130
Axborot tizimlari komplekslari:
«Kliring»
«Xarid»
«Byudjet»
«Bojxona»
«Adliya»
«Sog‘liqni saqlash»
«Ta’lim»
«Kommunal»
«Adliya-2»
«Nafaqa»
«Davlat boshqaruvi»
Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va
muassasalar:
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat
sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bо‘lib, elektron
hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi - Elektron
hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik
ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot
tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va
integrasiyalashni ta’minlaydi.
Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshirishda ishtirok etadi.