|
3.6. Solik xizmati organlaridagi axborot tizimi vaBog'liq A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021108
3.6. Solik xizmati organlaridagi axborot tizimi va
texnologiyalarining funksional masalalari.
Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot
texnologiyalarining shakllanishi bosqichlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va
tartibga solish ishlarini amalga oshirish soliq va pul-kredit siyosati orqali
amalga oshiriladi. Respublikamiz iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining
hozirgi bosqichida bozor munosabatlariga tо‘la hukmron bо‘lgan bozor
iqtisodiyoti qonunlari va talablariga tо‘la amal qilinmoqda hamda
iqtisodiyotni boshqarishda demokratik usullardan foydalanilmoqda.
Murakkab о‘tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni
tartiblash tizimini tо‘la va tо‘g`ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy
tamoyillariga moslashishini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi yuridik va jismoniy shaxslardan
undiriladigan turli xildagi soliqlar va yig`imlar majmuasidan iboratdir.
Soliq va yig`imlardan tushadigan tushumlar davlat budjetining daromad
qismini tо‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bozor munosabatlarining
rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish natijasida yuridik va
jismoniy shaxslardan iborat soliq tо‘lovchilar kо‘payib bormoqda. Shunga
muvofiq ravishda soliq organlari tomonidan har kuni ishlanadigan va tahlil
qilinadigan axborotlar hajmi oshib bormoqda. Har kuni soliq inspeksiyala-
riga minglab hujjatlar kelib tushadi, hisobot davrlarida esa ularning hajmi
bir necha baravar kо‘payadi. Shuning uchun davlat soliq xizmati tashkil
etilishi bilanoq ularning faoliyatini avtomatlashtirishga katta e’tibor
berildi. Axborot tizimlari va texnologiyalarini iqtisodiyot, fan, ta’limva
boshqa
sohalarga
keng
joriy
etish
maqsadida
О‘zbekiston
Respublikasining "Axborotlashtirish tо‘g`risida"gi, "Elektron raqamli
|
| |