149
VI-BOB. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA MASOFAVIY
TA’LIM TIZIMI
Konsortsium.-Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan
birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil
qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga
o`quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet
emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o`rnida ta'lim
sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda
o`quv kurslarni doi-miy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini
tekshirish zarur bo`ladi.
Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi
(http://www.ola.bc.ca) ta'limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan о‘zlari
yaratgan o`quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida
etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu sohada ilk qadam qо‘yadigan
muassasaga о‘zining o`quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala
muassasa o`quvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi.
Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharqiy
Evropa Universitetlari bilan bo`lgan hamkorligi bo`lishi mumkin.
Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan
munosabatlariga o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs,
diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o`quvchilarni
ta'minlaydi.
2-Topshiriq. Masofaviy ta'lim texnologiyasi - bu zamonaviy axborot
va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan holda
masofadan turib о‘quv jarayonini olib borishni ta'minlaydigan о‘qitish
usullari va vositalarining kombinatsiyasi. Masofaviy ta'limni jarayonida
quyidagilar qatnashishi shart, bular-masofaviy kurs avtori, metodist,
o`qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod,
telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi hamda o`quvchilar.
3- topshiriq. Video va audio konferentsiyalar - bu Internet va boshqa
telekomunikatsion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditori-
yalarni telekommunikatsion holatda bir biri bilan bog`lab ta'lim olish yo`li.
Video va audio konferentsiyalar uchun katta hajmda maxsus texnika,
150
yuqori tezlikga ega bo`lgan aloqa kanali va o`qitishni tashkil qilish uchun
xizmat ko`rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo`ladi.
Internet orqali mustaqil ta'lim olish - bu Internetda joylashgan
ko`pgina saytlarda joylashgan katta hajmdagi ma'lumotlar ustidan mustaqil
ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo`li.
Elektron pochta orqali ta'lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan
foydalanib, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida xatlar orqali muloqot o`rnatib
ta'lim olish yo`li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob va
ko`rsatma-larni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa
ko`rinishida) jo`natib qabul qilishimiz mumkin.
Uzoqdan boshqarish sistemalar - murakkab dastur, sistema va usku-
nalarni real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini
yaratuvchi maxsus sistemalar yordamida bilim olish yo`li. Uzoqdan
boshqarish siste-malarning asosiy vazifasi o`quvchiga faqatgina amaliy
bilimlarni berish.
Simulyator, elektron darsliklar va o`quv dasturlar - bu asosan nazariy
va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o`quvchilarga off-layn
holatida olish yo`li. Simulyator va elektron dasrliklar hozirgi kunda ta'lim
sohasida juda keng qullanilyapti.
Test topshirish sistemalar - bu maxsus dasturlar yordamida o`quvchi-
larning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish uning asosiy vazifasi bu
talabalar bilimlarini tekshirib ularni baholash.
Internetning masofaviy ta'lim portali bu maxsus Internet saytlar
(onlayn resurslar). Ushbu saytlarning asosiy vazifasi - ta'lim jarayonini
tashkil qilish, yoki boshqa sо‘zlar bilan o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida
elektron on-layn muloqotni o`rnatish, o`qituvchilarga o`quv materiallarni
joylashtirish va o`quvchilarga shu ma'lumotlar bilan ishlashga hamda
boshqa masofaviy ta'lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish.
