2.1-rasm. Buxgalteriya hisobini AAT sharoitida yо‘lga qо‘yish
tamoyillari.
57
Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning
harakati bо‘yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.
Savdo tashkilotlari uchun dasturiy mahsulotlar buxgalteriya
hisobini marketing operatsiyalari majmuasida kо‘p vazifaviy ishlab
chiqilishini kо‘zda tutadi. Masalan, «ombor» moduli ombordagi
mahsulotlar harakatini olib borishga, xaridlar kitobini tuzishga,
schyotlarni yozib borishga provodkalarni avtomatik shakllantirish
va ularni hisobchiga topshirishga, narx varaqalarini avtomatik
shakllan-tirishga, dо‘konning savdo zaliga о‘rnatilgan kassa
apparatlari bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqa-
larga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrimvazifalari,
majmualari va bо‘g‘inlarining axborotli о‘zaro hamkorliklarini;
tashqi aloqalar
- boshqaruvning о‘zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa
bо‘linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan о‘zaro hamkorligini aks
ettiradi.
Hisob vazifalari majmualarining о‘zaro bog‘lanishi buxgalte-
riya hisobi uslubiyotining о‘ziga, schyotlarni olib borish va
provod-kalarni bajarish tizimiga kiritilgan. Bu yerda har bir
xо‘jalik operat-siyasi ikki marta: bittasi schyotning kreditida va
boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining
axborotli aloqasi ma-shina dasturining asosiga kiritilgan ishlab
chiqishning uch bosqi-chini farqlashga imkon beradi.
Birinchi bosqichda birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish,
ularni ishlab chiqish va hisobning har bir bо‘g‘ini bо‘yicha tahliliy
hisobning qaydnomalari ishlab chiqiladi (masalan, ish haqi hisobi
bо‘yicha hisoblash tо‘lov hujjatlari, qо‘shib hisoblangan va ushlab
qolingan ish haqining tо‘plamlari va boshqalar tuziladi). Qayta
о‘zgartirishning barcha operatsiyalari hisobning aniq bо‘g‘inining
ADT yoki buxgalteriya hisobining yagona qurilgan moduli asosida
bajariladi.
Ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi provodkalarni tuzish,
58
ular-ni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning
tartib raqamlari bо‘yicha qayd daftariga joylashtirishdan iborat.
Kompyu-terli ishlab chiqish har bir bо‘g‘in yechimini tugashi
bо‘yicha
pro-vodkani
shakllantirib,
bu
jarayonni
tо‘liq
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ishlab chiqishning uchinchi bosqichi yig‘ma sintetik hisobni:
asosiy kitobning schyotlari bо‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va
moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bо‘lib, bu
«Provodka - asosiy kitob - balans» mashina dasturining asosiy moduli
tomonidan ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobi majmualari о‘rtasida
hisobxona hisoblash tarmog‘ini tashkil qilish asosiga olingan
axborotli aloqalar mavjud. Hisobning asosiy vositalari, tayyor
mahsulotlar,
moliyaviy
operatsiya-
larining,
moddiy
bо‘limboyliklari, mehnat va ish haqi hisobi kabi bо‘g‘inlari uchun
dastlabki axborotlarni shakllantirish, qoidaga kо‘ra, boshlang‘ich
hisobda va boshlang‘ich hujjatlarda xо‘jalik operatsiyalarini aks
ettirish hisobida sodir bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari va
kiruvchi axborotlarning yig‘ma hisobi bо‘-yicha vazifalar uchun
hisob vazifalarining boshqa majmualarini ye-chishning natijalari
asos bо‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish xara-jatlarining hisobi
bо‘yicha axborot bazasini shakllantirish alohida e’tiborga loyiq, bu
о‘rinda oldinroq asosiy vositalar, materiallar, mehnat, ish haqi va
tayyor mahsulotlar hisobi bо‘yicha vazifalarni yechishdan olingan
yakuniy ma’lumotlar asosiy manba bо‘ladi.
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlani-
shi ishlab chiqishning kо‘rib chiqilgan bosqichlarining hisob
vazifalarini integratsiyalash hamda tashqi aloqalarning mavjudligini
hisobga olish bilan kо‘riladi.
