128
Bu muayyan tur xizmatlarini taqdim etishga jalb qilingan tashkilotlar
va mutaxassislar sonini qisqartirish, xizmat kо‘rsatish sifati va samarador-
ligini oshirish, ariza berishdan to yakuniy natijagacha sarflanadigan vaqtni
tejash imkonini beradi.
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi ma’lumotlariga
kо‘ra, ayni damda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi
talqini 60 turdagi interaktiv va avtomatlashtirilgan xizmatni taqdim et-
moqda. Bu xizmatlar aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlari orasida keng ommalashmoqda. YaIDXP 2.0 da rо‘yxatdan
о‘tgan faol foydalanuvchilar soni ham tobora ortib, 10 000 dan kо‘proqni
tashkil qilmoqda. Portalning yangi talqini ilgarigisidan taqdim etilayotgan
xizmatlar sifati va samaradorligining yuqoriligi, ilg‘or texnologik
yechimlar
keng
joriy
etilgani,
xizmatlar
optimallashgani
va
avtomatlashtirilganligi bilan farq qiladi.
Faoliyat yuritayotganiga uch yildan oshgan Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali hozirda 308 xil davlat xizmatini kо‘rsatmoqda. Bu
xizmatlarning 176 xili tо‘la interaktiv va avtomatlashtirilgan, qolganlari
esa faqat ma’lumot olish yoki ariza berish uchun mо‘ljallangan.
Xizmat kо‘rsatish chog‘ida tushgan va yaratilgan hujjatlar miqdori,
jalb etilgan tashkilotlar va mutaxassislar soni, о‘tkazilayotgan operatsiya
va muolajalar rо‘yxatini qisqartirish kabi 12 parametr bо‘yicha amalga
oshiriladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish tartibining joriy etilishi
vaziyatni tubdan о‘zgartirdi. Bu ishlab chiqilgan reglament asosida yuksak
darajada rivojlangan interaktiv va avtomatlashtirilgan xizmatlarni joriy
etish imkonini beradi. Nafaqat yangi xizmatlar, balki YaIDXPda bir necha
yildan buyon taqdim etib kelinayotgan oldingi davlat xizmatlari ham
muvofiq-lashtirilmoqda.
Muvofiqlashtirish tartibi joriy etilishi natijasida turli idoralarga
borish va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot qilishga zarurat
qoldirmaydigan tranzaksiya xizmatlariga tо‘liq о‘tilishi kutilmoqda.