Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

imzo tо‘g`risida"-gi, "Elektron tijorat tо‘g`risida"gi, "Elektron hujjat 
aylanishi tо‘g`risida"gi, "Elektron tо‘lovlar tо‘g`risida"gi Qonunlari 
qabul qilindi. Bu qonunlar soliq tizimiga bevosita tegishli bо‘lib, ularni 
amaliyotga tadbiq etish zamon talabiga aylandi. Bu borada ilk bor 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi


109 
“О‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni ishlash-
ning yagona kompyuter tizimini yaratish tо‘g`risida"gi 388-sonli qarori 
qabul qilindi va uni amalga oshirish maqsadida 3 bosqich:
1. Davlat soliq qо‘mitasi;
2. Davlat soliq boshqarmalari;
3. Davlat soliq inspeksiyalaridan iborat DSQ MIYaKТ ishlab chiqildi 
va amalga joriy qilindi.
DSQ bilan boshqa tashkilotlar о‘rtasida axborot almashishni 
avtomatlashtirish maqsadida DSQning 1996 yil 8 avgustdagi 168 - sonli 
buyrug`iga asosan О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va DSQ 
о‘rtasida ma’lumotlar almashishni avtomatlashtirilgan holda elektron 
kо‘rinishda qabul qilish ishlari amalga oshirildi. Shu yili DSQning
9 oktabrdagi 223-sonli buyrug`iga asosan, jismoniy shaxslar bо‘yicha bank 
hujjatlarini kiritish, boqimanda va ortiqcha tо‘lovlarni tahlil qilish va 
hisobotlarni hosil qilish dasturlarini tajribaviy ishlatish uchun joriy qilindi 
va 1997 yilning 1 yanvaridan boshlab tо‘liq qо‘llashga о‘tildi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, DSQning 1996 yil 18 oktabrdagi “Qog`ozsiz 
ish yuritish texnologiyasiga tо‘liqligicha о‘tish” haqidagi 229-sonli 
buyrug`i qabul qilindi va 1997 yil 1 yanvardan boshlab yuridik 
shaxslarning hisob varaqalari, boqimanda bо‘yicha 1-NN hamda soliq va 
tushumlar 
bо‘yicha 
1-N 
kо‘rinishdagi 
hisobotlarni 
maxsus 
yо‘riqnomalarga asosan faqatgina kompyuterda yuritish belgilandi. 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 
“О‘zbekiston Respublikasida soliq tо‘lovchilarga identifikatsion raqamlar 
berish va qо‘llash tizimi tо‘g`risi-da”gi 130-sonli qaroriga, hamda 
DSQning 1997 yil 25 martdagi 78-sonli buyrug`iga asosan rо‘yxatdan 
о‘tkazilgan 
ma’lumotlarni 
kompyuterga 
kiritish, 
identifikatsion 
raqamberish va bekor qilish tartiblari belgilandi va bu о‘z navbatida 
Respublika soliq tо‘lovchilarining elektron bazasini yaratishga olib keldi. 
1999 yil 7 yanvarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Soliq tо‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qо‘llash sohasini 
kengaytirish tо‘g`risida” dagi 7-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga 
asosan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat mexanizmini 
takomillashtirish, soliq organlari ishi samaradorligini oshirish, ularning 