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga
alohida tо‘xtash zarur. Bu aloqa, asosan, me’yoriy va uslubiy mate-
riallarni olish hamda yig‘ma moliyaviy hisobotni manfaatdor
tashki-lotlar - yuqori ma’muriy idoralar, soliq qо‘mitasi, statistika
idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqalarga berishdan iboratdir.
Kompyu-terda olingan buxgalteriya hisobotlarining shakllarini
59
yuqori idora-larga taqdimetish qonunlashtirilgan. Tashkilotlar
axborotlarni mag-nitli manbalar va aloqa kanallari orqali topshirish
haqidagi masala-lar hal qilinmoqda.
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz - Bank» tizimi bо‘yicha
axbo- rotlarni mashinalararo uzatish kо‘zda tutilmoqda.
Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat kо‘rsatuvchi bank
hisob- kitob schyotlarini tezkor boshqarish bо‘yicha xizmatlarni
taklif qiladi.
«Mijoz - Bank» dasturi tо‘lov topshiriqnomalarni yaratish,
ular-ni bankka modembо‘yicha uzatish, kompyuterda hisob-kitob
raqamla-ridan
kо‘chirmalar
olishga
imkon
beradi.
Bunday
axborotlarning himo-yalanishini ta’minlash uchun elektron imzodan
(busiz uzatilayotgan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi) hamda
axborotlarni shifrlashning maxsus tizimidan foydalaniladi. Tizimjuda
qulay, vaqtni tejaydi va turli mijozlardan mablag‘larni hisob-kitob
raqamiga kelib tushishi haqidagi axborotni olishga imkon beradi.
Bundan tashqari «Mijoz - Bank» tizimi mijozni tо‘lovlarni amalga
oshirish uchun bankka borishdan ozod qiladi.
Barcha xо‘jalik operatsiyalari boshlang‘ich buxgalteriya hujjati
- xо‘jalik operatsiyasi sodir bо‘lganligi haqidagi tо‘liq va ishonchli
yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega.
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga
bо‘linadi. Sohalararo hujjatlar barcha korxona va tashkilotlar uchun
yagona bо‘ladi. Ularga asosiy vositalarning hisobi bо‘yicha
hujjatlar, kassa va tо‘lov hujjatlari, hisob beruvchi shaxslar bilan
hisob-kitoblar
uchun hujjatlar kiradi. Kichik korxonalarda
buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob registrlarini
qо‘llash bо‘yicha tavsiyalar joriy etilgan.
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida
har bir soha ushbu soha hisobining о‘ziga xosligini e’tiborga olgan
holda о‘z hujjatlarining shakllarini ishlab chiqishlari mumkin.
Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va ish haqi hisobi,
materiallar
hisobi,
tayyor
mahsulotlar
hisobi
bо‘g‘inlarida
qо‘llaniladi.
60
Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari GOST, hujjatlarning bir
shaklga keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan va kom-
pyuterli ishlab chiqish tomonidan qо‘yiladigan talablarni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bо‘yicha
tasniflanadi:
- belgilanishi bо‘yicha - farmoyish beradigan, ijroiya, hisobli
rasmiylashtiruvchi, murakkab;
—
xо‘jalik operatsiyalari mazmuni bо‘yicha
—
moddiy, pulli hisoblash;
—
aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bо‘yicha yagona
(birlamchi) yoki yig‘ma;
—
foydalanish usuli bо‘yicha bir martali va jamlovchi;
—
hisobga oladigan о‘rinlarning soni bо‘yicha bir qatorli va
kо‘p qatorli;
—
tuzilish joyi bо‘yicha ichki va tashqi;
—
tо‘ldirish usuli bо‘yicha qо‘lda avtomatlashtirish vositalari
yordamida.
Farmoyish beruvchilar - bu biror-bir xо‘jalik operatsiyasini
bajarishga ruxsatsiz ega hujjatlar, masalan, korxona bо‘yicha
safarga chiqishga buyruq, safarga chiquvchi shaxsning hisoboti
bо‘yicha pul miqdorini berish uchun farmoyish beruvchi hujjat
bо‘ladi.
