• 2.2. Xо‘jalik yuritish subyektlar buxgalteriyasining texnik va dasturiy ta’minoti.
  • Nazorat savollari va topshiriqlar




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/70
    Sana22.11.2023
    Hajmi4,32 Mb.
    #103627
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
    Bog'liq
    A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021

    Nazorat savollari va topshiriqlar 
    1. 
    Buxgalteriya hisobining axborot ta’minoti nimadan iborat? 
    2. 
    Buxgalteriya vazifalarini ishlab chiqishning kompyuterli 
    axborot texnologiyasining о‘ziga xos alomatlari nimadan iborat? 
    3. 
    Texnologik jarayonning bosqichlarini ayting? 
    4. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterli ishlab chiqish texnolo-
    giyasining dasturiy ta’minlanishiga izoh bering? 
    2.2. Xо‘jalik yuritish subyektlar buxgalteriyasining texnik va 
    dasturiy ta’minoti. 
    Buxgaltеriya xisobida xisoblash tеxnikasi vositalaridan foydalanish, 
    natijasida vujudga kеlgan, buxgaltеriya xisobining jadval 
    – 
    avtomatlashtiril-gan shakli kompyutеr dasturlari dan foydalanishga 
    asoslangan. Kompyu-tеrlarni xisob ishlariga mо‘ljallangan dasturlari xisob 
    rеgistrlarini 
    avtomat-lashtirilgan 
    tarzda 
    tuzishga 
    imkoniyat 
    yaratadi.Buxgaltеriya xisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan 
    shaklida asosiy boskich buxgaltеriya ma'lumotlarini qayta ishlashdir. 


    70 
    Ma'lumotlar qayta ishlash uchun kompyu-tеrga kiritilishidan oldin, 
    ma'lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim. 
    Avtomatlashtirilgan xisob shaklida xujjatlar aylanishi xam shu 
    shaklga moslashgan xolda tuzilishi lozim. Ma'lumotlarni qayta ishlashag 
    mо‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni xо‘llashga doir tеxnologik va 
    qо‘llash kо‘rsatmalari xam ushbu shakldagi boskichlardan xisoblanadi. 
    Ishlab chiqilgan dasturga kо‘ra, ma'lumotlar xisoblash markazi (XM) yoki 
    avtomatlashtirilgan ish joyi (ARM)da buxgaltеriya xodimi turli mazmun-
    dagi xisob rеgistrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga kо‘ra, bu xisob 
    rеgistrlari jurnal-ordеrlar, vеdomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar 
    bо‘lishi mumkin.Xо‘jalik yurituvchi sub'еktlar buxgaltеriya xisobi qaysi 
    shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda bеlgilaydilar va bunda ular 
    xisob-kitob ishlarini xajmi, xisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa 
    omillarni e'tiborga oladilar.Xо‘jalik yurituvchi sub'еktlar xо‘jalik 
    faoliyatlari xisobini yuritishda buxgaltеriya xisobining qaysi shakllaridan 
    foydalanishlaridan 
    qat'iy 
    nazar, 
    О‘zbеkiston 
    Rеspublikasining 
    «Buxgaltеriya xisobi tо‘g‘risi-da»gi qonuniga va boshqa tеgishli mе'yoriy 
    xujjatlarga va kо‘rsatmalariga rioya etishlari shart. 
    Xо‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etilgandan sо‘ng uni faoliyatini 
    yuritish bо‘yicha nafaqat tashqi me’yoriy xujjatlardan balki korxonaning 
    о‘z xususiyatidan kelib chiqqan xolda ichki xujjatlar majmuasiga xam 
    rioya etiladi. Bu tizimni tashkil qilishdan maqsad tashqi me’yoriy-xuquqiy 
    xujjatlar majmuasi asosida korxona о‘zi uchun qulay va oson,lekin mavjud 
    qonun doirasidan chetga chiqmagan xolda yaxlit bir ichki me’yoriy-
    xujjatlar majmuasini о‘zida qо‘llaydi. 
    Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik hisoboti, yig‘ma hisoboti, 
    ularga berilgan tushintirish xatlari, yillik buxgalteriya hisobotini ishlab 
    chiqish va uning tahlili bо‘yicha tahliliy jadvallar, yillik buxgalteriya 
    xisobotini kо‘rib chiqish va tasdiqlash bо‘yicha materiallar(buyruq, 
    bayonnoma va boshqalar) doim saqlanadi. Ishchi va xizmatchilarning 
    shaxsiy schо‘tlari 75 yil saqlanadi. imorat va inshootlar hisobi bо‘yicha 
    daftar va kartatekalar hamda ularni inventarizatsiya qilish materiallari
    10 yil saqlanadi. Bosh daftar va jurnallar, xо‘jalik yurituvchi 


    71 
    subyektlarning 
    moliyaviy 
    xо‘jalik 
    faoliyatini 
    hujjatli 
    taftish 
    dalolatnomalari va ularga tegishli materiallar 5 yil saqlanadi. 
    Hozirga davrda korxona va tashkilotlar buxgalteriya xisobini yuritish 
    tо‘liqligicha avtomatlashtirilgan shaklga о‘tgan desak mubolag‘a 
    bо‘lmaydi. Bu о‘z navbatida bir qator qulayliklarni yaratibgina qolmasdan 
    xisob ma’lumotlarini ishonchli bо‘lishini ta’minlaydi. Yirik firma va 
    tashkilotlarda buxgalteriya xisobini avtomatlashtirilgan shaklda yuritishda 
    ularning xususiyatlariidan kelib chiqqan xolda maxsus dasturlar ishlab 
    chiqilgan va ulardan xozirgi kunda foydalanib kelinmoqda. Bularga misol 
    qilib yirik firmalarda BEM, 1C va banklarning о‘zi uchun ishlab chiqilgan 
    maxsus dasturlarni keltirish mumkin. Albatta bu holatda buxgalteriya 
    xisobini yuritish ular uchun foydali hisoblanadi. Chunki millionlab 
    operatsiyalar sodir bо‘layotgan bir jarayonda inson mexnatidan foydalanib 
    qо‘gozlarda buxgalteriyani yuritish juda kо‘p va mashaqqatni talab etadi. 
    Kichik biznes subyektlari uchun xam bulardan foydalanish qulaq lekin 
    kо‘p mablag‘ ketib qolishi maqsadga muvofiq xisoblanmaydi. Shunday 
    bо‘lsada kichik firmalar xam avtomatlashtirilgan buxgalteriyani yuritadilar 
    . Ularda xо‘jalik operatsiyalari oylik 100tadan oshmaganligi bois bular 
    inson mehnati omili bilan bajariladi. Albatta bu jarayon kompyuter 
    yordamida EXCEL programmasi yordamida amalga oshiriladi. Bu orqali 
    xar bir xо‘jalik operatsiyasini xisob registrlari va jurnal orderlari 
    yordamida qayd etib boriladi va oy oxirida jami ma’lumotlar olinadi bular 
    albatta formalar qilinib bо‘lganidan keyin formulalar yordamida olinadi. 
    Axborot 
    texnologiyalari 
    yordamida 
    xisob 
    registrlaridan 
    optimal 
    foydalanishda ularda xо‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish 
    manbalari bо‘yicha yuritilayotgan xisob registrlari iloji boricha xar bir 
    jarayonni о‘zida qamrab olishi va bu orqali ma’lumotlarni tо‘liqligicha 
    olish imkonini berishi shart. 
    Xо‘jalik yurituvchi subyektlarda foydalanilayotgan jurnal order va 
    memorial order shakllarini yuritishda asosan xisob registrlaridan olinadi va 
    yuritiladi. Biz taklif qilayotgan jadvallarda xar bir schо‘tni ham debit 
    oborodi ham kredit oborodi bо‘yicha summalarni kо‘rish mumkinligi va 
    xisob registrlari bilan jurnal order va memorial orderni birlashtirish va 
    ularni birga kommpyuter dasturida yiritish imkoni mavjuddir. 


    72 
    Quyida xо‘jalik mablag‘lari xisobini yuritishda yuritiladigan hisob 
    registirlarini kо‘rib chiqamiz. 
    Asosiy vositalar hisobini yuritishda biz quyidagi hisob registirini 
    keltirib о‘tamiz.
    U о‘z ichiga tartib raxam, inventar raxam, qaysi guruhga kirishi, 
    xisobga oluvchi schо‘t raqami, eskirish normasi, boshlang‘ich 
    xiymati.qayta baholash xiymati va debit oborot va kredit oborotni о‘z 
    ichiga oladi. Bu registirni nomini AV-1 deb nomladik. 
    Oldingi davrda xar bir kirim qilingan asosiy vosita uchun alohida 
    inventar kartochka yuritilgan. Bu esa о‘z navbatida ishni kо‘payishiga olib 
    kelgan. Bu xisob registirida hamma asosiy vositalarni shu xolicha 
    kо‘rishimiz mumkin. Bundan odatda kichik korxonalar davriy 
    foydalanishlari mumkin,yani xar oyda yoki kvartalda bir marotaba. 

    Download 4,32 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




    Download 4,32 Mb.
    Pdf ko'rish