• 2. Bob . Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini loyihalash.
  • 3. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.
  • Xulosa Adabiyotlar ro‘yxati Ilovalar Kirish
  • Kirish. 1 Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini nazariy asoslari




    Download 5,64 Mb.
    bet1/18
    Sana02.06.2024
    Hajmi5,64 Mb.
    #259132
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Eraliyeva 2504


    Kirish.
    1 Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini nazariy asoslari.
    1.1.Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini hozirgi kundagi ahamiyati.
    1.2.Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilishning boshqarish jarayonlari.
    1.3.Masalani qo‘yilishi.
    2. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini loyihalash.
    2.1. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini loyihalashga mo‘ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlari.
    2.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini UML diagrammalarini ishlab chiqish.
    2.3. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish ma‘lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish.
    3. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.
    3.1. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish uchun dasturiy vosita va uning imkoniyatlari.
    3.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.
    3.3. Dasturdan foydalanish yo‘riqnomasi.
    Xulosa
    Adabiyotlar ro‘yxati
    Ilovalar

    Kirish

    Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish va axborot texnologiyalari faoliyatning barcha sohalariga kirib bormoqda. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish hajmini 5 barobar, ularning eksportini 10 barobar 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Ushbu vazifalarni bajarishuchun raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosioʻlaroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativhuquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga oʻtilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda.


    Ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning kirib borishi bilan korxonalarning raqobatdosh ustunlik manbalariga, ularning faoliyati va boshqaruvining samarali kontseptsiyalariga yangi talablar qoʻyilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga oʻtishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni prognozlash, shuningdek, salbiy oqibatlarni minimallashtirish boʻyicha yechim va takliflar ishlab chiqish korxona faoliyatini tashkil etishning asosiy shartiga aylanmoqda. Sanoat korxonalarida mavjud resurslar va biznes-jarayonlarni samarali boshqarishning innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish usullariga asoslangan tizimi raqobat ustunligiga erishishning muhim jihati hisoblanadi.
    Raqamli texnologiyalar bugungi kunda bizning hayotimizning bir qismi, turli sohalarda amaliyot yuritishda keng tarqalgan holda qoʻllanilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida raqamlashtirish yuzasidan bir qancha olimlar oʻz fikrlarini bildirishgan.
    “Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1994 yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapskottning tomonidan ishlatilgan. Muallif oʻz ishida raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirgan. U tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va biznes yuritishning mutlaqo yangi biznes modellarining paydo boʻlishini raqamlashtirishning asosiy afzalliklardan biri deb hisoblagan.
    V.A.Plotnikovning tadqiqotlarida raqamlashtirish bu "axborotlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi boʻlib, axborotni yaratish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va vizualizatsiya qilish uchun raqamli texnologiyalardan keng koʻlamda foydalanish bilan tavsiflanuvchi yangi qurilma va dasturiy taominotning birlashmasi bilan tavsiflanadi” deb ta’rif bergan. Bundan tashqari u korxonalar raqamli texnologiyalardan foydalanganda erishadigan bir qancha afzalliklarni sanab oʻtgan ishlab chiqarishning moslashuvchanligi uning tez qayta konfiguratsiyasi, ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining dinamik oʻzgarishi hisobiga ortadi, bu esa raqobatdosh ustunlikni yaratadi va potentsial foyda oʻsishiga olib keladi mahsulotlarni ishlab chiqishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan hayot tsiklining bosqichlarini axborot integratsiyasini ta’minlaydi, bu bizga nafaqat ishlab chiqarishni optimallashtirish, balki sifat, ekologik xavfsizlik, biznesning yangi imkoniyatlarini yaratish va hokazolarni samarali va har tomonlama hal qilish imkonini beradi raqamlashtirishning rivojlanishi bilan korxonaning biznes modellari doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Shuning uchun koʻpgina mualliflar raqamlashtirish ta'rifini turlicha izohlaydilar. Masalan, Aleksandr Kutsman raqamli iqtisodiyotni» moddiy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda resurslarni aniqlash, saqlash, qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalardan faol foydalanish asosida axborot va bilimlarning ustuvor roli bilan tavsiflangan zamonaviy iqtisodiyot turi sifatida tavsiflanadi”.
    Aksanov R. K. raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va elektron tijorat xizmatlarini ishlab chiqarishga asoslanganligini ta'kidlaydi. Elektron tijorat ostida Aksanov R.K. kapitalning elektron harakati, elektron mahsulotlar, shuningdek, elektron axborot almashinuvi jarayonini nazarda tutadi.
    Milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularda raqamlashtirish tizimlarini joriy etish usullari, yangi axborot tizimlari asosida raqamli modellashtirish tamoyillari, korporativ boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish samaradorliklarini baholash, ular nazoratini amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari kabi masalallar Qobulovning (1998) ilmiy izlanishlarida oʻz aksini topgan.E.Muminova tadqiqotlarida mamlakat sanoatini rivojlantirishda blokchain texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, korxonalar kooperatsiyasida elektron savdo hamda elektron shartnomalarning ahamiyati toʻg’risida izlanishlar olib borilgan.
    Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qoʻshimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar sanoat korxonalari strategic rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega boʻlmoqda11.

    Download 5,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 5,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. 1 Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish axborot tizimini nazariy asoslari

    Download 5,64 Mb.