123
yati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish choratadbirlarini
kо‘rishlari belgilab о‘tilgan.
4.3. Elektron huqumatning arxitekturasi
“Elektron hukumat” tizimi arxitekturasi
4.4. Elektron huqumatning texnologik tamoyillari
О‘zbekiston
2030-yilgacha
BMTning
Elektron
hukumatni
rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining Tadbirkorlikni yuritish
indeksida 30 ta eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi kerak.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari
Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali
Davlat organlarining veb-
saytlari
AXBOROT TIZIMLARI KOMPLEKSLARI
MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH DAVLAT MARKAZI
Ma’lumotnomalar
va klassifikatorlar
ma’lumotlar bazasi
Ko’chmasmulk
ma’lumotlarbaz
Jismoniyshaxsla
rma’lumotlar
Yuridikshaxslar
ma’lumotlarbaz
Milliygeoaxboro
ttizimi
Автотранспорт
маълумотлар
«Litsenziya»
«Davlat boshqa
boshqaruvi»
«Аdliya»
«Kommunal»
«Ta’lim»
«Sog‘liqni saqlash»
«Nafaqa»
«Bojxona»
«Soliq»
«Byudjet»
«Хarid»
«Kliring»
124
Texnika va axborot asri sifatida izohlanayotgan ayni davrda rivojlan-
gan dunyo mamlakatlari bilan qadam-baqadam bо‘lish zaruriy talabdir.
Bugungi kunda internet о‘z kо‘lami jihatidan jamiyatning barcha soha va
jabhalariga kirgan ekan, undan unumli, tо‘g‘ri va xolisona foydalana olish
zarur. Kо‘pgina davlatlarda davlat boshqaruvining elektron vositalar orqali
amalga oshirilayotgani, shu bilan birga, elektron hukumat tizimini joriy
etilayotgani bunga yaqqol misoldir.
Elektron hukumat, bu – raqamli texnologiyalar, internet va
zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim
qilish jara-yonini, fuqarolar va boshqaruv organlarining о‘zaro
munosabatlarini doimiy optimallashtirish demakdir. О‘zbekistonda ham
dunyoning boshqa mamla-katlari kabi elektron hukumatni rivojlantirishga
katta e’tibor qaratilgan.
Respublikamizda elektron hukumatning asosi 2003-yilda imzolangan
«Axborotlashtirish tо‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Unda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari
belgilangan, xususan:
О‘zbekiston Respublikasining yagona axborot maydonini yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish
va rivojlantirish, ularning muvofiqligi va о‘zaro hamkorligini ta’minlash.
Davlat boshqaruvi tizimini axborotlashtirish bо‘yicha «Elektron
hujjat aylanishi tо‘g‘risida» va «Elektron hukumat tо‘g‘risida»gi qonunlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlarning birinchisi markaziy va
joylardagi hukumat boshqaruv organlarida axborot tizimlari orqali
muassasalar о‘rtasida hujjat almashinish masalalarini tartibga soladi.
«Elektron hukumat tо‘g‘risida»gi qonun elektron hukumat sohasini
davlat tomonidan tartibga solishni belgilab beradi, shuningdek, davlat
xizmatlari kо‘rsatishni muvofiqlashtiradi. Qonunda elektron davlat xizmat-
larining yagona reyestrini yuritish shartlari va elektron davlat
xizmatlarining sifatini baholash tartibi kо‘rsatilgan. mazkur qonunga
muvofiq davlat boshqaruviga tegishli elektron hukumatning asosiy
vazifalari quyidagilar-dan iborat:
davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini
ta’minlash, ularning mas’uliyati va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va
125
tadbirkorlik sub’yektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning
qо‘shim-cha mexanizmlarini yaratish;
aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan о‘zaro munosabatlarni amalga
oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining о‘zaro hamkorligi
va ularning ma’lumotlar bazalari о‘rtasida axborot almashinuvi
mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruv tizimida «bir
darcha» tamoyilini joriy etish.
Bugungi
kunga
kelib,
elektron
hukumatning
yetarlicha
muvofiqlashti-rilgan arxitekturasi mavjud. U Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali (YaIDXP) va davlat organlarining alohida portallaridan
iborat.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi 1989-
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida elektron hukumatning axborot
tizimlari komplekslari ishlab chiqilib, ishga tushirildi. Bugungi kunda
interaktiv davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslar, kо‘chmas mulk,
avtotrans-port
vositalarining
ma’lumotlar
bazalari,
shuningdek,
ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning ma’lumotlar bazasidan
foydalangan holda taqdim etilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013-yilda yaratilgan bо‘-
lib, bugungi kunda 300dan ziyod davlat xizmatlaridan foydalanish
imkonini beradi. 2017-yil may oyida 65ta xizmatni taqdim etuvchi
YaIDXP (my2.gov.uz)ning yangi talqini ishga tushirildi. Unda quyidagi
funksiyalar joriy etilgan:
foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni markaziy ma’lumotlar
bazasidan foydalanish orqali avtomatik tarzda olish;
Elektron hukumat foydalanuvchilarini aniqlashda Yagona identifikat-
siya tizimidan foydalanish imkoniyati;
jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiy kabinetlarni yaratish
imkoniyati.