Ijroiya (oqlovchi) - bu farmoyishning bajarilishi haqidagi
axborot- larga ega hujjatlar.
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish
beruvchi ijroiya)dir. Masalan, kreditga farmoyish beruvchilar
tomonidan imzo- langan ish haqini tо‘lash qaydnomasi. Xazinachi
uchun farmoyish beruvchi hujjat bо‘ladi, ish haqi berilib bо‘lgandan
keyin qaydnoma ijroiya (oqlovchi) hujjat maqomini oladi.
Hisobli rasmiylashtirish hujjatli buxgalteriya provodkasiga
(hisob raqami korrespondensiyasiga) ega. Ularga yodgorlik
orderlari, shifrni oluvchi vazifalar kiradi.
Moddiy hujjatlar tovar-moddiy boyliklar (materiallar, yonilg‘i,
idishlar, ehtiyot qismlar, yarimtayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot-
61
lar)ning harakati bо‘yicha operatsiyalarni rasmiylashtiradi.
Hisob-kitob hujjatlari korxonaning о‘z kontragentlari bilan
vujudga kelgan majburiyatlar (masalan, hisob-raqamlari, schyot-
fakturalari, tо‘lov talabnomalari, topshiriqnomalari) bо‘yicha о‘zaro
hisob-kitob munosabatlarini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yagona birlamchi hujjat bitta xо‘jalik operatsiyasi bо‘yicha
axborotlar manbayi, yig‘ma hujjat esa vaqtning belgilangan qismi
(kun, hafta, oy)dagi bir turli xо‘jalik operatsiyalarini butun
majmuasi haqidagi axborotlar manbayi bо‘ladi.
Bir qatorli hujjat bitta hisoblash pozitsiyasiga, kо‘p qatorli esa
ikki va undan kо‘proqlariga ega. Bir qatorli hujjatlar (masalan,
materiallarni kelib tushishi va ularning berilishini rasmiylashtirish
uchun) hisobni qо‘l texnologiyasida olib borishda qо‘llaniladi,
chunki ulardan foydalanish hujjatlarni guruhlashni yengillashtiradi
(nomenklatura raqamlariga, materiallarni turlari va xarajatlar
yо‘nalishlari bо‘yicha). Kompyuterlardan foydalanish bilan
ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish sharoitlarida kо‘p
qatorli hujjatlar qо‘llaniladi.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qо‘lda yoki kompyuterlarda)
texnologiyasi korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish
va vazifaviy bо‘linmalarini kompyuterlar bilan texnik jihozlanish da-
rajasiga bog‘liq. Ammo ayrimxо‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish-
ning amaldagi qoidalari bir qator hollarda hujjatlarni qо‘lda tuzishni
kо‘zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi alomat, ma-
salan, bо‘linmalar, sexlar, brigadalar bо‘yicha ishlovchilar asosida
buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun
foydalani-ladi.
Buxgalteriya
vazifalarini
kompyuterlashtirishda
tasniflagichlar-ning har xil turlari: umumdavlat, sohaviy va
mahalliydan foydalaniladi.
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) - butun О‘zbekiston uchun
yagona bо‘lib, buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalani-
ladi. Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlarning
umumdav-lat tasniflagichi (KTUT), xalq xо‘jaligi sohasining
62
UT(XXSUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THSHK), davlat
mulkini boshqa-rish idoralarining kodi, о‘lchov birligi kodi (UBK),
boshqaruv hujjat-larining UT. Qoidaga kо‘ra bu kodlar yig‘ma
buxgalteriya
hisobotlari-ning
sarlavha
qismiga
qо‘yiladi
va
korxonadagi hisobning mahalliy bо‘g‘inlari buxgalteriya vazifalarini
yechishda
foydalanilmaydi.
Ularga
zaruriyat
faqat
yig‘ma
buxgalteriya hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga
keladi.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bо‘lgan axbo-
rotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi
barcha sohalarda olib borilishini hisobga olgan holda, ushbu
guruhga kor-xona va tashkilotlarning sohaviy qaramligidan qat’i
nazar, buxgalte-riya hisobi uchun yagona bо‘lgan tasniflagichlarni
kо‘rib chiqamiz.
