlarni elektron kо‘rinish-
da davlat soliq boshqarmalariga va davlat soliq inspeksiyalariga tо‘g‘ridan 
– tо‘g‘ri uzatish masalalari, shu bilan birga soliq tо‘lovchi yuridik va jis-
moniy shaxslarni rо‘yxatga olish, ularni davlat budjeti oldidagi 
majburiyat-larining bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni yagona soliq 
tо‘lovchilar baza-sida saqlash va boshqa masalalar dolzarb masalaga 
aylandi. Mazkur masala-larni yechishda avvalo Davlat soliq qо‘mitasi 
soliq xizmati idoralarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali bir-
biri bilan bog‘lash va yagona axborotlar bazasini takomillashtirish 
maqsadida ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini 
ishlab chiqish va Davlat soliq qо‘mitasining barcha bо‘linmalarida lokal 
axborot-hisoblash tarmoqlarini barpo etishni maqsad qilib qо‘ydi.
Shu bois Davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida axborot tizimini yaratishga asos solindi va uning 
huquqiy bazasi yaratildi. Soliq tizimini axborotlashtirish natijasida:
1. Soliq tizimini axborotlashtirish darajasining rivojlanishi soliq tizi-
mi oldiga qо‘yilgan vazifalarni tо‘liq va tez bajarish uchun imkoniyat 
yaratdi.
2. Soliq tizimida axborot texnologiyalardan samarali foydalanilgan 
taqdirda axborot almashuvining tezlashishi hisobiga sarf-xarajatlar (turli 
xarajatlar: material, ish kuchi, qog‘ozbozlik va h.k.) keskin qisqaradi va 
ish samaradorligi oshib, tizimfaoliyati yaxshilanadi. 
3. Soliq tizimida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishning 
faollashuvi mamlakat bо‘yicha yangi axborot texnologiyalardan foydala-
nishning bir qismi hisoblanadi, shuning uchun bu jarayonda soliq 
tizimining faol ishtirok etishi barcha iqtisodiy jihatdan bog‘liq jarayonlar 
uchun katta samara beradi. 
4. Soliqlarni hisoblash, tо‘plash jarayoni soddalashadi va davlat 
budjetini tо‘ldirish tezlashadi. Shu tariqa soliq tizimida axborot texnologi-
yalarini qо‘llash zaruriyati va dolzarbligi yuzaga keldi.



Download 4,32 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish