Koreya tajribasini О‘zbekistonda qо‘llash imkoniyatlari
Koreyaning elektron hukumatni rivojlantirishdagi tajribasini О‘zbe-
kiston sharoitida qо‘llab bо‘ladimi? Bu savolga javob berish uchun ayrim
ma’lumotlarni solishtirib kо‘raylik.
138
Koreya mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirishni boshlagan
2001-yilda aholini Internet bilan qamrab olish darajasi 60 foiz bо‘lgan.
boshqacha qilib aytganda, Koreya hukumati global tarmoqdan foydalanish
uchun aholisining ortidan ergashgan. Bugungi kunda О‘zbekistondagi
vaziyat esa umuman boshqacha.
О‘zbekistonda Internet qamrovi atigi 35 foiz atrofida. Bundan
tashqari, bu boradagi yillik о‘sishning katta qismi Toshkent shahri
hissasiga tо‘g‘ri keladi.
О‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommuni-
katsiya texnologiyalari davlat qо‘mitasi ma’lumotlariga kо‘ra, 2013-yil
1-aprel holatiga (afsuski, bundan yangiroq ma’lumotni topishning ilojisi
bо‘lmadi) mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilari soni 10 million
kishidan oshib ketdi. Bunda, ularning qariyb 60-65 foizi mobil internetdan,
qolganlari esa statsionar internetdan foydalanadi.
Aholining katta qismi nafaqat Internet nimaligini bilmaydi, balki
elektron hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ham ega emas. Kо‘pchilik uchun
Internet tushunchasi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i bilan boshlanib, u
bilan tugaydi. Shunday sharoit ostida elektron hukumatni rivojlantirish
maqsadga muvofiqmi?
Biroq, vaziyat juda tez о‘zgarib bormoqda. Yangi tendensiya — aholi
о‘rtasida mobil internetdan foydalanishning keng tarqalishi hamda mobil
qurilmalar narxining butun dunyo bо‘ylab pasayishi. Agarda bundan 5 yil
avval smartfonlar qimmatbaho buyum sifatida qaralgan bо‘lsa, hozirda
hatto 100-150 dollarga ham yaxshigina smartfon yoki planshet kompyuter
sotib olish mumkin. Umid qilamanki, yaqin kelajakda О‘zbekistonda ham
davlat tomonidan taqdim qilinayotgan elektron xizmatlardan foydalanishga
tayyor Internet foydalanuvchilari soni oshib boradi.
Ammo, shu о‘rinda mavjud muammolarni aytib о‘tishim ham lozim.
Birinchidan, hukumat idoralarning о‘z veb-saytlarini qо‘llab-quvvatlashga
bо‘lgan munosabati haliyam “sovuqligicha” qolmoqda. Ikkinchidan, veb-
saytlardagi ma’lumotlar tez-tez yangilanmaydi yoki yuzaki yangilanadi.
Hozirda elektron xizmatlar sonini oshirib borayotgan hukumat
organlariga
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
139
texnologiyalari qо‘mitasi, Davlat soliq qо‘mitasidir, Davlat statistika
qо‘mitasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Elektron hukumat, bu — shunchaki har bir davlat idorasining veb-
saytini yaratishdan iborat emas. Buning uchun davlatning barcha
“mashina-si” elektron shaklda ishlashi lozim. Odatda, biznesda keng
qо‘llaniladigan korxona resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimi (enterprise resource planning, ERP) yoki mijozlar bilan о‘zaro
aloqalarni boshqarish tizimi (customer relationship management, CRM)
kabi texnologiyalardan davlat boshqaruvida ham foydalanishni joriy qilish
talab etiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martda qabul
qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori
hamda “2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologi-yalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi”ni
amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida О‘zbekistonda AKT sohasini
rivojlantirish-ning asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq, bu yillar mobaynida davlat organlari, yuridik va
jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich ravishda
yagona Milliy axbrot tizimiga integratsiya qilish masalasi kо‘zda tutilgan.
Davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga taqdim
qilinadigan interaktiv xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda
ularning mazkur axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini
ta’minlash darajasini oshirish ham e’tiborga olingan.
Ushbu
qaror
asosida
“2012-2014
yillarda
О‘zbekiston
Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq
joriy etish va rivojlantirish” dasturi ham qabul qilindi. Bunda О‘zbekiston
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qо‘mitasi
qoshida
tashkil
etilgan
UZINFOCOM
Kompyuter
va
axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi zimmasiga asosiy
vazifalar yuklangan.
О‘zbekistоndа elektrоn hukumatni rivojlantirish bо‘yichа mаvjud
muаmmоlаrni hаl qilishning tо‘g‘ri yо‘li tаnlаngаnligi xаlq fаrоvоnligidа,
|