110 
yangi axborot texnologiyalarini qо‘llashlari uchun shart-sharoitlar 
yaratilishi uchun barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlar 1999 yil
1 aprelgacha identifikatsiya raqami olishlari va uni xizmat kо‘rsatuvchi 
banklarga yetkazishlari hamda 1 apreldan boshlab identifikatsiya raqami 
olmagan xо‘jalik yurituvchi subyektlari uchun bankda hech qanday 
operatsiyalar amalga oshirmaslik kо‘rsatib о‘tilgan. Ushbu qaror ijrosini 
ta’minlash soliq xizmati organlariga yangi axborot texnologiyalarini 
qо‘llash va ularning uzluksiz ravishda ishlashini ta’minlash bо‘yicha katta 
mas’uliyat yukladi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil
31 dekabrdagi “Davlat soliq qо‘mitasining global axborot tarmog`ini 
tashkil etish tо‘g`risida”gi 580-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga 
asosan DSQ va MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) 
bilan Davlat soliq qо‘mitasining global axborot tarmog`ini tashkil etish 
bо‘yicha shartnoma tuzildi. Natijada Respublikamiz soliq organlarida 
yо‘ldosh aloqa tizimidan foydalanish yо‘lga qо‘yildi. О‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 4 avgustdagi "Soliq 
tо‘lovchilarga axborot xizmati kо‘rsatish va davlat soliq xizmati 
organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish" tо‘g`risidagi
157-sonli qarori qabul qilingan bо‘lib, ushbu qaror Davlat soliq xizmati 
organlarining zamonaviy axborot-kommunikat-siya texnologiyalarini 
qо‘llagan holda soliq tо‘lovchilarga axborot xizmat-lar kо‘rsatishni yanada 
takomillashtirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy 
hisobotlar va hisob-kitoblar taqdimetishda elektron hujjat aylanishini joriy 
etish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qaror bilan 2006-2010 yillarda 
soliq tо‘lovchilarga axborot xizmati kо‘rsatish va davlat soliq xizmati 
organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlangan. 
Dasturning 4.1-bandida "Modemaloqasi apparatlari bilan ta’minlangan, 
axborot 
saqlash 
qurilmalarining 
ishonchliligi, 
sig`imi 
bо‘yicha 
kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan serverlar bilan qо‘shimcha ravishda 
jihozlash (serverlar va modemlar sotib olish, shuningdek Davlat soliq qо‘-
mitasining markaziy apparati binosida klaster tizimini yaratish) 
belgilangan. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
2 maydagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tо‘lovchilarga 


111 
axborot xizmatlarini kо‘rsatishni yanada takomillashtirish bо‘yicha 
qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g`risida”gi 125-sonli qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorlarga 68 kо‘ra davlat soliq xizmati organlarining zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
qо‘llagan 
holda 
soliq 
tо‘lovchilarga axborot xizmatlari kо‘rsatishni yanada takomillashtirish, 
davlat soliq xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, 
moliyaviy, soliq hisobotlari va soliq majburiyatlari bilan bog`liq boshqa 
ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga elektron hujjat kо‘rinishida 
taqdimetish tizimini takomillashtirish, moliyaviy va soliq hisobotlarini 
elektron kо‘ri-nishda taqdimetish va qabul qilish bо‘yicha dasturiy 
mahsullarni takomil-lashtirish, avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini 
yuritish va hisobotlarni elektron hujjat kо‘rinishida taqdimetishning 
afzalliklarini keng yoritish hamda davlat soliq xizmati xodimlarining 
malakasini oshirish bо‘yicha ishlar amalga oshirib borilmoqda. 
О‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish tо‘g`risida"gi va 
"Davlat sirlarini saqlash tо‘g`risida"gi qonunlariga muvofiq, shuningdek 
axborotni muhofaza qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya 
tizimlaridan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat 
bо‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini 
tartibga solish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007 yil 3 aprelda "О‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik 
muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g`risida"gi 614-sonli 
qarori qabul qilindi. Shu tariqa soliq tizimida axborot xavfsizligini 
ta’minlashning huquqiy bazasi yaratildi. О‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2012 yil 30 oktabrdagi "О‘zbekiston Respublikasi davlat 
soliq 
xizmati 
idoralari 
axborot-kommunikatsiya 
tizimi 
faoliyati 
samaradorligini yanada oshirish choratadbirlari tо‘g‘risida"gi 1843-sonli 
qarori 
qabul 
qilinishi 
munosabati 
bilan 
soliq 
organlarining 
integratsiyalangan axborot resurs bazasini shakllantirishda sifat jihatidan 
yangi bosqich boshlandi.
Yuqoridagilar asosida davlat soliq xizmati organlarida axborot texno-
logiyalari joriy qilinib, axborot tizimlariga asos solindi va ular munta-
zamravishda takomillashtirilib borilmoqda.



Download 4,32 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shukurov akmal uktamovich iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish