163 Learning Learning – о‘qitish.
LMS yordamida elektron kurs yoki о‘quv materiallarining yagona
bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bо‘yicha shakllantirilgan
bilimlar omboridir.
Management Management – boshqaruv.
Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi о‘qituvchi)
boshqarib boradi. U о‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab
beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
164 System System – elektron tizim.
LMS о‘qituvchining о‘rniga har bir о‘quvchi berilgan topshiriq yoki
testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi.
Hisobotlar orqali о‘quvchilarning о‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi
ham mumkin.
LMS ning afzalliklari: Foydalanishning erkinligi – о‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda
foydalanishi mumkin.
Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda
ta’lim olishlari mumkin.
165 LMS ning afzalliklari: О‘qish xarajatlarini kamaytirish – metodik adabiyotlar sotib olish
uchun mablag‘ talab qilinmaydi.
LMS ning afzalliklari: Moslashuvchanligi – о‘quv jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchi
imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
166 LMS ning afzalliklari: Zamon bilan hamnafasligi – elektron kurs foydalanuvchilari,
xususan, о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘z bilim va kо‘nikmalarini eng yangi
zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradilar.
Bunda elektron о‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan о‘z
vaqtida yangilab turish imkoniyatlari mavjud.