120
IV-BOB. ELEKTRON HUQUMAT ASOSLARI
4.1. Elektron huqumat haqida tushuncha
Elektron hukumat tushunchasi 1990 yillarning
boshida ishlatila
boshlandi.
Lekin amalda bu tushunchaga oid ishlar faqatgina keyingi
yillardagina joriy etila boshlandi. Birinchi navbatda elektron hukumat
yaratish bо‘yicha
ishlar AQSh va Angliya, sо‘ngra Italiya, Norvegiya,
Singapur, Avstraliya va boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Qatar,
Birlashgan Arab Amirliklari) tomonidan boshlangan. Masalan,
Singapur
davlati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalangan holda 1999 yildan boshlab davlat boshqaruvi masalalarini,
fuqarolar bilan hukumat о‘rtasida axborot almashinuvini yо‘lga qо‘ygan
ilg‘or davlatlardan biridir. Fuqarolar istagan 9
paytlarida eCitizen Centre
hukumat portaliga (
http://www.ecitizen.gov.sg/
) murojaat qilib,
hukumatning u yoki bu idorasi faoliyati haqidagi о‘zlariga kerakli
ma’lumotlarni
olishlari bilan birga, uzlari uchun kerakli amallarni
(tо‘lovlarni tо‘lash, guvohnomalar, litsenziyalarni rasmiylashtirish)
hambajarish imkoniyatlari yaratilgandir.
Elektron hukumat /e-government/ – ma’lumotlarni
elektron
kо‘rinishda qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini
amalga oshirish tizimidir. Elektron hukumat boshqaruv faoliyatidagi ichki
va tashqi aloqalarni, jarayonlarni zamonaviy axborot – kommunikatsiya
texnologiyalari asosida qо‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan hukumatdir.
Elektron hukumat davlat hokimiyati boshqaruvining yangi shakli bо‘lib,
unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foyda-
langan holda fuqarolar (pensionerlar, ishchixizmatchilar,
ishbilarmonlar,
davlat xizmatchilari va boshqalarga) va tashkilotlar uchun davlat organlari
faoliyati natijalri haqida qulay usulda tezkor, sifatli va ishonchli axborot
xizmatlari kо‘rsatish amalga oshiriladi.