96
- axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
- korxonada qо‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini yaratish;
- axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va
mexanizat-siyalashtirish qulay bо‘lishi uchun standart ma’lumotlarni
loyihalashtirish;
- loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga
solish va rasmiylashtirish.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular
rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimli yondashish asosida majmuiy
tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlarni qayta ishlashning
integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy
kompyuterlar, inson mashina tizimini har tomonlama qо‘llash asosida
loyihalashtirish mumkin.