Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana22.11.2023
Hajmi4,32 Mb.
#103627
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi 
Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment 
tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik 
takomillashgan bо‘lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini 
tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bо‘ladi.
Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish 
uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur 
bо‘lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta 
kamoperatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, 
axborot 
tо‘plash 
hamda 
qayta 
ishlashni 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish zarur. 
Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina 
bog‘lash notо‘g‘ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo 
bо‘lgan ruchka, chizg‘ichdan tortib EHM va kompyutergacha bо‘lgan 
texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va 
hisoblash mashinalari. 
Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy 
qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, kо‘chirish, kо‘paytirish, 
alo-qa vositalari va axborot uzatish, xizmat kо‘rsatish, xizmat xonalari 
uskuna-lari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan 


97 
(qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga 
asoslanadi. Eng sо‘nggi avloddagi EHMva kompyuterlar oddiy texnika 
vositalari (qalam va chizg‘ich) о‘rnini tо‘liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy, 
chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. 
Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari 
bо‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, avvalo, yozuv vositalari (qalam, 
ruchka, mо‘yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat 
va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari 
(tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va 
mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, о‘lchov vositalari, 
kо‘chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va 
dispetcher kommuta-tori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz 
berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, 
metall), menejment mashinalarida qо‘llaniladigan axborot uzatuvchilar 
(disklar, qog‘oz).
Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmui-
dir. Axborotsiz menejment bо‘lmaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimlar о‘rtasidagi bog‘liqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir.

Download 4,32 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi

Download 4,32 Mb.
Pdf ko'rish