Qoidaga
kо‘ra,
bu
tasniflagichlar
barcha
namunaviy
loyihalarda bir turli bо‘ladi, shuning uchun korxonalar va
firmalarda buxgalteriya vazifalarni kompyuterlashtirishda ularni
loyihalashtirish zaruriyati yо‘q.
Ularga buxgalteriya hisobi sintetik hisob raqamlarning kodi,
ish haqi bо‘yicha tо‘lovlar turlari va ushlab qolishlar turlari, moddiy
mablag‘lar hisob harakatlari operatsiyalari turlari, amortizatsiya
che-girishi me’yorlari, soliq tо‘lovchilar kategoriyalari, kassa
operatsiya-lari kiradi. Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq
korxonalar uchun xosdir, shuning uchun ularni loyihalashtirish aniq
korxonada, hatto namunaviy loyihalarni xarid qilishda hamolib
boriladi.
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondashishga rioya
qilishni talab qiladi, ya’ni kodlar korxonalarning barcha bо‘linma-
laridagi turli vazifalarini yechishda qо‘llanishi kerak. Misol uchun,
bо‘linmalarning kodlari hisob vazifalari, xodimlar hisobi vazifalari,
ishlab chiqarish hisobini aniqlashda yagona bо‘lishi lozim.
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari
uchun foydalaniladi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy
kodlarni ikki guruhga bо‘linadi. Birinchi guruh - bu, korxona uchun
63
yagona bо‘lgan kodlar: tarkibiy bо‘linmalar, materiallar, tayyor
mahsulotlar, detallar, qismlar va birlashmalar, uskunalar, tabel tartib
raqamlari, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar, ixtisosliklar
kodlari. Kodlarning ikkinchi guruhidan faqat buxgalteriya vazifala-
rini yechishda foydalaniladi. Bular: subschyotlar, asosiy vositalar,
moddiy javobgar shaxslarning kodlari.
Buxgalteriya vazifalarining axborot bilan ta’minlanishi,
mashina manbalarida joylashgan ma’lumotlar majmuasini (о‘zaro
bog‘langan fayllarni) ham о‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqishning yangi axborot
texnologi-yalari AIJ va hisoblash tarmog‘i hamda yakka tartibdagi
loyihalar har xil konfiguratsiyasida: markazlashgan, taqsimlangan,
mahalliy MBni tashkil qilishga mо‘ljallangan.
Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bо‘lgan bazali
massivlar (ishlovchilar, materiallar, ma’lumotnomalar, bо‘linmalar,
lavozimlar) hamda faqat buxgalteriya vazifalarini yechishda foyda-
laniladigan mahalliy bazalar (buxgalteriya hisob raqamlari,
namunaviy provodkalar, xо‘jalik operatsiyalari qayd daftari, shaxsiy
hisob raqam, asosiy vositalarni qayd qilish varaqalari, hisob
raqamlar varaqalari) yaratiladi.
Ma’lumotlarning axborotli kо‘p bosqichli taqsimlangan bazasi
tarkibi korxona KAT ishchi loyihasini tuzishning borishida
aniqlanadi. Namunaviy loyihalardan foydalanishda MBni tashkil
qilishning yana bir jihatini ta’kidlash mumkin. Namunaviy
loyihalarda, qoidaga kо‘ra, barcha korxonalar uchun yagona bо‘lgan
MBning tarkibi (buxgalte-riya hisob raqamlari rejasi, ish haqi
bо‘yicha tо‘lovlar va ushlab qolishlarning turlari, materiallar harakati
operatsiyasi, namunaviy provodkalar va boshqalar) kо‘zda tutiladi.
Foydalanuvchi о‘z istagiga kо‘ra bu massivlarga о‘zgartirishlar
kiritishi, ma’lumbir foydalanuv-chi tomonidan belgilanadigan va
qо‘lda tо‘ldiriladigan boshqa massivlar bazasi (bо‘limlar, xodimlar,
materiallar) yaratilishi mumkin.
|