О‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat bо‘yicha




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

4.7. О‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat bо‘yicha 
amalga oshirilayotgan loyihalar. 
Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari 
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqi-
yatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi 


131 
elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bо‘yicha reytingida birinchi 
о‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi sо‘nggi yillarda kо‘plab 
tadqiqotchilarning diqqat markazida bо‘lib kelmoqda. 
Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bо‘yicha tashab-
bus 2001-yilda yuridik kuchga ega bо‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni 
rivojlantirish bо‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining 
ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bо‘lib, u uch bosqichda amalga 
oshirilishi lozim bо‘lgan. 
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab 
chiqilgan bо‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi 
dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yо‘nalishda — G2C (davlatdan-fu-
qaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) 
sxemalari bо‘yicha aloqa qila boshladi. 
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron 
aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura 
ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron 
raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qо‘llanilgan. Umumiy 
hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida 
mablag‘ sarflan-gan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi 
bо‘yicha jahonda 4-о‘ringa kо‘tarilib oldi. 
Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati о‘z oldiga ancha 
katta maqsadni qо‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va 
shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat 
qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq tо‘rtta 
sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan: 

davlat boshqaruvi organlarining faoliyat kо‘rsatishi 

davlat xizmatlarini kо‘rsatish 

axborot resurslarini boshqarish 

qonun ijodkorligi tizimi 
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH 
dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo 
darajada bо‘lgan. 
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining
55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta 


132 
ishlash-ning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-
mamlakat) tizimidan foydalanishga о‘tgan. Buning natijasi о‘laroq, 
fuqarolarning mu-rojaatlarini kо‘rib chiqish muddati 30-44 kundan
7-13 kungacha qisqargan. 
Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion 
tizimi - “On-Nara” 2007-yildan tо‘liq ishga tushgan bо‘lib, uning oldiga 
quyidagi maqsadlar qо‘yilgan: 

ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha 
boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish; 

davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni 
yagona tizimga solish; 

tizim ishtirokchilari о‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni 
ta’minlovchi turli jarayonlarni о‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya 
qilish. 
Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texno-
logiyalar yordamida amalga oshiriladi -tenderlarning 93 foizi va onlayn-
xaridlarning 99,6 foizi. 
Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda 
elektron shaklga о‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ 
tejalmoqda. Chunki, barcha tender takliflari veb-saytdagi maxsus 
kompyuter dasturi vositasida kо‘rib chiqiladi va baholanadi, bu tenderning 
qanchalik ochiq va shaffof ekanligini kо‘rsatib beradi. 
Tashqi savdoda eksport bо‘yicha bojxona deklaratsiyalarini kо‘rib 
chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bо‘yicha 
esa- 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard 
dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda. 
Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish 
ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda. 
2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy 
e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar 
о‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini 
ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks 
davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. 


133 
Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, 
Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni 
shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bо‘yicha 
shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada 
elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi 
asosiy davlat Yaponiya bо‘lgan. 
Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni 
qо‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir sо‘z 
bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha 
avtomatlashtirilgan tizimga о‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda 
elektron hukumatning rivojlanish darajasi bо‘yicha birinchi о‘rinda turadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta 
davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-
Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini 
(inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, bu bо‘yicha yillik reytingni 
e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-
servislarning mavjudli-gini baholasa, ikkinchisi esa о‘sha servislardan 
foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu 
reytingda elektron hukumat rivojlanishi bо‘yicha jahonda oltinchi, aholi va 
biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bо‘yicha 
ikkinchi о‘rinda turgan bо‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham 
yetakchilikni о‘z qо‘lida saqlab kelmoqda. 
Koreyada elektron hukumatni rivojlantirishdagi eng yirik loyiha -
 www.korea.go.kr portali asosiga qurilgan G4C (government-for-citizen -
davlatdan fuqaroga) loyihasidir. Ushbu elektron hukumat portali 
fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda davlat servislaridan 
Internet orqali foydalanish uchun markaziy platforma vazifasini bajaradi. 
Mazkur G4C tizimi 2002-yilda ishga tushgan bо‘lib, 2011-yildan barcha 
turdagi davlat xizmatlari uchun “yagona oyna markazi” sifatida faoliyat 
kо‘rsatmoqda. Hozirda ushbu “yagona oyna markazi”da 4 000 dan ortiq 
davlat va ma’muriy xizmatlar mavjud bо‘lib, ular yо‘nalishiga qarab 12 ta 
kategoriyaga bо‘lingan: 

san’at va madaniyat 

avtomobillar va transport 


134 

korporatsiyalar va iqtisodiyot 

mudofaa va Shimoliy/Janubiy Koreya 

ta’lim va bandlik 

atrof-muhit 

kо‘ngilochar va sport 

shaxsiy va uy xо‘jaligi 

kо‘chmas mulk 

ijtimoiy himoya va salomatlik 

soliqlar 

sayohat va emigratsiya 
Har bir kategoriyaning о‘zi ham yana bir nechta kichik bо‘limlarga 
ajratilgan. Har bir axborotdan unga oid agentlik, kerakli hujjatlar rо‘yxati, 
anketalari, unga oid qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin. Davlat 
xizmatlariga oid kо‘pgina ishlarni saytning о‘zida turib bitirish mumkin: 
kerakli hujjat shaklini onlayn tо‘ldirib, xizmat haqqini elektron tо‘lov bilan 
amalga oshirish mumkin. 2001-yilda “Elektron hukumat tо‘g‘risida”gi 
qonun ham qabul qilingan. 
Koreya hukumatining G4B (government-for-business — davlatdan-
biznesga) portali hukumat va kompaniyalar о‘rtasidagi onlayn-kо‘prik 
vazifasini о‘taydi. Xususan, 2009-yildan boshlab ushbu portalda biznesni 
rо‘yxatda о‘tkazish va litsenziya olish kabi xizmatlar ishlab kelmoqda. 
Koreya Bojxona xizmati 1994-yildan bojxona ma’muriyatini 
kompyu-terlashtirish ishlarini boshlagan bо‘lsa, 1999-yilga kelib bojxona 
jarayonlari uchun elektron axborot almashinuvi (electronic data 
interchange, EDI) tizimini ishga tushirgan. 2004-yildan boshlab bojxona 
ishi Internetga asoslangan servis asosida amalga oshiriladigan bо‘ldi. 
Hozirda UNI-PASS deb nomlangan portalda bojxonaning barcha 
bosqichlarini — eksport/import tozalovi, bojxona tо‘lovlarini yig‘ish, 
eksport/import yuklarini boshqarish va qо‘shilgan qiymat solig‘ini 
qaytarish kabi ishlarning barchasini qisqa vaqt ichida bajarish mumkin. 
UNI-PASS tizimi ishga tushganidan sо‘ng Koreyada eksportni bojxona 
majburiyat-laridan tozalash ishlari 2 daqiqagacha, importni tozalash esa —
2,5 soat-gacha, QQSni qaytarish — 5,2 soatgacha, soliqlarni tо‘lash — 10 



Download 4,32 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 О‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat bо‘yicha

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish