136
shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bо‘lishi lozim. Ba’zi holatlarda esa
akkaunt maxsus verifikatsiyadan о‘tgan bо‘lishi talab qilinadi.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytadigan bо‘lsam, 2013-yil
19-noyabr kuni ID.uz tizimida verifikatsiya uchun ma’lumotlarimni
tо‘ldirdim va talab qilinganidek pasportimning elektron nusxasini (skan-
nusxa) ham joyladim. Ammo, verifikatsiya jarayoni biroz chо‘zildi.
ID.uz’ning qо‘llab-quvvatlash markaziga telefon qilib, bu haqda murojaat
qilgan edim, “Tizim hozirda yangilanmoqda, shuning uchun
foydalanuvchilarni vaqtinchalik verifikatsiya qila olmaymiz”
degan
javobni oldim. Ushbu maqolani yozish davomida Yagona portal qо‘llab-
quvvatlash markaziga telefon qilib, bu haqda aytgan edim, ular mening
akkauntimni verifikatsiya qilib berishlarini aytdi.
Shu о‘rinda, Yagona portal xususida о‘zimning quyidagi xulosa va
takliflarimni bermoqchiman:
1)
Birinchi navbatda, bunday portal orfografik va boshqa turdagi
xatoliklardan xoli bо‘lishi lozim. Ayni paytda portalning о‘zbekcha
versiyasida ba’zi orfografik xatoliklar mavjud bо‘lib, ularni tо‘g‘rilash
unchalik ham katta mehnat talab qilmaydi. Masalan, lotin yozuvidagi «О‘»
va «G‘» harflari hamda «’» — tutuq belgisining yozilishi turli о‘rinlarda
har xil qо‘llanilgan.
2) Portalda navigatsiya tizimi foydalanuvchiga biroz qiyinchilik
tug‘diradi. Hozirda portalda atigi 100 dan ortiq xizmat mavjud bо‘lib,
shuning о‘ziyoq foydalanuvchiga о‘ziga kerakli xizmatni topishi uchun
biroz qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ammo, yaqin kelajakda taklif qilinayotgan
xizmatlarning turi 500 — 1 000 taga yetsa,
bu narsa ancha-muncha
mashaqqat talab qilishi mumkin.
Masalan, portaldagi “Bank va moliya xizmatlari” bо‘limiga
kirsangiz, unda mavjud xizmatlar rо‘yxati kо‘rsatiladi. Bu xizmatlar aynan
qaysi bank yoki moliya muassasi tomonidan kо‘rsatilayotgani esa о‘sha
xizmat turi sahifasiga kirganingizdan keyin ma’lum bо‘ladi.
3) Statistika shuni kо‘rsatmoqdaki, portal ishga tushganiga 5 oydan
kо‘proq vaqt о‘tgan bо‘lsa-da, ammo undan foydalanayotgan aholi soni
judayam ozchilikni tashkil qiladi. Bu esa, mening fikrimcha, Internet
foyda-lanuvchilarining portal haqida xabardorlik
darajasining past
137
ekanligidan dalolat beradi. Vaziyatni о‘nglash uchun portal haqida turli
elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish, elektron hukumatga oid
konferen-siya va davra suhbatlarini tashkil qilib, unda Internetning о‘zbek
segmentida faol bо‘lgan foydalanuvchilarning ishtirokini ham ta’minlash
lozim.
4) Aholining Yagona portal haqida xabardorligini oshirish maqsadida
turli ijtimoiy tarmoq, blog va veb-saytlarda
portal xizmatlaridan
foydalanish tajribasi haqida postlarning sonini oshirish. Bunda, Yagona
portal Uznet-ning faol foydalanuvchilarini hamkorlikka chaqirishi lozim.
Masalan, men Yagona portal yordamida qaysidir interaktiv xizmatdan
foydalanganim haqida о‘z blogimda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi
profilimda yozsam, uni dо‘stlarim va tanishlarim kо‘radi. Ularning
qanchadir qismi bu postni о‘zlarining boshqa dо‘stlariga ham ulashadi.
Jarayon shu tarzda davom etib, tarmoq effekti yuz beradi. Birgina Internet
foydalanuvchisi yozgan postni ma’lum
muddat ichida minglab
odamlarning kо‘rish ehtimoli katta.
5) Ba’zi davlat xizmatlarini tо‘lig‘icha elektron shaklga о‘tkazish.
Bunda, bu xizmat turidan foydalanishning an’anaviy usulidan butunlay
voz kechish talab qilinadi. Davlat tashkilotiga bu xizmatdan an’anaviy
usulda foydalanish istagida tashrif buyurgan odamlarga bu xizmat
faqatgina Yagona portal orqali kо‘rsatilishini uqtirish lozim.
Tо‘g‘ri, bunday yondashuv kо‘pchilikning noroziligiga sabab
bо‘lishi mumkin. Ammo, vaqt о‘tishi bilan aholi uning naqadar samarali
ekanligini anglab yetishi aniq. Bunday usulni qо‘llash
uchun shunday
xizmat turlarini tanlash kerakki, ularning maqsadli foydalanuvchilari ham
Internetdan faol yoki о‘rtacha foydalanuvchi kishilar bо‘lishi lozim.
6) О‘zbekistonda mobil internetdan foydalanish darajasining yuqori
ekanligini hisobga olib, portalning mobil versiyasini, xususan Android va
iOS mobil operatsion tizimlari uchun ilova-dasturlarini ishlab chiqish va
rivojlantirish.