Bundan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari 50dan ortiq
turdagi faoliyatni litsenziyalash uchun YaIDXP orqali ariza topshirishlari
mumkin. Xususan, kо‘chmas mulk, bojxona, soliq va arxiv ishlari
yо‘nalishlari shular jumlasidandir. Shu bilan birga, fuqarolik va xorij
pasportlari uchun elektron arizalarni rasmiylashtirish mumkin.
126
Fuqarolar orasida foydalanilayotgan elektron hukumatning boshqa
bir qator loyihalari ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Xususan,
id.gov.uz Yagona identifikatsiya tizimi elektron raqamli imzodan
foydalangan holda barcha elektron hukumat tizimida har bir shaxs uchun
bitta hisob qaydnomasini yaratadigan qulay vositadir.
Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) 128 davlat organining 3517
elektron ma’lumotlar tо‘plamiga ega. Ushbu elektron axborot manbaidan
foydalanish dinamikasi kundan-kunga ortib bormoqda.
Barcha axborot tizimlari komplekslari orasida eng kо‘p yuklab
olinadigani «Litsenziya» ATKdir. Unda 130000 litsenziya va
ruxsatnomalar haqida ma’lumotlar joylangan. 44 faoliyat turi bо‘yicha
litsenziya olish uchun ariza topshirish mumkin bо‘lib, ushbu arizalarning
asosiy qismi belgilangan muddatda kо‘rib chiqiladi.
Elektron hukumat davlat va jamiyat о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar-
ning tobora samarali vositasiga aylanmoqda. Qonunchilik hujjatlari
ta’sirini baholash tizimi (SOVAZ) buning isbotidir. U elektron hukumat
faoliyati-ning
mamlakat
Konstitutsiyasi
qoidalariga
muvofiqligini
tasdiqlovchi ochiqlik, oshkoralik va sо‘z erkinligi tamoyillari asosida ish
olib boradi. SOVAZ portalining yangi talqini 2018 yilda ishga tushishi
rejalashtirilgan bо‘lib, unda davlat organlari onlayn tartibda normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari bо‘yicha ovoz berishlari mumkin. Kelgusida
uni «Elektron parlament» tizimi bilan integratsiyalash rejalashtirilgan.
Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish darajasiga kо‘ra
dunyodagi mamlakatlar reytingida О‘zbekiston mavqei ancha kо‘tarilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Elektron hukumat bо‘yicha (2016)
tadqiqotida О‘zbekiston 20 pog‘ona yuqori о‘ringa kо‘tarildi va 193 davlat
orasida 80-о‘rinni egalladi.
Milliy elektron hukumatni yanada rivojlantirishning muhim natijasi
sifatida, О‘zbekiston 2030-yilgacha BMTning Elektron hukumatni
rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining Tadbirkorlikni yuritish
indeksida 30ta eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi kerak. Shu
maqsadda, kelgusida aqlli texnologiyalardan foydalangan holda elektron
hukumatni rivojlantirish va axborot xavfsizligi masalalari bо‘yicha
elektron hukumat xizmatlarini tо‘liq integratsiyalash kо‘zda tutilmoqda.
127
Tadqiqotning yana bir muhim kо‘rsatkichi BMTning fuqarolar,
korxonalar va davlat hokimiyati organlari о‘rtasida muloqot qilish uchun
AKTdan foydalanish samaradorligini baholaydigan indeks (E-Participation
Index) hisoblanadi. О‘zbekiston 2014-yilda 71-о‘rinda bо‘lgan bо‘lsa,
2016-yilda 47ta pog‘onaga kо‘tarilib, reytingda 24-о‘rinni egalladi. Sо‘rov
natijalariga kо‘ra, aloqa portallari (e-kommunal.uz), Ochiq ma’lumotlar
portali (data.gov.uz) va qonun hujjatlarini muhokama qilish portalining
(regulation.gov.uz) ishga tushirilishi jamoatchilik bilan ochiqlik,
oshkoralik va samarali muloqotni ta’minlashning asosiy omili bо‘ldi.
Yurtimizda elektron hukumat tizimi kundan-kunga rivojlanib
bormoqda. Uning asosiy vazifasi esa aholi uchun haqiqatda foydali
bо‘lgan xalqning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda davlat
xizmatlarini taqdim etish tartibini doimo takomillashtirib borish, xususan,
aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga elektron xizmatlar kо‘rsatish bо‘yicha
interaktiv faoliyatni ta’minlashdir.
|