4- topshiriq. Crocodile ICT о‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy
sharoitida о‘qituvchi va о‘quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat
yaratdi. Dasturlash fanida Crocodile ICT dastur muhitidan foydalanish
orqali algoritmni o`rganish mumkin. Crocodile ICT dasturi matematik va
fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli,tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi
va prodsiduralarni o`rganish kuzatishimkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu
151
dastur algoritmning blok sxemalarni o`rganish kuzatish, tajribalar
о‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish
imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994
yildan beri tako-millashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda,
virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda
keng foydalansa bо‘ladi.Dastur dasturlash faning barcha bо‘limlari bilan
ishlash,jarayonlarni chuqur о‘rganish imkoniyatini yaratadi. 1-virtual
tajriba.Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko`rsatilgan bu erda qiz yoki
o`g`il bolaning raqs or-qali keltiriladi raqslarni turli ko`rishigga keltirish
qiymatlarni turli berish bilan bir xil. Start boshlandi qiz bir marta raqs
tushadi va siklga o`tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi. Buning
uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan
Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqt-
ning har bir paytida ikkita kuchning о‘zaro qiymatlaridagi о‘zgarishlar
ta’sirida rо‘y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og‘irlik
kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi,
aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri
kamayib og‘irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning о‘ziga xos
xususiyatlari:
dasturlashning
algoritm(blok
sxemalarni)hodisalarni
namoyish
etuvchi
optimal
dastur,qadamma-qadam
о‘rgatuvchi
darslar,algoritm bо‘limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik
jarayonlarni
kompyuterda
mode-lashtirish
imkoniyati,mustaqil
modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys,tajribalarni amalga
oshirish
va
kuzatish,dasturning
kuchli
instru-mentariyasi,tajribada
qatnashayotgan qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini
beradi va grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratil-gan modellarni saqlash
va qog‘ozga chop etish mumkin. Bu dasturdan о‘rta maktab о‘quvchi va
о‘qituvchilari,listey,kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba,
professor-о‘qituvchilari «chiziqli», “takrorlanuv-chi”,;“tarmoqlanuvchi”,
“murakkab prodsidura“ dasturlash fanlarida qо‘-shimcha pedagogik
dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Bu dastur, kasbi kim
bо‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchan-likka, ijodiy fikr
yuritishga,ish natijalarini tahlil qilishga о‘rgatadi. Dastur imkoniyatlari
juda keng bо‘lib,undan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar
152
echishda)ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish
mumkin.
Topshiriq. Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari:
- Siz о‘qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug‘ullanishingiz
mumkin. Aslida masofaviy о‘qishni tanlagan abituryentlarning asosiy
qismi bu о‘z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni
xohlaydiganlardir. Onlayn ta’limda siz dam olish kunlarida, ishdan
qaytganingizda hatto yarim kechada о‘qishingiz mumkin;
- Mablag‘ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta’lim
darajasi (Internetda yoki boshqa usulda), о‘quv markazlaridagi oddiy
tо‘lovdan kо‘ra ancha arzonroq bо‘lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan
maqbul variantlarni qidirayotgan о‘quvchilar uchun onlayn ta’lim-eng
tо‘g‘ri yо‘l;
- Vaqtingizni tejang! О‘quv markazlariga borish va qaytish vaqtida
transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn
ta’limda siz istagan yeringizda ma’lumot olasiz;
- Agar siz о‘zingizni intiluvchan hisoblasangiz, masofaviy ta'limning
eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bо‘lib о‘tiladi. Guruhda
ba’zi о‘quvchilar tezroq ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan
masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq;
Topshiriq.
Chalg‘ish ehtimoli yuqori.
Yuzma-yuz muloqot qilish uchun о‘qituvchilar va kutilayotgan
topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi sinfdoshlar yо‘q.
Agar masofaviy о‘qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi
bо‘lsangiz, о‘zingizni g‘ayratli va diqqatli qilishingiz kerak;
Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu
internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu
vaziyatda abituriyent ta’lim olishga bо‘lgan intilishi sо‘nishi yoki
asabiylashishiga olib keladi.
Topshiriq. Masofadan о‘qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri
bо‘lib, u insonning ta’lim va axborot olish huquqini ta’minlashga
qaratiladi.
153
“Ta’lim” va “О‘qitish” atamalaridan foydalanish bо‘yicha bir qat’iy
tavsiya yо‘q. Ta’lim ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi
vaqtlarda “masofadan о‘qitish” atamasidan foydalanish odat tusini oladi.
Bu masofadan о‘qitishning jarayon ekanligini va uning о‘qitish
texnologiyasi bilan uzviy bog‘liqligini kо‘rsatadi.
Masofadan о‘qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni
uzatish vositalari, axborot resurslari, о‘zaro muloqot bayonlari, foydala-
nuvchilarning ta’lim olishga bо‘ligan ehtiyojlarini qondirishga yо‘naltiril-
gan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning
tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.
|