159
LMS (Larning management systems – ta’limni boshqaruv tizimlari)
Masofadan turib onlayn о‘qish ta’lim
olishning innovatsion va
qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda о‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi,
bilimlarni о‘zlashtiradi, о‘z-о‘zini nazorat qiladi,
mustaqil fikrlaydi va
xulosa chiqaradi.
Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim
jarayonini boshqaruvchi tizimlar
(LMS – Learning management
systems) dan foydalaniladi.
160
Tayanch tushunchalar
Administrator – tizimda ishlash va
uni boshqarish uchun keng
huquqlarga ega bо‘lgan mutaxassis – xodim.
Tayanch tushunchalar
Chat – axborot almashish real vaqtda olib
boriladigan internetdagi
muloqot.
161
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Forum – sayt orqali muloqot olib borishning shakli. Forumda
suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator
tomonidan kiritilgan mavzu
asosida olib boriladi.
Buni bilasizmi?
LMS nima, u haqida nimalarni bilasiz?
LMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
162
LMS interfeysi
Masofaviy о‘qish – bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya va
raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi.
U о‘quvchiga о‘qituvchi bilan muloqot
olib borish hamda xohlagan
vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini
ta’minlaydi.
О‘qituvchi uchun esa internetda о‘z о‘quv materiallarini о‘quvchiga
taqdim etish va о‘quvchilarning о‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib
borish imkoniyatini yaratadi.
Ta’limni
boshqaruv tizimlari (LMS – Learning management
systems) – bilim olish faoliyatini tashkil
etish va boshqarish uchun
mо‘ljallangan videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi о‘quv
materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida
ishlay oladigan inson-
mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.