Elektron huqumatning asosiy vazifasi va funksiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

4.2. Elektron huqumatning asosiy vazifasi va funksiyalari. 
Elektron hukumatga о‘tishdan asosiy maqsad: 
 Aholiga xizmatlar sifatini oshirish


121 
 Hukumatning fuqarolar va buyurtmachilar uchun ochiq-oydin ish 
olib borishini takomillashtirish 
 Hukumat, fuqarolar va xо‘jalik subyektlari о‘rtasida informatsion 
axborot almashinuvi ta’minlanishi 
 Ma’muriy xarajatlarning kamaytirilishi. Elektron hukumat hukumat 
vazifalarini о‘zgartirib, uning jamiyatdagi boshqaruv rolini kuchaytiradi.
Elektron hukumat klassik modelida quyidagi tо‘rtta yо‘nalish 
bо‘yicha axborot ayirboshlash sohalari ajratiladi: 
G2C - government to citizens, davlat organlari bilan fuqarolar 
о‘rtasida axborot ayirboshlash; 
G2B - government to business, davlat organcb lari bilan tijorat 
sohasi faoliyat kо‘rsatayotgan xususiy kompaniyalar, ishbilarmonlar 
о‘rtasida axborot ayirboshlash; 
G2G - government to government, davlat organlari bilan davlat 
organlari о‘rtasida axborot ayirboshlash; 
G2E – government to employee, davlat organlari bilan uning 
xodim-lari о‘rtasida axborot ayirboshlash. Shuningdek elektron hukumat 
modeliga quyidagi: 
 Fuqarolarning davlat axborot resurslariga erkin murojaat 
qilishlarini ta’minlovchi; 
 Davlat organlarida ish yuritishning qog‘ozsiz texnologiyalarini 
joriy etuvchi; 
 Barcha davlat organlarining yil davomidagi faoliyati kо‘rsatkichla-
rini fuqaro va parlament tomonidan kuzatish va boshqarishni ta’minlovchi;
 Davlat organlari bilan tijorat kompaniyalari о‘rtasida oldi-sotdi 
transaksiyalarini amalga oshiruvchi va shu kabi qator foydali amaliy ele-
mentlar hamkiradi. О‘zbekiston elektron hukumat yaratish konsepsiyasiga 
muvofiq elektron hukumatning asosiy maqsadi zamonaviy axborot-
kommu-nikatsiya texnologiyalardan keng kо‘lamda foydalangan holda 
davlat organ-lari faoliyati samaradorligini oshirish va boshqarishni 
takomillashtirishdir. Shulardan kelib chiqqan holda elektron hukumatda 
quyidagi vazifalar baja-rilishi kerak: hukumat tasarrufidagi elektron 
hujjatlarning ayirboshlanishini (G2G – davlat organlari bilan davlat 
organlari о‘rtasida axborot ayirbosh-lash modeli bо‘yicha) amalga 


122 
oshirishni ta’minlovchi Davlat korporativ tarmog‘i – Intranetni 
shakllantirish; Internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat axborot 
xizmati kо‘lami va assortimentini kengaytirish (G2C, G2B modellari 
bо‘yicha) va axborotlarga murojaat qilishni ta’minlash; Davlat organlari 
bilan fuqarolar, boshqa subyektlar о‘rtasida muloqot tashkil etishning 
elektron tizimlarini yaratish va joriy etish (e-demokratiya modeli); texnik 
va axborot xavfsizligini ta’minlash. О‘zbekiston elektron hukumati modeli 
jahon tajribalariga asoslangan holda ikki bir-biri bilan bog‘langan, lekin 
funksional jihatdan mustaqil bо‘lgan bloklardan iborat: hukumatning 
Intranet tarmog‘i va tashqi infrastruktura, ya’ni barcha uchun ochiq 
bо‘lgan Internet tarmog‘i.
Hukumat Intranet tarmog‘i davlat idoralari о‘rtasida korporativ 
masa-lalarni 
yechishga 
qaratilgan 
axborot 
tizimining 
ichki 
infrastrukturasini qam-rab oladi. Korporativ masalalar idoralar ichida va 
idoralararo munosabat-larni va turli pog‘onadagi davlat organlari 
xodimlari о‘rtasidagi jamoa ishlarini bajarishdagi munosabatlarini о‘z 
ichiga oladi. Hukumat Intranet tarmog‘ining asosiy komponentlaridan biri 
ichki axborot tizimlari ishini qо‘llab-quvvatlovchi va ularning о‘zaro 
hamkorlikda ishlashini ta’minlov-chi himoyalangan yagona transport 
muhitidir. Elektron hukumatni shakllan-tirishga oid О‘zbekitston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda 181- 
sonli "Davlat va xо‘jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-dan foydalangan 
holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan о‘zaro hamkorligini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida" Qarori qabul qilingan. 
Mazkur 
Qarorda 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari-dan 
foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari tо‘g‘risidagi Nizom, 
bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri tasdiqlangan. Qarorda 
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Тoshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari 
kо‘rsatish va kо‘rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, 
yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli 
foydalanishini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng 
qо‘llash yо‘li bilan davlat va xо‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimi-



Download 4,32 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron huqumatning asosiy vazifasi va funksiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish